Internet tarmogi vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet taroginig vazifasi internet tarmogi abonetlariga veb-hujjatlarni oqish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bolish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini korsatish. Internet tarmogidan axborotlarni almashish, masofaviy talim olish, konferensiyalar otkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot ornatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.
OZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI INTERNET TARMOGINING RIVOJLANISHI.
Ozbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy boglanadi. U ozida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. Ozbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bolish mumkin:
1990-yillar boshi. UUCP malumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali malumot almashish imkoni paydo boldi. Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qongiroqni amalga oshira boshladilar. Malumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan.
1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan korsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan song BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan.
FidoNet matnli malumotlarni jonatish global tarmogi ishga tushdi. Relcom ilk elektron pochta tarmogi ishga tushdi. Malumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bolgan analog modemlar orqali Internet tarmogiga ulanish imkoniyati tugildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan korsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi. Ozbekiston Respublikasi Markaziy Bankining malumotlarini banklararo uzatish tarmogiga asos solindi.
1996 yil. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning Ozbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi.
1997-1999 yillar. Internetning misli korilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmogida ozining mustaqil kanaliga ega boldi. Bazi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bolgan. Ozbekistonning ilmiy-talim tarmogi UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 som (shu davrda Markaziy bank kursi boyicha bu ortacha 4 dollarga teng mablag) bolgan. Muayyan yonalishlar boyicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga ota boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini korsata boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmogi orqali ovozli aloqa ornatish tajribasi qollandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-Yevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila boshlandi.
1999 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro malumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmogiga ulanish OzAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi litsenziyani olib, Ozbekiston Respublikasi malumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» malumotlarni uzatish davlat tarmogini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Malumotlarni uzatish milliy tarmogining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib belgilandi. Iskra hukumat aloqa tarmogi va boshqa bir qator malumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish toxtatildi. UzNet uskunalari, tarmogi va xodimlar UZPAK boshqaruviga otkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini UZPAK tarmogiga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali otkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem bolgan) zahira sifatida foydalanilgan. Osha mahalda UzPAK xizmatlari narxi boshqa provayderlarnikidan yuqori bolgan. Shunday bolsa ham, asinxron aloqa foydalanuvchilari soni osib borgan.
1999-2000 yillar. BMTning Ozbekistonda Internet tarmogini rivojlantirish boyicha yangi loyihasi UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish boyicha ish boshlandi. Internet bozorida qator ozining mustaqil (asosan suniy yoldosh) kanallariga ega bolgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi ishga tushdi.
2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining otkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. Naytov Internet biznesi Buzton kompaniyasiga otdi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish togrisidagi 352-son qarori imzolandi. Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, Ozbekiston Respublikasi malumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» malumotlarni uzatish davlat tarmogini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Malumotlarni uzatish milliy tarmogining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «Ozbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari zarur edi.
2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining otkazuvchanlik salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmogiga ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar ortasida keng ommalashdi. Provayderlar hududlarda ham Internetga ulanish boyicha xizmatlarni kengaytira boshlashdi. Internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Oylik abonent tolovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi. Provayderlar Callback xizmatini joriy qilishdi. Ozbekiston mobil aloqa bozorida Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), MTS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen, Buzton) kompaniyalari paydo boldi.
Ozbekiston Respublikasi hukumat portali www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qati nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bolgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Malumotlarni uzatish milliy tarmogining faoliyat korsatishini va uni rivojlantirishni taminlash «Ozbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa Ozbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish huquqini qolga kiritdi.
UZ milliy domenini royxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat korsatmoqda edi. Ozbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot talim tarmogi, kompyuter xurujlariga tezkor choralar koruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv tizimi WWW.UZ ga asos solindi.
2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining otkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli imzoni royxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini korsatishni boshladilar. Internet foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10 millionga yetdi. Simus kompaniyasi «UZ» domenining milliy registratoriga aylandi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qoshimcha infratuzilma obektlari boyicha loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va telekommunikatsiya obektlarini, xususan milliy va hududiy malumotlar almashish tarmoqlarini rivojlantirishning qoshimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa operatori «MTS Ozbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmogini qurish boyicha litsenziyaga ega boldi.
2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni 7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi.
Bundan mobil Internetdan foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan korinib turibdiki, kopchilik Internetdan foydalanishda mobil aloqani maqul koradi.
2010 yilda Ozbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda osish 23,8 %ni tashkil qiladi.
Ozbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi. 2010 yil songida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi.
UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan malumotlarga kora, 2010 yilda «.UZ» milliy domenidan royxatdan otgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga yetgan.
2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan 314,8% ga oshgan.
OZBEKISTONDA INTERNETNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI TAHLILI
Jahon bozorining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari shuni korsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalar joriy etilishi, shuningdek ulardan samarali foydalanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirishda, iqtisodiyotning turli sohalarida tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini yaratish hamda mavjudlarini kengaytirishda yordam bermoqda.
Telekommunitsiya xizmatlari Internet tushunchasi bilan borgan sari uzviy boglanib bormoqda va undan foydalanish mumkinligi odamlar orasida axborot va bilimlarni yanada koproq almashish jarayoniga komaklashayapti. Bu esa, bilimlarga asoslangan jamiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Demak, telekommunikatsiya xizmatlari, xususan Internet tarmogining yanada rivojlanishi Ozbekiston jahon ijtimoiy-iqtisodiy hamjamiyatiga yanada muvaffaqiyatliroq kirib borishiga va aholining turmush darajasi yaxshilanishiga yordam beradi.
Ozbekistonda mazkur soxani qanday rivojlanayotganligini aks ettirish maqsadida Ozbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturining Ozbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda Ozbekiston Respublikasi Gukumatiga komaklashish (ICTP) loyihasi, shuningdek «UNICON.UZ» ilmiy-texnikaviy va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan Ozbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili hisoboti tayyorlandi.
Ozbekistonda Internet taraqqiy etishining joriy xolatiga, asosiy omillari va rivojlanish istiqbollariga doir sifat va miqdor korsatkichlarini ekspertiza yoli bilan baholashdan iboratdir.
Axborot-tahliliy hisoboti Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasining rasmiy statistika axborotini tahlil qilish, shuningdek tartibga soluvchi organlar rahbarlari bilan suhbatlar natijalari, professional bozor ishtirokchilarining Internet tarmogidagi joriy ahvol va uning rivojlanish istiqbollari togrisidagi fikrlari asosida tayyorlandi.
Internet tarmogiga kirish xizmatlari bozori rivojlanishida ijobiy tendensiya mavjudligi bir qancha korsatkichlarga kora qayd etilgan. Bular, xususan: foydalanuvchilar miqdori kopayganligi, yangi xizmatlar joriy etilayotgani, milliy axborot resurslari rivojlanayotgani, Internet tarmogiga kirish narxlari pasayganligidir. Internet tarmogiga keng polosali kirish yolidan foydalanuvchi abonentlar ulushi 2 baravardan ortiq kopaygani va hozirgi kunda ular 69 mingdan ziyod abonentni tashkil etayotganligi takidlangan. Sorovda ishtirok etgan aksariyat provayderlarning (73%) fikriga kora, Internet resursi rivojlanishidagi ustuvor yonalish ilmiy va oquv malumotlarni kopaytirishga qaratilishi lozim. Hisobotda shuningdek soxa mutaxassislarining mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlari umumlashtirilgan hamda bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taklif qilingan.
Ozbekiston Respublikasi davlat va xususiy korxonalaridan 40ga yaqin vakillari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Ozbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili axborot-tahliliy hisobotining elektron versiyasi yaqin vaqt ichida www.ictp.uz saytidan joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |