Kompleks birikmalarning turlari. Kompleks birikmalar kation kompleks birikmalar va anion kompleks birikmalarga bo’linadi. Kompleks birikmadagi ligandlar turiga qarab xam bir necha turdagi kompleks birikmaga ajratish mumkin :
1. Ammiakatlar va aminatlar : [ Cu ( NH3) 4 ] SO4 2. Gidratlar va akvokomplekslar: [ Cu ( H2O) 4] SO4 [ Co ( H2O)6] SO4 3. Atsidokomplekslar: K4[Fe(CN)6], K3[Fe(CN)6], K2[Pt(NO2)4 Br 2] 4. Poligalogenidlar : K[JJ2], K[JSl4], K[BrCl2].
5. Gidridlar: LiH + BH3 = Li [ BH4] KH + AlH3 = K [ Al H4] AlH3 + 3BH3 = Al [ BH4] 3 Nomlanishi. Kompleks birikmalar ligandlari nomi quyidagicha ataladi: “ammiak” - amin, “suv”- akvo, S — tio, OH - gidrokso, — O — O — — perokso, Cl- - xloro va xokazo. Kompleks birikmalar quyidagicha nomlanadi : K4 [Fe (CN)6 ] - kaliy ferrogeksatsianid: K3[ Fe ( CN )6] - kaliy ferrigeksatsianid : [Ag(NH3)2]Br - diaminoargento (1) - bromid K2 [ CuCl 3] - kaliy trixlorokuprat : K2[Pt(NO2)2Cl2] - kaliy dixlorodinitroplatinat
Kompleks birikmalar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Ammiakatlar - ularda ligandlar rolida ammiak va aminlar ishtirok etadi. [Cu(NH3)4]SO4 , [Ag(NH3)2]Cl, [Ni(NH3)4]SO4, K3[Co(NH3)6]. Qyuyida geksaamminkobalt(III) va koordinatsion son 6 bo’lganda komplekslarning fazoviy tuzilishi keltirilgan(23-rasm). 2. Akvakomplekslar - ligandlar vazifasini suv molekulasi o’taydi. [Co(H2O)6]Cl3 - geksaakvakobalt (III) - xlorid [Al(H2O)6]Cl3 - geksaakvaalyuminiy (III) - xlorid [Cr(H2O)6](NO3) 3 - geksaakvaxrom (III) - nitrat
23-rasm. Koordinatsion son 6 bo’lgandagi amminlarning tuzilishi. Ba’zi kristall holidagi akvakomplekslar tarkibiga kristallizatsiya suvi ham kiradi. Kristallizatsiya suvlari bo’sh bog’langani uchun qizdirilsa chiqib ketadi. [Cu(H2O)4]SO4 - tetraakvamis (II) -sulfat [Fe(H2O)6]SO4 - geksaakvatemir(II)-sulfat 3. Asidokomplekslar - ligandlari kislota qoldig’i bo’lgan kompleks birikmalar. K4[Fe(CN)6] kaliy geksatsianoferrat (II) K2[Pt(NO2)6] - kaliy geksanitritoplatinat (IY) Ularning tarkibi qo’shaloq tuzlarga o’xshaydi. K 4[Fe(CN)6] Fe(CN)2*4KCN K3 [Fe(CN)6] Fe(CN)3*3KCN K 2[PtCl6] PtCl4*2KCl K2[PtCl4] PtCl2*2KCl 4. Kompleks kislotalarda tashqi sferada vodorod ioni bo’ladi. H 2[SiF 6] - geksaftorosilikat kislota H 2[CoCl4] - tetraxlorokobaltat kislota H 2[PtCl6] - geksaxloroplatinat kislota 5. Gidroksokompleks birikmalarda ligand gidroksil ionidan iborat. Na2[Sn(OH)4] - natriy tetragidroksostannat (II) Na3[Al(OH)6] - natriy geksagidroksoalyuminat (III) Na[Al(H2O)2(OH)4] - natriy tetragidroksodiakvaalyuminat (III) 6. Siklik yoki xelat kompleks birikmalar. Ular tarkibida ikki va ko’p dentantli ligandlar bo’ladi. Masalan, etilendiamin va glisinning mis(II) bilan hosil qilgan kompleks birikmalari(24- rasm) ana shu komplekslarga misol bo’la oladi: Cu(OH)2 + 2NH2CH2COOH = [Cu(NH2CH2-COO)2] + H2O
24-rasm. Dietilendiaminomis(II) va diglisinatomis(II) komlekslarining hosil bo’lish sxemasi. Siklik yoki xelat komplekslar oksalatlardan ham hosil bo’ladi: O-C=O NH 2-CH2 Me │ │ (En) \ O-C=O NH 2-CH 2 K3[Fe(C2O4)3] - kaliy trioksalatoferrat (III) [Pt(En)3]Cl4 - tri(etilendiamin)platina (IY) xlorid Trilon B - etilendiamintetrasirka kislotaning natriyli tuzi mis bilan kompleks birikma hosil qiladi: