Prof. Xo'jayorov B. X.
Xo'jayorov Baxtiyor Xo'jayorovich 1951 yil 1 oktyabrda Samarqand viloyati Payariq tumanining Revoch qishlog'ida tug'ilgan. Millati o'zbek. 1967 yilda Oqdaryo tumanidagi 60 - nchi o'rta maktabni tugatib, Samarqand davlat universitetining mexanika -matematika fakultetiga o'qishga kirgan. Mazkur fakultetni 1972 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1972 yildan toki 1985 yilning avgust oyigacha Toshkent shahridagi O’rta Osiyo neft sanoati ilmiy - tekshirish va loyihalash institutida mahandis, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, sektor mudiri lavozimlarida ishlagan. 1985 yilning avgustidan 1992 yilning sentyabriga qadar Samarqand davlat arxitektura - qurilish institutida katta ilmiy xodim, assistent, dosent va bir vaqtning o'zida institut ilmiy kotibi bo'lib ishlagan. 1992 yilning sentyabridan hozirgacha Samarqand davlat universiteti "Hisoblash usullari" kafedrasida dosent, keyin professor bo'lib ishlab kelmoqda. 1994 yildan boshlab o'rindoshlik asosida ishlamoqda. 1993 yildan boshlab O’zFA Samarqand bo'limida Mintaqaviy muammolar kompleks ilmiy - tadqiqot instituti direktori muovini, bo'lmi raisi muavini, direktori (1999 yildan boshlab) lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Oilalik. 8 ta farzandi bor.
Xizmat yuzasidan Shveysariyada (1996) , Germaniyada (1997), Turkiyada (1998), Fransiyada (1998, 2001) ilmiy safarlarda bo'lgan.
150 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan ingliz tilida 4 ta to'liq jurnal maqolasi, 1 ta monografiya, 1 ta o'quv qo'llanmasini nashr ettirgan. Ilmiy tavsiyalari Rossiya, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg'izistonda qo'llanilgan va hozirda O'zbekistonda ishlatilmoqda.
Samarqand davlat universitetida bir necha maxsus kurslardan ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni olib bormoqda.
Dos. Amriddinov S. A.
Sayfiddin Amriddinovich Amriddinov 5 iyul 1943 yil Samarqand viloyati Samarqand shahri Siyob tumanining Merv ko'chasi 38 -nchi uyda tug'ilgan. 1950 - 1960 yillarda № 22 o'rta maktabda o'qigan.
1960 yil Samarqand davlat universitetining matematika - mexanika fakultetiga o'qishga kirdi va mazkur fakultetni 1965 yilda tugatdi.
1965-1971 yillarda Samarqand davlat universitetining muxandis - texnika fakultetida laborant va assistent sifatida ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug'ullandi.
S. Amridinov keyingi ilmiy tadkikot ishlarini UzR FA Kibernetika ilmiy tadkikot institutida davom ettirdi. 1973-1977 yillarda shu institutning aspiranturasida ukidi va 1978 yilda fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. 1978 yildan SamDU amaliy matematika fakulteti "Hisoblash matematikasi" kafedrasi assistenti, katta ukituvchisi, xisoblash markazi boshligi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat kursatdi.
1980 yildan boshlab S. Amridinovning ilmiy pedagogik faoliyati raxbarlik ishlari bilan boglanib ketdi. Shu davrda u Toshkent politexnika universiteti Samarkand filiali dekani, SamDU amaliy matematika fakulteti dekan muovini, iktisod va informatika fakulteti dekani vazifalarida ishladi.
Xozirgi kunlarda S. Amridinov "Hisoblash usullari" kafedrasining dosenti sifatida ukuv jarayonini takomillashtirish, yukori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga munosib xissa kushib kelmokda.
S. Amridinov uzining ilmiy pedagogik faoliyati davrida 50 ga yakin ilmiy-uslubiy kullanmalar chop ettirdi.
Uning mexnat faoliyati munosib takdirlangan. 1993 yilda unga Xalk ta'limi a'lochisi nishoni berilgan. U bir necha bor viloyat xokimligi va Oliy ta'lim vazirligi faxriy yorliklari bilan takdirlangan.
SamDU ilmiy kengashining 2003 yil iyun oyidagi karori bilan S. Amridinovga SamDUda xizmat kursatgan dosent faxriy unvoni berildi.
Oilalik. S.Amriddinov siyosiy jixatdan yetuk va ma'naviy barkamol shaxs. S. Amriddinov ajoyib oila boshlig'i. 4 ta farzandnigng otasi. Turmush urtogi Amridinova Musojida insonlarga ziyo tarkatuvchi kutubxona mudiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |