Kompleks birikmalar kimyosi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/191
Sana05.08.2021
Hajmi1,62 Mb.
#138840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
kompleks birikmalar kimyosi-3



 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI 
fanining 
 
O‘QUV DASTURI 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bilim sohasi:   
 
 
400000 – Fan 
Ta’lim sohasi:  
 
 
440000 – Tabiiy fanlar 
Ta’lim yo‘nalishi: 
 
 
5440400 – Kimyo 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2008 
 
 
 
 
Fanning o‘quv dasturi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ishlab 
chiqildi. 
 


 

 
Tuzuvchilar: 
 
 
Parpiev N.A. 
- Noorganik va analitik kimyo kafedrasi mudiri, akademik. 
Reshetnikova R.V. 
- Noorganik va analitik kimyo kafedrasi dotsenti, kimyo 
fanlar nomzodi. 
 
 
 
 
Taqrizchilar:  
 
 
Azizov T.A. 
- O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, 
laboratoriya mudiri, professor, kimyo fanlari doktori 
Sharipov X.T. 
- Toshkent kimyo texnologiya instituti kafedra mudiri, 
professor, kimyo fanlar doktori 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

Kirish 
 
Kompleks birikmalar kimyosi fani kimyoviy elementlar va ular birimalarining tuzilishi, 
xossalari haqidagi fan bo‘lib o‘z oldiga talabalarga kimyoviy elementlar xossalarini 
davriy qonun va davriy sistema asosida modda tuzilishining hozirgi zamon 
ma’lumolariga suyangan holda nazariy kimyo tushunchalarini qo‘llab tushuntirishdan 
iborat. Uning maqsadi olingan nazariy bilimlar asosida kimyoviy elementlar va ular 
birikmalarining xossalarini bashorat qila bilishga, yangi xossalarga ega bo‘lgan 
moddalarni sintez qilishni bashorat qilish ko‘nikmasini hosil qildirishdan iboratdir. 
 
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari 
 
Fanni o‘qitishdan maqsad - kimyo yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga 
kompleks birikmalar kimyosining asosiy qonun va qoidalarini chuqur va izchil 
tushuntirishdan iboratdir. Jumladan, koordinatsion (kompleks) birikmalarni oddiy 
birikmalardan farqlanishini, ularning asosiy kimyoviy xossalarini tushuntirishda 
koordinatsion nazariyaning ahamiyati, kompleks hosil qilish va ligandlar o‘rtasidagi 
kimyoviy bog‘larni tabiatini aniqlashda zamonaviy fizikaviy tadqiqotlardan foydalanishni 
ahamiyati, koordinatsion birikmalar ishtirokida boradigan jarayonlarning mexanizmlarini 
va koordinatsiyaga uchragan ligandlarning reaksion qobiliyatini o‘zgarishi, metallarni 
bir-biridan ajratib olish (gidrometallurgiya) jarayoni, ularni aniqlash va o‘ta tozalash va 
boshqalar. 
Faning vazifasi -  fanni o‘qitish davomida quyidagi asosiy mavzular keng yoritiladi, 
jumladan: kompleks birikmalar to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar, koordinatsion 
nazariyaning asosiy holatlari, koordinatsion birikmalarning turlari, ularning nomlanishi, 
kompleks birikmalarda izomeriya turlari, kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanish 
tabiati, kompleks birikmalarning eritmadagi muvozanatlari, koordinatsion qobig‘idagi 
ligandlarning o‘zaro ta’sirlashuvi, trans- va sis- ta’sirlashuv qonuniyatlari, koordinatsion 
birikmalarning kislota-asoslik xossalari va ularning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, 
ligandlarning koordinatsion qobig‘ida ketadigan reaksiyalar haqida va koordinatsion 
birikmalarning qo‘llanish sohalari haqida ma’lumotlar berishdan iborat. 
 
