Kompleks birikmalarning nomenklaturasi.
A. Verner koordinatsion birikmalarni nomlash uchun “ratsional nomenklatura” yaratdi. Ratsional nomenklatura koordinatsion birikmalarning tarkib va tuzilishini aks etdirishi, ya’ni nomi moddaning tabiatiga mos bo‘lishi kerak edi. Tuzsimon koordinatsion birikmalarni ikki so‘z bilan, noionogen birikmalarni bir so‘z bilan nomlashni taklif etildi. Shuningdek, ammiak -”ammin”, suv - “akvo”, oltingugurt -”tio”, ON- - “gidrokso”, “-O-O-” esa “perokso”, Cl-- “xloro” va hokazo so‘zlar bilan ataladigan bo‘ldi.
1963 yildan boshlab taklif qilingan nomenklatura xalqaro nazariy va amaliy va amaliy kimyo ittifoqi (IUPAC) tomonidan tasdiqlangan.
Kompleks ionning nomlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1.Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan keyin anion ataladi.
Masalan: [Ag(NH3)2]Br -diamminkumush(I) bromid;
K2[CuCl3] -kaliy trixloromis(I).
2. Ligand-anionlar nomiga “-o”qo‘shimchasi qo‘shiladi. Radikallar nomlanishi bu qoidaga bo‘ysunmaydi. Neytral ligandlar qo‘shimchaga ega emas. N2O ligand “akvo”, NH3 ligand esa ammin deb ataladi.
3. Ligandlar sonini grek old qo‘shimchalari:- mono-, di-, tri,-tetra-, qo‘yish bilan qo‘rsatish mumkin. Agar ligandlar murakkab to‘zilishga ega bo‘lsa, bis-, tris-, tetrakis-old qo‘shimchalaridan foydalaniladi. Mono- old qo‘shimchasi ko‘p hollarda tushirilib qoldiriladi.
4. Kopmleks zarrani nomlash uchun avval ligand-anion, ligand-molekulalar aytilib, so‘ng markaziy atom ko‘rsatiladi. Kompleks ion formulasi esa bunga teskari xolatda, ya’ni avval markaziy ion, so‘ng ligandlar yoziladi. Kompleks zarrani kvadrat kavs ichiga olish qabul qilingan.
Markaziy atomning oksidlanish darajasini YuPAK (IUPAC International Unionon Pure and Applied Chemictry) bo‘yicha kompleks zarra nomlanishidan oldin qavs ichida rim raqamlari bilan ko‘rsatish kerak. Shunday qilib [Co(NH3)5Cl]Cl xloropentanaminkobalt (III) xloridi deb nomlanadi. Bu yerda mono- old qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan.
Agar kopmleks zarra anion bo‘lsa, uning nomi -at qo‘shimcha bilan tugaydi. Reyneke tuzi deb ataluvchi NH4[Cr(NH3)2(SCN)4] tuzi ammo-niytetradanodiamminxromat (III) deb nomlanadi.
SCN- anionining komplekslarida koordinatlanishi oltingugurt atomlari orqali bo‘lsa rodanidlar deb ataladi, agarda koordinatlanish azot atomi orqali bo‘lsa, u xolda izorodanidlar deb ataladi.
Bir koordinatsion markazni ikkinchisi bilan bog‘lab turuvchi “ko‘prik” vazifasini bajarayotgan ligandlarni atashda ularning oldiga m- xarfi qo‘yiladi. Masalan;
OH [(H2O)4 Fe Fe (H2O)4] (SO4)2 -di-m-digidrokso- OH oktaakvoditemir (III) sulfat .
Geometrik izomerlarni nomlanishida ularning raqam belgilaridan yoki sis- va trans- terminlaridan foydalaniladi. Masalan;
Cl 1 trans-dixlordiaminpal- 4 2 H3N Pd NH3 - ladiy (II) yoki 1,3-dixlor- 3 diamin palladiy(II). Cl
Oktaedrik koordinatsion birikmalarni nomlashda ham raqam belgilaridan va trans-, sis- terminlaridan foydalaniladi. Masalan;
Do'stlaringiz bilan baham: |