Kompleks darsliklar



Download 12,22 Mb.
bet10/34
Sana25.04.2023
Hajmi12,22 Mb.
#931561
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
portal.guldu.uz-TOLALARDAN TO’QIMACHILIK MAHSULOTLARINI OLISH TEXNOLOGIYASI

Ipak iplar tabiiy va kimyoviy tolalardan tayyorlanadi. Pishitib-yigirilgan turli razmyerdagi iplar oq va bo‘yalgan bo‘lib, kalava qilingan (40 g li), g‘altak va qog‘oz patronlarga o‘ralgan (50, 100, 200 m uzunlikda) bo‘lishi mumkin. 65- yoki 75- nomerli iplar bilan ko‘pincha yupqa ichki kiyim, yostiq jild, ko‘rpa jild, ko‘ylaklar tikiladi, shuningdek, astarlar va boshqalarni tikishda ham foydalaniladi. 13- va 18-nomerli ipak iplar kashta tikish, tugma qadash, shuningdek, ilgak va izmalarni tikishda ishlatiladi. Pilla iplarini mikroskop yordamida tekshirib ko‘rilsa, yondosh ikki ipak tolasi vanotekis serisin qatlami ko‘rinadi (18-rasm) hamda kichik tomonlari juftlashtirilgan, uchlari yumoloqlangan ikkita uchburchakni yoki eng tor qismi bo‘yicha ko‘ndalangiga ikkita teng bo‘lakka bo‘lingan noto‘g‘ri ellipsni: eslatadi
Kashta iplar paxta tolasidan 4 qatli qilib, turli ranglarda tayyorlanadi, xira bo‘ladi, 50 m li kalava tarzida savdoga chiqariladi. Kashtado‘zlikda foydalaniladi.
Mulina—yuqori sifatli paxta tolasidan tayyorlanadi. 12 qatli, merserizatsiya qilingan (ishqor bilan maxsus ishlov berib sifatini oshirish), chidamli bo‘ladi. 10 yoki 20 m lik kalava tarzida chiqariladi.
Iris—paxta tolasidan tayyorlangan yuqori sifatli ip va 2 qatli, qilib (5- va 10- nomerli) yo‘g‘on ishlangan bo‘ladi. Koptoksimon qilib o‘rab savdoga chiqariladi, asosan tuqishda, shuningdek, yirik gulli kashtalarda foydalaniladi.
To‘r iplar - merserizatsiyalangan paxta tolalaridan tayyorlanadi. Asosan oq rangli, xira bo‘ladi. Dasturxon, choyshab kabi yirik buyumlarni nafis to‘r bilan bezatishda ham shunday iplardan foydalaniladi (2 qatli, 10- va 30-nomerli). Jundan ham koptoksimon qilib o‘ralgan to‘r iplari tayyorlanadi (100 va 200 g li).
To‘rlab yamashda ishlatiladigan ip — merserizatsiyalangan yoki xira paxta ip. 4 qatli 37-nomerli xili dag‘alroq yamoqlarda, 4 qatli 100- nomerli xili esa nafisroq yamoqlarda ishlatiladi.
Iplarning xususiyatlari:
Ipning asosiy xossalaridan biri — uning ingichkaligi. Tolalarning ingichkaligiga o‘xshash iplarning ingichkaligini ifodalash uchun chiziqiy zichlik, diametr va bir necha ko‘rsatkich bo‘llaniladi.
Savdo nomeri bu tikuvchilik iplari ingichkaligining shartli belgisi. Tikuvchilik ipi qancha ingichka bo‘lsa, savdo nomerining son qiymati shuncha yuqoridir. Yo‘g‘onligiga qarab 3 va 6 qo‘shimli g‘altak iplar quyidagi savdo nomerlarida belgilanadi:
3 qo‘shimli iplar - 10, 20, 30, 40, 50, 60, 80, 100, 120; 6 qo‘shimli - 10, 20, 30, 40, 50, 60, 80.
Pishitilish miqdori oshishi bilan ip silliqroq, qayishqoqroq bo‘ladi, ma’lum darajagacha mustahkamligi ham osha boradi, keyin pasaya boshlaydi. Ana shu pishitish eng yuqori pishitish deb ataladi. Iplarning buram soni ko‘payishi bilan gazlamalar yupqalashadi, qayishqoqligi va qattiqligi oshadi. Ko‘p buramli iplardan to‘qilgan yupqa ip va ipak gazlamalardan tovlanib turadigan to‘lqinsimon chiziqlar hosil bo‘ladi.
Gazlamalarning tuzilishiga buramlarning yo‘nalishi ham ta’sir etadi. Agar tanda va arqoq iplari bir yo‘nalishda (chap yoki o‘ng) buralgan bo‘lsa, gazlamada shunday iplarning sirtqi ko‘rinishi bilinib turadi va o‘rilish naqshi yaqqolroq chiqadi. Tanda yoki arqoq turkumlarining birida turli yo‘nalishda buralgan iplarni ishlatish mumkin. Pardozlangandan keyin gazlamasirti donali bo‘lib chiqadi.

Mustahkamlash uchun savollar.


1.Iplarning tasnifini tushuntirib bering.
2.To‘quvchilik iplarini to‘quv jarayonlarigatayyorlashni tahlil etib bering.
3.Tikuvchlik iplarini ishlab chiqarish jarayoni nimalardan iborat.
4.Iplarning xususiyatlariga qanday ko‘rsatkichlar kiradi?
5.Iplarning chiziqiy zichligi va mustahkamligi bo‘yicha notekislik miqdori qanday aniqlanadi?



Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish