GL_LIGHT_MODEL_LOCAL_VIEWER param parametri bul toifasiga tegishli bo‘lishi kerak va kuzatuvchining holatini belgilaydi. Agar u GL_FALSE ga teng bo‘lsa, unda tasvir yo‘nalishi ko‘rinishli koordinatalardagi holatiga bog‘liq bo‘lmagan holda, – z o‘qiga parallel bo‘lib hisoblanadi. Agar u GL_TRUE ga teng bo‘lsa, unda kuzatuvchi ko‘rinishli koordinatalar tizimining boshida joylashgan. Bu yorug‘lik sifatini oshirishi mumkin, lekin uni hisoblashni qiyinlashtiradi. Shart qo‘yilmaganda qiymat GL_FALSE bo‘ladi.
GL_LIGHT_MODEL_TWO_SIDE param parametri bul toifasiga tegishli bo‘lishi kerak hamda yuza va teskari yoqlar uchun yorug‘lik hisoblash rejimini boshqaradi. Agar u GL_FALSE ga teng bo‘lsa, unda yoritilganlik faqat yuza yoqlari uchun hisoblanadi. Agarda u GL_TRUE ga teng bo‘lsa, hisoblash teskari yoqlar uchun ham amalga oshiriladi. Shart qo‘yilmaganda qiymat GL_FALSE ga teng.
GL_LIGHT_MODEL_AMBIENT params parametri to‘rtta butun yoki haqiqiy sonlarga ega bo‘lishi kerak, bu sonlar hattoki ma’lum bir yorug‘lik manbalari bo‘lmaganda ham fonning yorug‘ligi rangini belgilaydi. Shart qo‘yilmaganda qiymatlar: (0.2, 0.2, 0.2,1.0) ga teng.
Materiallar tasnifi
Joriy materialning parametrlarini berish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi:
void glMaterial [i f] (GLenum face, GLenum pname, GLtype param)
void glMaterial[i f]v (GLenum face, GLenum pname, GLtype *params)
Ular yordamida materialning ko‘zguli, diffuziyali, tarqoq ranglarini, hamda agar obyekt nurlansa, nurning tarqalish intensivligini va ko‘zguli akslantirishni aniqlash mumkin. param qiymati bilan aynan qaysi parametr tavsiflanishi pname qiymatiga bog‘liq:
GL_AMBIENT params parametri RGBA ranglarining to‘rtta butun yoki haqiqiy qiymatlariga ega bo‘lishi kerak, ular esa o‘z navbatida materialning tarqoq rangini belgilaydi (materialning soyadagi rangi). Shart qo‘yilmaganda qiymatlar (0.2, 0.2, 0.2, 1.0) ga teng bo‘ladi.
GL_DIFFUSE params parametri RGBA ranglarining to‘rtta butun yoki haqiqiy qiymatlariga ega bo‘lishi kerak, ular esa o‘z navbatida materialning diffuziyali rangini aniqlaydi. Shart qo‘yilmaganda qiymatlar (0.8, 0.8, 0.8, 1.0) ga teng.
GL_SPECULAR params parametri RGBA ranglarining to‘rtta butun yoki haqiqiy qiymatlariga ega bo‘lishi kerak, ular esa o‘z navbatida materialning ko‘zguli rangini aniqlaydi. Shart qo‘yilmaganda qiymatlar (0.0, 0.0, 0.0, 1.0) ga teng.
GL_SHININESS params parametri 0 dan 128 gacha oraliqda bitta butun yoki haqiqiy qiymatga ega bo‘lishi kerak va u materialning ko‘zguli akslanish darajasini aniqlaydi. Shart qo‘yilmaganda qiymat 0 ga teng.
GL_EMISSION params parametri RGBA ranglarining to‘rtta butun yoki haqiqiy qiymatlariga ega bo‘lishi kerak, ular esa o‘z navbatida materialdan tarqalayotgan yorug‘lik intensivligini aniqlaydi. Shart qo‘yilmaganda qiymatlar (0.0, 0.0, 0.0, 1.0) ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |