1-§. Web-sahifalar va ularni ko’rish vositalari World Wide Web – bu Web-serverlarda saqlanayotgan va o’zaro bog’langan millionlab elektron hujjatlarning yagona ma’lumotlar fazosidir. Web-fazolarning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar deb yuritiladi. Web-sahifalarning ma’lum mavzuga birlashtirilgan guruhlarini Web-tugunlar (Web-uzel) yoki Web–sayt yoki oddiy sayt deb yuritiladi.
Oddiy matnli hujjatlardan Web-sahifalar shunisi bilan farq qiladiki, ular konkret ma’lumotlarni saqlaydigan qurilmalarga (kompьyuter turiga, monitor ulchamlariga va sho’nga o’xshashlarga) boglik emas. Web-sahifalarni ekranga chaqiradigan(ko’rsatadigan) dasturlarni «Brouzer»lar deb aytiladi. Brouzer muallifning matnga kiritgan komandalari asosida hujjatni ekranga chiqarish (akslantirish) vazifasini bajaradi. Bunday komandalar «teglar» deb yuritiladi. Oddiy matndan bu komandalar burchakli kavsga olinganligi bilan farqlanadi. Kupgina «teglar» juft-juft shaklda kullaniladi (ya’ni «ochilgan»-«yopilgan» teglar). Yopilayotgan «teg» > belgi bilan boshlanadi.
Masalan,
Bu matn ekranning markazi bilan to’g’rilangan bo’lishi kerak
Bu matn ekranning chap chegarasi bilan to’g’rilangan bo’lishi kerak Bu matn ekranning o’ng chegarasi bilan to’g’rilangan bo’lishi kerak Murakkab «teg»lar kalit so’zlardan tashqari ma’lum bir atribut va parametrlarga ham ega bo’lishlari mumkin. «Teg»larning yozilish qoidalari dasturlashtirish tiliga yaqin bo’lgan maxsus tilning tavsiflanishi kabi ifodalangan bo’lib, u gipermatnning belgilash tili (язык разметки гипертекста) – HTML (Hyper Text Markup Language) deb aytiladi. Shunday qilib Web-hujjat – bu oddiy matnli hujjat bo’lib, u HTML tilining «teg»lari bilan belgilangandir. Bunday ko’rinishdagi hujjatlarni HTML-hujjatlari yoki HTML formatidagi hujjatlar deb ham yuritadilar. HTML-hujjatlarni ekranga chiqarganda undagi «teg»lar ko’rinmaydi va faqat matn ekranga chiqadi.
HTML tilining «teg»lari yordamida tashkil qilingan Web-sahifalarining eng muxim jihatlaridan biri – bu gipermatnli murojaat (гипертекстовые ссылки) lardir. «Teg»lar yordamida ixtiyoriy matnning fragmentini (bo’lagini) yoki rasmni boshqa Web-hujjat bilan boglash mumkin ya’ni gipermurojaat (гиперссылка) o’rnatish mumkin. Xuddi shunday ikkinchi, uchinchi va xakozo bir nechta Web-hujjatlar bilan bog’lanish mumkin.
Shunday qilib WWW serverlarda saqlanayotgan katta sondagi gipermatnli elektron hujjatlar o’ziga xos giperfazo (гиперпространство) ni tashkil kiladi. Web-fazodagi hujjatlar orasidagi ixtiyoriy siljish (перемещение) ni Web-serfing deb aytiladi. Web-hujjatlar orasidagi maqsadli siljishlarni Web-navigatsiya deb yuritiladi.
Lokal kompьyuterdagi fayl o’zining takrorlanmas to’liq ismiga ega bo’ladi va o’nga murojaat etish u saqlanayotgan qurilmaning ismi orqali amalga oshiriladi. Endi biz faylning takrorlanmas ismi to’g’risidagi fikrimizni kengaytirib, uni butun dunyo mikyosidagi tarmok darajasiga rivojlantirishimiz mumkin. Dunyo mikyosida xar bir faylning adresi URL- yagona resurs ko’rsatkichi(unifitsirovannыm ukazatelem resursa) bilan aniqlanadi. URL adres uchta qismdan iborat:
Ushbu resursga murojaat etishni amalga oshiruvchi xizmatni ko’rsatish (bu odatda ushbu xizmatga mos keluvchi amaliy protokolning ismi) bilan belgilanadi. Masalan, WWW xizmati uchun amaliy protokol sifatida HTTP (HyperText Transfer Protocol – gipermatnni uzatuvchi protokol) ishlatiladi. Protokolning ismidan so’ng ikki nukta (:) va ikkita og’ma chiziq (/) qo’yiladi, ya’ni http://...
Ushbu resurs saqlanayotgan server kompьyuterning domenli ismini masalan, http://www/abcde.com. ko’rsatish.
Ushbu kompьyuterdagi faylga murojaat qilishning to’liq yo’lini ko’rsatish. Belgilar orasida og’ma chiziq (/) ishlatiladi.
Masalan,
http://www.abcde.com/Files/New/abcdefg.zip HTML tili hujjatni formatlash bilan bir qatorda uning mantiqiy tarkibini (struktura) tasvirlashni ta’minlaydi. Hujjatlarni formatlash va ularni konkret kompьyuterda ishlashni brouzer (browser) deb nomlanuvchi maxsus dastur orqali amalga oshiriladi.
Brouzerning asosiy funksiyalari quyidagilar:
Web-server bilan aloqa o’rnatish;
HTML tilini interpretatsiya qilish va brouzer ishlaydigan kompьyuterning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Web-sahifani formatlash va chaqirish.
Web-sahifa tarkibiga kiruvchi mulьtimedia va boshqa ob’yektlar bilan ishlaydigan vositalar bilan ta’minlash hamda yangi turdagi obьyektlar, kengaytma mexanizmlari bilan ishlaydigan dasturlarni yuklash imkoniyatiga ega bo’lish;
Oldin chaqirilgan Web-sahifalarni izlashni qisqartirish va yangi Web-sahifalarni izlashni avtomatlashtirishni ta’minlash;
Internetning boshqa xizmatlarida ishlash uchun unda tikilgan yoki alohida ko’rinishdagi vositalariga murojaat etishni ta’minlash.
Web-hujjat bilan ishlaydigan dasturga misol tariqasida Internet Explorer 5.0 ni ko’rsatish mumkin. Bu dastur orqali Internetdagi mavjud ma’lumotlarga va kompьyuterning lokal hujjatlariga hamda koorporativ tarmokning Internet resurslariga murojaat yagona metod orqali amalga oshiriladi. Bu dastur WWW(World Wide Web) bilan ishlashni, kompьyuterning lokal papkalari bilan ishlaydigan vositalarni, FTP arxiv fayllari bilan ishlashni ta’minlash bilan bir qatorda Internet orqali aloqa vositalariga murojaat qilishni ta’minlaydi. Outlook Express va Microsoft NetMeeting dasturlari avtonom bo’lib, ular Internet Explorer 5.0 paketining bir qismidir. Internetda Internet Explorer 5.0 dasturi orqali ishlash 1- rasmda ko’rsatilgan.
Qo’rilayotgan Web-sahifa darchaning ishchi soxasiga chaqiriladi. Web-sahifa saqlanayotgan grafika, mulьtimedia va sho’nga o’xshash hamma ob’yektlar avtomatik ravishda chaqiriladi. Ochik Web-sahifani kurish menyu satrlari, uskunalar paneli hamda faol elementlar, masalan, gipermurojaatlar orqali amalga oshiriladi.
2-§. Web saytlarni yaratish boskichlari Web sayt yaratish uchun albatta quyidagi boskichlardan utish talab etiladi. Qiziqarli va foydali Web sayt tashkil etishda uning yaratish texnologiyasini yaxshi bilish maqsadga muvofikdir.