30. OSI modelining kanal pog’onasida adreslash.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko‘p operatsiyalarni amalga oshiriladi, ya’ni kompyuterdan kompyuterga axborotlarni uzatilishi to‘liq ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima, qanday amalga oshirilayotganligining farqi yo‘q, albatta. Uning uchun faqat boshqa ilovaga ega bo‘lish yoki tarmoqqa joylashgan boshqa kompyuter resurslariga ega bo‘lish mavjuddir, xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko‘p ishlov berish bosqichlaridan o‘tib boradi. Avvalambor, u bloklarga ajratilib, har biri alohida boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi.
Hosil bo‘lgan bloklar paket sifatida jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so‘ng, elektr signallari yoki yorug‘lik signali yordamida tanlangan ega bo‘lish usulida tarmoq orqali uzatiladi, ya’ni qabul qilingan paketni qaytadan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar axborotlar ko‘rinishida ulanadi va shundan so‘nggina boshqa ilovaga foydalanish uchun tayyor bo‘ladi. Bu, albatta, bo‘ladigan jarayonni ancha soddalashtirib bayon qilinishi. Aytib o‘tilgan ishlarning bir qismi, albatta, dasturlar yordamida amalga oshirilsa, boshqa qismi esa, qurilmalar ishtirokida bajariladi.
Butun sanab o‘tilgan va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni bir-biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga bo‘lishni aynan tarmoq modellari bajarishi lozim. Bu modellar tarmoq tarkibidagi abonentlar o‘rtasidagi muloqotni va turli tarmoqlar o‘rtasidagi turli bosqichdagi muloqotni to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va tanilgan OSI (Open System Interchange) ochiq sistemada axborot almashinuvini etalon modeli. Bu holatda «ochiq sistema» atamasi o‘zi bilan o‘zi ulanmagan, ya’ni boshqa qandaydir sistemalar bilan aloqa qilish imkoniyati mavjud sistema tushuniladi (yopiq sistemaga nisbatan).
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |