Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlashda sof sotish qiymati usulining qo‘llanishi



Download 258,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana23.06.2023
Hajmi258,78 Kb.
#953107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani (1) (1) (1)

qo‘shma tannarx 
(joint cost) deb ataladi. Jarayon 
tugashi bilan mahsulotlar ajralib alohida indentifikatsiyalanadigan, 
ya’ni 
texnologik ishlov berish jarayonida mahsulot biri ikkinchisidan jismoniy ajralib 
kelgusida ularning mahsulot tannarxini alohida hisoblash mumkin bo‘lgan 
nuqtasiga 
ajralish nuqtasi (split-off point) 
deb ataladi. Ajralish nuqtasidan keyin 
ayrim mahsulotlar boshqa qayta ishlash zaruriyati bo‘lmasdan sotish uchun tayyor 


holatga kelishi mumkin. Bunga chizmada A mahsulotni misol qilib olish mumkin, 
qaysiki u pishirish jarayonidan keyin sotishga tayyor holatga keltirilgan. Boshqa 
mahsulotlarda esa ajralish nuqtasidan keyin ularni sotish uchun tayyor holatga 
keltirish uchun yana qo‘shimcha ishlov berishga zaruriyati bo‘ladi va bunday 
hollarda ishlab chiqarish yana boshqa jarayonlarda davom etadi. Chizmada 
mahsulot dasttaval 
qorishtirish jarayonini 
o‘tab so‘ngra 
pishirish jarayoniga 
o‘tkazilgan. Undan ajralish nuqtasida V, S va D mahsulotlar alohida ajralib ularga 
ishlov berish uchun boshqa-boshqa jarayonlarga o‘tkazilgan. Ajralish nuqtasidan 
keyin alohida olingan mahsulotlarga qayta ishlash uchun amalga oshirilgan 
xarajatlar 
bo‘lingan xarajatlar 
deb ataladi. 
Chizmadagi 
Yopish jarayoniga 
o‘tkazilgan mahsulot qayta ishlanadi, ya’ni 
yana material
mehnat va ustama xarajatlar amalga oshiriladi (bu bo‘lingan xarajatlarni 
tashkil etadi) va bu jarayon yakunlangandan so‘ng mahsulot upakovka jarayoniga 
o‘tkazilgan va unda ishlovlar amalga oshirilib 
V mahsulot 
olingan, qaysiki u 
sotish uchun tayyor holatga keltirilgan. 
Ajralish nuqtasidan keyin mahsulotning bir qismi boshqa 
qorishtirish 
jarayoniga 
o‘tkazilgan (oldingi qorishtirish jarayonidan farq qiladi). Mahsulot 
ushbu jarayonda ishlov olgandan so‘ng 
muvofiqlashtirish jarayoniga 
o‘tkazilgan. 
Undan 
C tayyor mahsulot 
hamda 
Z ikkilamchi mahsulot 
olingan. 
Mahsulotning yana bir qismi ajralish nuqtasidan keyin 
to‘yintirish jarayoniga 
o‘tkazilgan. Bu jarayondan D tayyor mahsulot va unga nisbatan kichik qiymatga 
ega bo‘lgan Y ikkilamchi mahsulot olingan. 
Ishlab chiqaradigan qo‘shma mahsulot korxonaning tijorat faoliyatida 
asosiy rolni 
o‘ynaydi. Ikkilamchi mahsulot esa asosiy mahsulotni ishlab chiqarish 
jarayonida yuzaga keladi. Ikkilamchi mahsulotni aniqlash bo‘yicha asosiy mezon 
bo‘lib uning narxini asosiy mahsulot narxiga taqqoslash asosida aniqlangan 
natijalar hisoblanadi. 
Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotning odatdagi ishlab chiqarishdan farqli 


tarafi shundan iboratki, birinchisini ikkinchisidan ishlab chiqarishning ma’lum bir 
nuqtasiga kelgunga qadar identifikatsiya qilish mumkin emas. Shu bois, ushbu 
ajralish nuqtasiga yetgunga qadar xarajatlarni alohida mahsulot turlariga olib 
borish imkoni bo‘lmaydi. Ajralish nuqtasiga yetgundan keyin alohida mahsulotlar 
realizatsiya qilinishi yoki kelgusi qayta ishlashgajo‘natilishi mumkin. 
Ikkilamchi mahsulotlarni chiqindi materiallardan farq qilish kerak bo‘ladi. 
Qo‘shma mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri har 
bir mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini baholash va unga oid bo‘lgan 
axborotlarni ichki va tashqi foydalanuvchilarga taqdim etish bo‘lib hisoblanadi. 
Jami mahsulot tannarxi, qo‘shma mahsulot tannarxiga oid axborotlar moliyaviy 
hisobotlarda foydalaniladi va soliq hamda boshqa davlat idoralariga taqdim etiladi 
hamda boshqaruv tannarx hisobotlarida foydalanadi. 
Qo‘shma mahsulot tannarxini baholashdagi muhim masalalardan biri bu 
qo‘shma tannarxning alohida mahsulotlarga onson identifikatsiyalanmasligidir. 
Qo‘shma tannarx qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash tannarx hisoboti standartlari 
talablariga muvofiq holda, ya’ni muvofiqlik tamoyiliga rioya qilingan holda 
amalga oshiriladi. 
Qo‘shma mahsulotlar tannarxini hisobga olishda ikkita bosqichda amalga 
oshirish talab 
etiladi: 
1.
Ajralish nuqtasidan keyin har bir qo‘shma mahsulot uchun mahsulot 
tannarxini 
aniqlash (baholash); 
2.
Qo‘shma tannarxni qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash. 
Birinchi bosqichda 
amalga oshiriladigan ishlar alohida uslubiyotni talab 
etmaydi. Ajaralish nuqtasidan keyin har bir mahsulotga sarflangan material, 
mehnat va ustama xarajatlar hisob kitobi yuqoridagi mavzularda bayon etilgan 
tartibda amalga oshiriladi. Shu bois, ushbu mavzuda ikkinchi bosqichda amalga 
oshiriladigan ishlar mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz. 
Qo‘shma mahsulot tannarxi illyustratsiyasini Farington Industrial Products 


misolida ko‘rib o‘tamiz. Mahsulotlarning bir guruhi qo‘shma ishlab chiqarish 
jarayonidan o‘tadi, qaysiki unda mahsulotlarga yuqori uglerod bosimida ishlov 
berilib po‘lat quyiladi. Ishlab chiqarishda to‘rtta mahsulot olinadi, qaysiki ular 
korroziyaga bardoshli va uzoq muddatga chidamli hisoblanadi. Biroq har bir 
alohida mahsulot maxsus talablarga javob berishi talab etiladi. Bunday talablarga 
jumladan yuqori va past namlik, tempraturaning keskin o‘zgarishi, yuqori 
korroziyali muhit va boshqa omillarni kiritish mumkin. 
Mahsulotlar miqdori va tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi 1-jadvalda 
keltirilgan: 

Download 258,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish