11
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
Kompleks birikmalar kimyosi ixtisoslik fani hisoblanib, 7 semestrda o‘qitiladi.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy,
umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab
etiladi. “Noorganik kimyo” fanini rivojlanish natijasi o‘laroq, “Kompleks birikmalar
kimyosi” fani zamonaviy organik, analitik, biologik va fizikaviy kimyo fanlari bilan
uzviy bog‘langan. Koordinatsion birikmalar tuzilishi va xossalarini o‘rganish hozirgi
zamon fizik usullarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Shuning uchun fanni o‘rganishda
fizik usullarning mohiyati va nazariy asoslaridan xam yetarli bioim va malakaga ega
bo‘lishlik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: