1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI
fanining
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
400000 – Fan
Ta’lim sohasi:
440000 – Tabiiy fanlar
Ta’lim yo‘nalishi:
5440400 – Kimyo
Toshkent – 2008
Fanning o‘quv dasturi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ishlab
chiqildi.
2
Tuzuvchilar:
Parpiev N.A.
- Noorganik va analitik kimyo kafedrasi mudiri, akademik.
Reshetnikova R.V.
- Noorganik va analitik kimyo kafedrasi dotsenti, kimyo
fanlar nomzodi.
Taqrizchilar:
Azizov T.A.
- O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti,
laboratoriya mudiri, professor, kimyo fanlari doktori
Sharipov X.T.
- Toshkent kimyo texnologiya instituti kafedra mudiri,
professor, kimyo fanlar doktori
3
Kirish
Kompleks birikmalar kimyosi fani kimyoviy elementlar va ular birimalarining tuzilishi,
xossalari haqidagi fan bo‘lib o‘z oldiga talabalarga kimyoviy elementlar xossalarini
davriy qonun va davriy sistema asosida modda tuzilishining hozirgi zamon
ma’lumolariga suyangan holda nazariy kimyo tushunchalarini qo‘llab tushuntirishdan
iborat. Uning maqsadi olingan nazariy bilimlar asosida kimyoviy elementlar va ular
birikmalarining xossalarini bashorat qila bilishga, yangi xossalarga ega bo‘lgan
moddalarni sintez qilishni bashorat qilish ko‘nikmasini hosil qildirishdan iboratdir.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - kimyo yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga
kompleks birikmalar kimyosining asosiy qonun va qoidalarini chuqur va izchil
tushuntirishdan iboratdir. Jumladan, koordinatsion (kompleks) birikmalarni oddiy
birikmalardan farqlanishini, ularning asosiy kimyoviy xossalarini tushuntirishda
koordinatsion nazariyaning ahamiyati, kompleks hosil qilish va ligandlar o‘rtasidagi
kimyoviy bog‘larni tabiatini aniqlashda zamonaviy fizikaviy tadqiqotlardan foydalanishni
ahamiyati, koordinatsion birikmalar ishtirokida boradigan jarayonlarning mexanizmlarini
va koordinatsiyaga uchragan ligandlarning reaksion qobiliyatini o‘zgarishi, metallarni
bir-biridan ajratib olish (gidrometallurgiya) jarayoni, ularni aniqlash va o‘ta tozalash va
boshqalar.
Faning vazifasi - fanni o‘qitish davomida quyidagi asosiy mavzular keng yoritiladi,
jumladan: kompleks birikmalar to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar, koordinatsion
nazariyaning asosiy holatlari, koordinatsion birikmalarning turlari, ularning nomlanishi,
kompleks birikmalarda izomeriya turlari, kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanish
tabiati, kompleks birikmalarning eritmadagi muvozanatlari, koordinatsion qobig‘idagi
ligandlarning o‘zaro ta’sirlashuvi, trans- va sis- ta’sirlashuv qonuniyatlari, koordinatsion
birikmalarning kislota-asoslik xossalari va ularning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari,
ligandlarning koordinatsion qobig‘ida ketadigan reaksiyalar haqida va koordinatsion
birikmalarning qo‘llanish sohalari haqida ma’lumotlar berishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabaning bilimi, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Koordinatsion birikmalar kimyosi” fani bo‘yicha o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladgan masalalar doirasida bakalavr:
- kompleks birikmalar kimyosining tarixini, koordinatsion nazariyaning asosiy
tushunchalarini, koordinatsion birikmalarning asosiy kimyoviy xossalarini, ular
ishtirokida boradigan jarayonlarning mexanizmlari va koordinatsiyaga uchragan alohida
ligandlarning reaksion qobiliyatini tushuntira va koordinatsion birikmalarni ishlatilish
sohalarini bilishi kerak;
- talaba kompleks birikmalar tuzilishi va xossalarini aniqlashda nazariy kimyo
qonuniyatlarini qo‘llay bilish, kompleks birikmalarning nomlanishini qo‘llay olish,
kompleks birikmalardagi kimyoviy bog‘ tabiatini aniqlashda molekulyar orbitallar
usulidagi diagrammalarni tuzish, ligandlar tarkibidagi koordinatsiyaga uchraydigan
reaksion markazlarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- talaba kompleks birikmalarning sintez qilish shart-sharoitlarini aniqlash,
kompleks birikmalarni sintez qilish, olingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishini
aniqlashda zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarini qo‘llash malakalariga ega
bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy
ketma-ketligi
4
Kompleks birikmalar kimyosi ixtisoslik fani hisoblanib, 7 semestrda o‘qitiladi. Dasturni
amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va
ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
“Noorganik kimyo” fanini rivojlanish natijasi o‘laroq, “Kompleks birikmalar kimyosi”
fani zamonaviy organik, analitik, biologik va fizikaviy kimyo fanlari bilan uzviy
bog‘langan. Koordinatsion birikmalar tuzilishi va xossalarini o‘rganish hozirgi zamon
fizik usullarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Shuning uchun fanni o‘rganishda fizik
usullarning mohiyati va nazariy asoslaridan xam yetarli bioim va malakaga ega bo‘lishlik
talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Noorganik kimyo fanining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bu “Kompleks
birikmalar kimyosi” sohasidir. Kompleks birikmalar turli xossalarini namoyon qilganligi
uchun ular xozirgi vaqtda meditsinada, qishloq xo‘jaligida, kimyo sanoatida va
sanoatning boshqa sohalarida keng qo‘llanilish topmoqda. Kompleks birikmalar asosida
turli dori-darmonlar, analitik, ajratuvchi va katalitik reagentlar, zararsizlantiruvchi
vositalar olishda ishlatish mumkinligi tufayli ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar va laboratoriya ishlari shaklida olib
boriladi, shuningdek fanni dolzarb masalalari talablarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish
uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan keng foydalaniladi. Fan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar - “Klaster”, “Bumerang”, “Skarabey” singari
metodlar orqali hamda slayd va multimediya namoyishlari bilan o‘tkaziladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Kompleks birikmalar kimyosida koordinatsion nazariyaning ahamiyati.
Koordinatsion birikmalarning xossalari, turlari va izomerlari.
Tarixiy ma’lumotlar. Koordinatsion nazariyaning asosiy holatlari. Verner-Miolati
qatori. Koordinatsion birikmalar turlari. Aminat va ammiakatlar, gidratlar va
akvokomplekslar, atsidokomplekslar, poligalogenidlar, polikislotalar, xelatlar,
karbonillar, klasterlar. Komplekslarni nomlash. IYuPAK nomenklaturasi. Oddiy va ko‘p
yadroli kompleklar. Koordinatsion birikmalarda izomeriya turlari. Koordinatsion,
ionizatsion, gidrat, tuzli izomeriyasi, koordinatsion polimerizatsiyasi, geometrik va optik
izomeriyasi.
Kompleks birikmalardagi kimyoviy bog‘larning tabiatini klassik va kvant-kimyoviy
usullar orqali talqini
Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanish tabiati. Oddiy elektrostatik nazariyasi.
Kovalent bog‘lanish nazariyasi. Sidjvik nazariyasi (effektiv atom nomeri nazariyasi).
Kristall maydon nazariyasi. (KMN). Aynigan orbitallar, ligandlar maydoni ta’sirida
paydo bo‘ladigan
∆ ayirmasi. d-Elektronli kompleksning kristall maydon ta’sirida
barqarorlanish energiyasi (KKMTBE). Ligandlar maydoni nazariyasi (LMN).
σ (sigma) -
bog‘lar ,to‘g‘ri va teskari
π (pi) - bog‘lar. Bog‘lovchi, bo‘shashtiruvchi va bog‘lamovchi
molekulyar orbitallar.
Kompleks birikmalarning eritmadagi muvozanatlari va ularning asosiy qoidalari
5
Kompleks birikmalarning eritmalaridagi muvozanatlar. Komplekslarning beqarorlik
konstantasi. Irving-Vilyams qatori. Yan-Teller effekti. Koordinatsion qobiqdagi
ligandlarning o‘zaro ta’sirlashuvi. Peyrone, Yergensen, I.I.Chernyaev qoidalari. Trans-va
sis- ta’sirlashuv. Koordinatsion birikmalarning kislota-asoslik xossalari. Har xil
faktorlarning ta’siri: kompleksning umumiy zaryadi, ligandlarning donor-akseptor
xossalari, markaziy atomning tabiati, ichki koordinatsion sferaning geometrik tuzilishi.
Koordinatsion birikmalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Markaziy atomning
tipik bo‘lmagan oksidlanish darajasini mustahkamlanish hodisasi.
Kompleks birikmalarning qo‘llanilishi. Kompleks birikmalar kimyosining
rivojlantirishda o‘zbek kimyogarlarining xizmatlari
Kompleks birikmalarning qo‘llanish sohalari: analitik va organik kimyo, bionoorganika,
kimyoviy texnologiya, metallkompleksli katalizatorlar. Kompleks birikmalar kimyosi
soxasidagi akademik A.A.Grinbergning, o‘quvchisi A.Sh.Shamsievning O‘zMU
(SAGU)da bajargan ilmiy ishlari. Koordinatsion (kompleks) birikmalar kimyosini
rivojlantirishda o‘zbek kimyogar olimlari, jumladan – M.A.Azizov, N.A.Parpiev,
X.R.Raximov, O.F.Xodjaev, T.A.Azizov, O.Sh.Shobilolov va boshqalarning ilmiy
izlanishlari.
Seminar mashg'ulotlarini tashkil etish
bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg'ulotlarda talabalar kompleks birikmalarning nomlanishi, turlari,
izomeriyasi, kimyoviy bog'lanish tabiati, eritma xolatidagi turg'unligi, kislota-asoslik va
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalardagi xossalarini o'rganadilar. Talabalar asosiy ma’ruza
mavzulari bo'yicha olgan bilim va ko'nikmalarini seminar mashg'ulotlarida yanada
boyitadilar. Shuningdek, darslik va o'quv qo'llanmalar asosida talabalar bilimlarini
mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, mavzular bo'yicha
ko'rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Seminar mashg'ulotlarini tavsiya etiladigan mavzulari:
Koordinatsion nazariya, koordinatsion birikmalarning turlari, izomeriya va ularni
IYuPAK nomenklaturasi bo‘yicha nomlanishi.
Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanish tabiati va ularni tushuntirishda Valent
bog‘lar, kristall maydoni va ligandlar maydoni nazariyalari orqali talqini.
Kompleks birikmalarni eritmadagi muvozanati, koordinatsion qobig‘idagi ligandlarni
o‘zaro ta’sirlashuvi.
Koordinatsion birikmalarni kislota-asoslik xossalari va ularni oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalari.
Kompleks birikmalarning qo‘llanilish soxalari – anlitik va organik kimyoda,
bionoorganik kimyo, metallkompleksli katalizda, kimyoviy texnologiyada va b.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar
Laboratoriya ishlari talabalarda kompleks birikmalarni xosil qilish, ularning
tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash, eritma xolatida kompleks birikmalarning
turg'unligini aniqlash, turg'unlik konstantalarini xisoblash, komplekslarning
konuniyatlarga bo'ysunishini aniqlash, fotokolorimetr va spektrofotometrda ishlash,
olingan natijalar asosida turli xil grafiklar chizish va ulardan natijalar olish bo'yicha
amaliy ko'nikma va malakalar xosil qiladi.
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
Rangli eritma bilan ishlash uchun nur filtrini tanlash. Nur yutilish molyar koeffitsientini
hisoblash.
O‘rganilayotgan kompleks birikmalarni Lambert-Buger-Ber qonuniga loyiqligini
tekshirish.
6
Kompleks birikma optik zichligining pHga bog‘likligi.
Optik zichlikning reaksiya borish vaqtiga bog‘likligi.
Modda konsentratsiyasini fotokolorimetrik aniqlashning optik zichlikni solishtirish usuli.
Modda konsentratsiyasini fotokolorimetrik aniqlashda qo‘shish va diferensial usuli.
Modda konsentratsiyasini fotokolorimetrik aniqlashda kalibr chizig‘ini olish usuli.
Mustaqil ishni tashkil etishning
shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini xisobga olgan xolda quyidagi
shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
* darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
* tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
* maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari va mavzulari ustida ishlash;
*talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari
va mavzularni chuqur o‘rganish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1.Koordinatsion nazariya, koordinatsion birikmalarning turlari va ularni IYuPAK
nomenklaturasi bo‘yicha nomlanishi.
2.Kimyoviy birikmalarda bog‘lanish tabiati. Valent bog‘lar, kristall maydon va ligand
maydoni nazariyalari.
3.Kompleks birikmalarni eritmadagi muvozanati, koordinatsion qobig‘dagi ligandlarning
o‘zaro ta’sirlashuvi.
4.Koordinatsion birikmalarni kislota-asoslik xossalari va ularning oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalari.
5.Koordinatsion son va uning miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlar, kompleks xosil
qiluvchi atom yoki ionlar. Verner-Miolati qatorini tuzish va uni koordinatsion nazariyani
yaratilishidagi ahamiyati.
6.Koordinatsion birikmalardagi izomeriya xodisalari. Izomeriya turlari.
7.Sidjvik EAN qoidasi va uni karbonilli komplekslarda qo‘llanilishi. Koordinatsion
birikmalardagi kimyoviy bog‘lanish tabiatini tushuntirishda VBN, KMN va LMN
nazariyalarining o‘rni va roli.
8.Koordinatsion birikmalarni eritmadagi holati, ularning muvozanat barqarorlik
konstantalari, Irving-Vilyams qatori va boshqalar, koordinatsion birikmalarning
qo‘llanilishi.
Dasturning informatsion-metodik ta’minoti
Dasturdagi mavzularni o'tishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish,
o'quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija
beradi va mazkur fanni o'qitishda ularni qo'llash nazarda tutilgan. Bu borada zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang”,
“Talaba” hamda «Muammoli ta’lim» texnologiyasining «Munozarali dars» metodi,
shuningdek, kompleks birikmalarning asosiy sinflariga doir plakat va jadvallardan, davriy
sistemadan, kristallografik shakllardan hamda mavzuga oid ko'rgazmali kimyoviy
tajribalarning namoyishidan foydalanish nazarda tutiladi.
Foydalanilgan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
7
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
Парпиeв Н.А., Юсупов В.Г., Тошeв М.Т. Координацион бирикмалар кимёси.
Тошкeнт: “Унивeрситeт”, 1996. 298 б.
Парпиeв Н.А., Рахимов Х.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий асослари,
Тошкeнт: ″O'збeкистон″, 2000 й.
Кукушкин Ю.Н. Химия координационных соeдинeний. М: Высшая школа, 1985.
455с.
Костромина Н.А., Кумок В.Н., Скорик Н.А. Химия координационных соeдинeний.
М.: Высшая школа. 1990. 432 с.
E.Ю. Янсон. Комплeксныe соeдинeния. М.: Высшая школа, 1968. 200с.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Бабко А. К. Физико-химичeский анализ комплeксных соeдинeний в растворах.
Киeв, изд. АН, УзССР. 1955.
Мeтодичeскоe указаниe - "Химия координационных соeдинeний", Ташкeнт,
ТашГУ, 1987.
Задачник по физико-химичeским мeтодам анализа. Изд. "Химия", 1972.
Новаковский М.С. Лабораторныe работы по химии комплeксных соeдинeний.
Харков, изд. ХГУ, 1964.
www.chemport.ru.
www.subscribe.ru.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |