O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Z.M. Bobur nomli
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Umumiy kimyo kafedrasi
KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI FANIDAN
(SEMINAR MASHG’ULOTLARI)
ANDIJON-2013
1-MAVZU.
Koordinatsion nazariya, koordinatsion birikmalarning turlari, izomeriya va ularni
IYuPAK nomenklaturasi bo‘yicha nomlanishi.
Reja
1. Vernerning ratsional nomenklaturasi.
2. YuPAK nomenklaturasi bo‘yicha kompleks birikmalarni nomlash.
3. Ko‘p yadroli komplekslarning nomlanishi.
147
4. Kompleks birikmalarning izomeriyasi
Birinchi bo‘lib A. Verner koordinatsion birikmalarni nomlash uchun “ratsional
nomenklatura” yaratdi. Ratsional nomenklatura koordinatsion birikmalarning tarkib va
tuzilishini aks etdirishi, ya’ni nomi moddaning tabiatiga mos bo‘lishi kerak edi.
Tuzsimon koordinatsion birikmalarni ikki so‘z bilan, noionogen birikmalarni bir so‘z
bilan nomlashni taklif etildi. Shuningdek, ammiak -”ammin”, suv - “akvo”, oltingugurt -
”tio”, OH
-
- “gidrokso”, “-O-O-” esa “perokso”, Cl
-
- “xloro” va hokazo so‘zlar bilan
ataladigan bo‘ldi.
1963 yildan boshlab taklif qilingan nomenklatura xalqaro nazariy va amaliy va
amaliy kimyo ittifoqi (IUPAC) tomonidan tasdiqlangan.
Kompleks ionning nomlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1.Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan keyin anion ataladi.
Masalan:
[Ag(NH
3
)
2
]Br -diamminkumush(I) bromid;
K
2
[CuCl
3
] -kaliy trixloromis(I).
2. Ligand-anionlar nomiga “-o”qo‘shimchasi qo‘shiladi. Radikallar nomlanishi bu
qoidaga bo‘ysunmaydi. Neytral ligandlar qo‘shimchaga ega emas. N
2
O ligand “akvo”,
NH
3
ligand esa ammin deb ataladi.
3. Ligandlar sonini grek old qo‘shimchalari:- mono-, di-, tri,-tetra-, qo‘yish bilan
qo‘rsatish mumkin. Agar ligandlar murakkab to‘zilishga ega bo‘lsa, bis-, tris-, tetrakis-
old qo‘shimchalaridan foydalaniladi. Mono- old qo‘shimchasi ko‘p hollarda tushirilib
qoldiriladi.
4. Kopmleks zarrani nomlash uchun avval ligand-anion, ligand-molekulalar
aytilib, so‘ng markaziy atom ko‘rsatiladi. Kompleks ion formulasi esa bunga teskari
xolatda, ya’ni avval markaziy ion, so‘ng ligandlar yoziladi. Kompleks zarrani kvadrat
kavs ichiga olish qabul qilingan.
Markaziy atomning oksidlanish darajasini YuPAK (IUPAC
International
Unionon Pure and Applied Chemictry) bo‘yicha kompleks zarra nomlanishidan oldin
qavs ichida rim raqamlari bilan ko‘rsatish kerak. Shunday qilib [Co(NH
3
)
5
Cl]Cl
xloropentanaminkobalt (III) xloridi deb nomlanadi. Bu yerda mono- old qo‘shimchasi
tushirib qoldirilgan.
Agar kopmleks zarra anion bo‘lsa, uning nomi -at qo‘shimcha bilan tugaydi.
Reyneke tuzi deb ataluvchi NH
4
[Cr(NH
3
)
2
(SCN)
4
] tuzi ammo-
niytetradanodiamminxromat (III) deb nomlanadi.
SCN
-
anionining komplekslarida koordinatlanishi oltingugurt atomlari orqali
bo‘lsa rodanidlar deb ataladi, agarda koordinatlanish azot atomi orqali bo‘lsa, u xolda
izorodanidlar deb ataladi.
Bir koordinatsion markazni ikkinchisi bilan bog‘lab turuvchi “ko‘prik” vazifasini
bajarayotgan ligandlarni atashda ularning oldiga m- xarfi qo‘yiladi. Masalan;
OH
[(H
2
O)
4
Fe Fe (H
2
O)
4
] (SO
4
)
2
-di-m-digidrokso-
OH oktaakvoditemir (III)
sulfat .
Geometrik izomerlarni nomlanishida ularning raqam belgilaridan yoki sis- va
trans- terminlaridan foydalaniladi. Masalan;
Cl
1
trans-dixlordiaminpal-
4 2 H
3
N Pd NH
3
- ladiy (II) yoki 1,3-dixlor-
3 diamin palladiy(II).
Cl
Oktaedrik koordinatsion birikmalarni nomlashda ham raqam belgilaridan va trans-
, sis- terminlaridan foydalaniladi. Masalan;
148
Do'stlaringiz bilan baham: |