Mavzu:Kompleks sonlar va ular ustida amallar. Reja: 1. Mavhum birlik haqida tushuncha
2.Algebraik shakldagi kompleks sonlar.
3.Algebraik kompelks sonlar ustida amallar.
kompleks sonlarni qo’shish;
kompleks sonlarni ayirish;
kompleks sonlarni ko’paytirish;
kompleks sonlarni bo’lish;
kompleks sonlarni darajaga ko’tarish;
2-ilova
Blis so’rov savollari. Ratsional son deb nimaga aytiladi?
Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti 1-slayd
Algebraik ko`rinishidagi kompleks sonlar. Ta’rif. z=a+bi ko`rinishidagi son kompleks son deb ataladi. Bu yerda a va b sonlar haqiqiy sonlar, i-mavhum birlik.
Re(a+bi)=a, Im(a+bi)=bi. Kompleks sonlar to`plami C orqali belgilanadi. 1-slayd
TENG KOMPLEKS SONLAR. Ikkita a+bi va c+di kompleks sonlar faqat va faqatgina a=c va b=d bo`lgandagina bir-biriga teng kompleks sonlar deyiladi. O`ZARO QO`SHMA KOMPLEKS SONLAR a+bi va a-bi ko`rinishidagi sonlar o`zaro qo`shma kompleks sonlar deyiladi.
QARAMA-QARSHI KOMPLEK SONLAR. -a –bi soni a+bi soniga qarama-qarshi kompleks son deyiladi.