Fan bo‘yicha talabaning bilimi, ko‘nikma va malakasiga 
qo‘yiladigan talablar 
 
“Koordinatsion birikmalar kimyosi” fani bo‘yicha o‘zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladgan masalalar doirasida bakalavr: 
- kompleks birikmalar kimyosining tarixini, koordinatsion nazariyaning asosiy 
tushunchalarini, koordinatsion birikmalarning asosiy kimyoviy xossalarini, ular 
ishtirokida boradigan jarayonlarning mexanizmlari va koordinatsiyaga uchragan alohida 
ligandlarning reaksion qobiliyatini tushuntira va koordinatsion birikmalarni ishlatilish 
sohalarini bilishi kerak; 
- talaba kompleks birikmalar tuzilishi va xossalarini aniqlashda nazariy kimyo 
qonuniyatlarini qo‘llay bilish, kompleks birikmalarning nomlanishini qo‘llay olish, 
kompleks birikmalardagi kimyoviy bog‘ tabiatini aniqlashda molekulyar orbitallar 
usulidagi diagrammalarni tuzish, ligandlar tarkibidagi koordinatsiyaga uchraydigan 
reaksion markazlarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 
 
- talaba kompleks birikmalarning sintez qilish shart-sharoitlarini aniqlash, 
kompleks birikmalarni sintez qilish, olingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishini 
aniqlashda zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarini qo‘llash malakalariga ega 
bo‘lishi kerak. 
 
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy 
ketma-ketligi 


 

 
Kompleks birikmalar kimyosi ixtisoslik fani hisoblanib, 7 semestrda o‘qitiladi. Dasturni 
amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va 
ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. 
“Noorganik kimyo” fanini rivojlanish natijasi o‘laroq, “Kompleks birikmalar kimyosi” 
fani zamonaviy organik, analitik, biologik va fizikaviy kimyo fanlari bilan uzviy 
bog‘langan. Koordinatsion birikmalar tuzilishi va xossalarini o‘rganish hozirgi zamon 
fizik usullarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Shuning uchun fanni o‘rganishda fizik 
usullarning mohiyati va nazariy asoslaridan xam yetarli bioim va malakaga ega bo‘lishlik 
talab etiladi. 
 
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni 
 
Noorganik kimyo fanining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bu “Kompleks 
birikmalar kimyosi” sohasidir. Kompleks birikmalar turli xossalarini namoyon qilganligi 
uchun ular xozirgi vaqtda meditsinada, qishloq xo‘jaligida, kimyo sanoatida va 
sanoatning boshqa sohalarida keng qo‘llanilish topmoqda. Kompleks birikmalar asosida 
turli dori-darmonlar, analitik, ajratuvchi va katalitik reagentlar, zararsizlantiruvchi 
vositalar olishda ishlatish mumkinligi tufayli ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadi. 
 
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va 
pedagogik texnologiyalar 
 
Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar va laboratoriya ishlari shaklida olib 
boriladi, shuningdek fanni dolzarb masalalari talablarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish 
uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza 
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan keng foydalaniladi. Fan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar - “Klaster”, “Bumerang”, “Skarabey” singari 
metodlar orqali hamda slayd va multimediya namoyishlari bilan o‘tkaziladi. 
 
Asosiy qism 
 
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 
       Kompleks birikmalar kimyosida koordinatsion nazariyaning ahamiyati. 
 Koordinatsion birikmalarning xossalari, turlari va izomerlari. 
 
Tarixiy ma’lumotlar. Koordinatsion nazariyaning asosiy holatlari. Verner-Miolati 
qatori. Koordinatsion birikmalar turlari. Aminat va ammiakatlar, gidratlar va 
akvokomplekslar, atsidokomplekslar, poligalogenidlar, polikislotalar, xelatlar, 
karbonillar, klasterlar. Komplekslarni nomlash. IYuPAK nomenklaturasi. Oddiy va ko‘p 
yadroli kompleklar. Koordinatsion birikmalarda izomeriya turlari. Koordinatsion, 
ionizatsion, gidrat, tuzli izomeriyasi, koordinatsion polimerizatsiyasi, geometrik va optik 
izomeriyasi. 
 
Kompleks birikmalardagi kimyoviy bog‘larning tabiatini klassik va kvant-kimyoviy 
usullar orqali talqini 
Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanish tabiati. Oddiy elektrostatik nazariyasi. 
Kovalent bog‘lanish nazariyasi. Sidjvik nazariyasi (effektiv atom nomeri nazariyasi). 
Kristall maydon nazariyasi. (KMN). Aynigan orbitallar, ligandlar maydoni ta’sirida 
paydo bo‘ladigan 
∆ ayirmasi. d-Elektronli kompleksning kristall maydon ta’sirida 
barqarorlanish energiyasi (KKMTBE). Ligandlar maydoni nazariyasi (LMN). 
σ (sigma) - 
bog‘lar ,to‘g‘ri va teskari 
π (pi) - bog‘lar. Bog‘lovchi, bo‘shashtiruvchi va bog‘lamovchi 
molekulyar orbitallar.  
 
Kompleks birikmalarning eritmadagi muvozanatlari va ularning asosiy qoidalari 


 

Kompleks birikmalarning eritmalaridagi muvozanatlar. Komplekslarning beqarorlik 
konstantasi. Irving-Vilyams qatori. Yan-Teller effekti. Koordinatsion qobiqdagi 
ligandlarning o‘zaro ta’sirlashuvi. Peyrone, Yergensen, I.I.Chernyaev qoidalari. Trans-va 
sis- ta’sirlashuv. Koordinatsion birikmalarning kislota-asoslik xossalari. Har xil 
faktorlarning ta’siri: kompleksning umumiy zaryadi, ligandlarning donor-akseptor 
xossalari, markaziy atomning tabiati, ichki koordinatsion sferaning geometrik tuzilishi. 
Koordinatsion birikmalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Markaziy atomning 
tipik bo‘lmagan oksidlanish darajasini mustahkamlanish hodisasi. 
 
Kompleks birikmalarning qo‘llanilishi. Kompleks birikmalar kimyosining 
rivojlantirishda o‘zbek kimyogarlarining xizmatlari 
Kompleks birikmalarning qo‘llanish sohalari: analitik va organik kimyo, bionoorganika, 
kimyoviy texnologiya, metallkompleksli katalizatorlar. Kompleks birikmalar kimyosi 
soxasidagi akademik A.A.Grinbergning, o‘quvchisi A.Sh.Shamsievning O‘zMU 
(SAGU)da bajargan ilmiy ishlari. Koordinatsion (kompleks) birikmalar kimyosini 
rivojlantirishda o‘zbek kimyogar olimlari, jumladan – M.A.Azizov, N.A.Parpiev, 
X.R.Raximov, O.F.Xodjaev, T.A.Azizov, O.Sh.Shobilolov va boshqalarning ilmiy 
izlanishlari. 
 
Seminar mashg'ulotlarini tashkil etish 
bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar 
 
 
Seminar mashg'ulotlarda talabalar kompleks birikmalarning nomlanishi, turlari, 
izomeriyasi, kimyoviy bog'lanish tabiati, eritma xolatidagi turg'unligi, kislota-asoslik va 
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalardagi xossalarini o'rganadilar. Talabalar asosiy ma’ruza 
mavzulari bo'yicha olgan bilim va ko'nikmalarini seminar mashg'ulotlarida yanada 
boyitadilar. Shuningdek, darslik va o'quv qo'llanmalar asosida talabalar bilimlarini 
mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, mavzular bo'yicha 
ko'rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. 
 
Seminar mashg'ulotlarini tavsiya etiladigan mavzulari: 
Koordinatsion nazariya, koordinatsion birikmalarning turlari, izomeriya va ularni 
IYuPAK nomenklaturasi bo‘yicha nomlanishi. 
Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanish tabiati va ularni tushuntirishda Valent 
bog‘lar, kristall maydoni va ligandlar maydoni nazariyalari orqali talqini. 
Kompleks birikmalarni eritmadagi muvozanati, koordinatsion qobig‘idagi ligandlarni 
o‘zaro ta’sirlashuvi. 
Koordinatsion birikmalarni kislota-asoslik xossalari va ularni oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalari. 
Kompleks birikmalarning qo‘llanilish soxalari – anlitik va organik kimyoda, 
bionoorganik kimyo, metallkompleksli katalizda, kimyoviy texnologiyada va b. 
 
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar 
 
 
Laboratoriya ishlari talabalarda kompleks birikmalarni xosil qilish, ularning 
tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash, eritma xolatida kompleks birikmalarning 
turg'unligini aniqlash, turg'unlik konstantalarini xisoblash, komplekslarning 
konuniyatlarga bo'ysunishini aniqlash, fotokolorimetr va spektrofotometrda ishlash, 
olingan natijalar asosida turli xil grafiklar chizish va ulardan natijalar olish bo'yicha 
amaliy ko'nikma va malakalar xosil qiladi. 
 
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari: 
Rangli eritma bilan ishlash uchun nur filtrini tanlash. Nur yutilish molyar koeffitsientini 
hisoblash.  
O‘rganilayotgan kompleks birikmalarni Lambert-Buger-Ber qonuniga loyiqligini 
tekshirish. 


 

Kompleks birikma optik zichligining pHga bog‘likligi. 
Optik zichlikning reaksiya borish vaqtiga bog‘likligi. 
Modda konsentratsiyasini fotokolorimetrik aniqlashning optik zichlikni solishtirish usuli. 
Modda konsentratsiyasini fotokolorimetrik aniqlashda qo‘shish va diferensial usuli. 
Modda konsentratsiyasini fotokolorimetrik aniqlashda kalibr chizig‘ini olish usuli. 
 
Mustaqil ishni tashkil etishning 
shakli va mazmuni 
 
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini xisobga olgan xolda quyidagi 
shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 
* darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; 
* tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish; 
* maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari va mavzulari ustida ishlash; 
*talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari 
va mavzularni chuqur o‘rganish. 
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 
1.Koordinatsion nazariya, koordinatsion birikmalarning turlari va ularni IYuPAK 
nomenklaturasi bo‘yicha nomlanishi. 
2.Kimyoviy birikmalarda bog‘lanish tabiati. Valent bog‘lar, kristall maydon va ligand 
maydoni nazariyalari. 
3.Kompleks birikmalarni eritmadagi muvozanati, koordinatsion qobig‘dagi ligandlarning 
o‘zaro ta’sirlashuvi. 
4.Koordinatsion birikmalarni kislota-asoslik xossalari va ularning oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalari. 
5.Koordinatsion son va uning miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlar, kompleks xosil 
qiluvchi atom yoki ionlar. Verner-Miolati qatorini tuzish va uni koordinatsion nazariyani 
yaratilishidagi ahamiyati. 
6.Koordinatsion birikmalardagi izomeriya xodisalari. Izomeriya turlari.  
7.Sidjvik EAN qoidasi va uni karbonilli komplekslarda qo‘llanilishi. Koordinatsion 
birikmalardagi kimyoviy bog‘lanish tabiatini tushuntirishda VBN, KMN va LMN 
nazariyalarining o‘rni va roli.  
8.Koordinatsion birikmalarni eritmadagi holati, ularning muvozanat barqarorlik 
konstantalari, Irving-Vilyams qatori va boshqalar, koordinatsion birikmalarning 
qo‘llanilishi.  
 
Dasturning informatsion-metodik ta’minoti 
Dasturdagi mavzularni o'tishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, 
o'quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija 
beradi va mazkur fanni o'qitishda ularni qo'llash nazarda tutilgan. Bu borada zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang”, 
“Talaba” hamda «Muammoli ta’lim» texnologiyasining «Munozarali dars» metodi, 
shuningdek, kompleks birikmalarning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy 
sistemadan, kristallografik shakllardan hamda mavzuga oid ko'rgazmali kimyoviy 
tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi.  
 
 
 
 
 
 
Foydalanilgan asosiy darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalar ro‘yxati 
 


 

Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 
Парпиeв Н.А., Юсупов В.Г., Тошeв М.Т. Координацион бирикмалар кимёси. 
Тошкeнт: “Унивeрситeт”, 1996. 298 б. 
Парпиeв Н.А., Рахимов Х.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий асослари, 
Тошкeнт: ″O'збeкистон″, 2000 й. 
Кукушкин Ю.Н. Химия координационных соeдинeний. М: Высшая школа, 1985. 
455с. 
Костромина Н.А., Кумок В.Н., Скорик Н.А. Химия координационных соeдинeний. 
М.: Высшая школа. 1990. 432 с. 
E.Ю. Янсон. Комплeксныe соeдинeния. М.: Высшая школа, 1968. 200с. 
Qo‘shimcha adabiyotlar 
Бабко А. К. Физико-химичeский анализ комплeксных соeдинeний в растворах. 
Киeв, изд. АН, УзССР. 1955. 
Мeтодичeскоe указаниe - "Химия координационных соeдинeний", Ташкeнт, 
ТашГУ, 1987. 
Задачник по физико-химичeским мeтодам анализа. Изд. "Химия", 1972. 
Новаковский М.С. Лабораторныe работы по химии комплeксных соeдинeний. 
Харков, изд. ХГУ, 1964. 
 www.chemport.ru. 
 www.subscribe.ru. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish