Reja.
Kompetentlik va uning kelib chiqish tarixi.
Xodimlarni boshqarish masalalarini xal etishda kompetentlik tushunchasi.
Professional kompetensiyani baxolash metodlarining prinsiplari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kompetentlik va uning kelib chiqish tarixi.
Kompetensiya iborasi zamonaviy adabiyotda keng qo’llaniladigan termin bo’lib, ta’lim, xodimlarni tanlash, mehnat natijasini baholash, ta’limning muvaffaqiyatligi, professional yo’naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab oladi. Bugungi kunda ma’no nuqtai nazaridan oxirigacha aniqlashtirilmagan deb xisoblanadi.
1970 yillarda ko’pgina G’arb Yevropa davlatlarida paydo bo’lib, bunda kompetentlik professional tayyorgarlikning yangi yo’nalishini ko’rsatadigan bo’ldi. «Kompetentlik» termini ta’limda faqatgina individual, texnik yoki tajribiy bilim va qobiliyatni egallash masalalari bilan bog‘liq bo’lib qolmay, balki individ shaxsni keyinchalik rivojlantirishga baza bo’lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko‘nikmalari majmuasini ifoda qiladi. Ammo bu g’oya barcha Yevropa davlatlarida turlicha o’z ifodasini topdi. Masalan, Germaniyada 1980 yillardan boshlab, «professional faoliyatda kompetentlik» iborasi boshlang’ich professional tayyorgarlik mobaynida erishilishi shart bo’lgan maqsadni ifodalagan. Bu o’qitish kursi o’zaro bog’liqlik, texnik kompleks va umumiy bilim yig’indisidan iborat bo’lib, bu bitiruvchiga kompaniyaning turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu umumiy malaka o’zgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan xolda mehnat dunyosining talablari va shartlari xam o’zgarib turadi.
Buyuk Britaniyada «kalit kompetensiyalari» deb yuritiladigan sistema aktiv qo’llanilmoqda. Kalit kompetensiyalari bu muxim maxsus kompetensiyalar bo’lib, ular kundalik xayotda yoki professional tayyorgarlikni o’tayotganda qo’llaniladi.
Kalit kompetensiyalari 3 ta funksiyani bajaradi:
- Ular talabalarning ta’lim olishga yordam beradi.
- Xodimlar ishga qabul qiluvchilarning talablariga ixchamlik bilan javob berish imkonini beradi.
- Xayotlarida muvaffaqiyatli bo’lishlariga yordam beradi.
Quyidagi asosiy kompetensiyalarni ajratishadi:
Raqamlar orqali oshiriladigan kompetensiyalar-raqamli ma’lumotlarni yoritish, xisoblarni o’tkazish, yakuniy xulosalarni taqdim etish qobiliyati
Kommunikatsiya- ma’lumotlarni tinglash, o’qish, yozish va qabul qila olish qobiliyati
Informatsion texnologiya-olingan ma’lumotlarni turli obrazda taqdim etish, masalan, tekst, raqam, diagramma sifatida.
Mustaqil ta’lim va mustaqil prezentatsiya - xodimlarni boshqarish, karyerani rivojlantirish va ta’lim olish qobiliyati
Insonlar bilan ishlash - kollektivda umumiy maqsadlarni ko’zlagan xolda faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirishda insonlar bilan ishlay olish qobiliyati.
Kalit kompetensiyalari faoliyat mobaynida rivojlanadi, masalan, lavozim majburiyatlarini bajarishda professional tayyorgarlik programmalarini o’tishda, ta’limning turli xil shakllarini egallashda rivojlanadi.
Mashxur ingliz psixologi Dj.Raven nazariy kompetentlik modelini va shu bilan birga uni baxolashda yangi yo’nalishlarni taklif etgan. Ravenning fikriga ko’ra, kompetensiya bu aniq bir vazifani samarali bajarish uchun talab qilinadigan tor doiraviy maxsus bilimlar, fikrlash yo’llarini qamrab oluvchi maxsus qobiliyat xamda o’zining xarakatlari uchun javobgarlikni xis etishdir.
Ravenning «yuqori kompetensiyalar» deb nomlanuvchi nazariyasi kompetensiyalar to’g’risida so’z yuritadi. Yuqori kompetensiyalar insonlarda yuqori tashabbuskorlik qobiliyatini, o’z maqsadlariga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkillashtirish bilan bog‘liq bo’lgan tashabbuskorlik qobiliyati, o’z xaraktlarining sotsial oqibatlarini va amal qilishni talab qiladi.
Ravenning qarashlariga muvofiq, kompetentlikning tabiati shundan iboratki, bunda inson o’zining faoliyatida chuqur qiziqish bilan qaraydi va inson qiymati bilan bir butunlikda namoyon bo’ladi. Komponentlikni baxolashda 2 bosqichli model mavjud: Avvalambor inson nima bilan shug’ulanmoqchi ekanligi aniqlanadi keyin esa mazkur faoliyatda ular qaysi kompetentlik komponentlarini ko’rsatishi aniqlanadi.
Raven ilgari surgan kompetentlik modeli kompetentlik soxalaridan iborat bo’lgan o’ziga xos «xarita»ni ifodaydi, ular motivatsiyalilik, irodalilik va natijalilik komponentlaridan iboratdir.
J. Leboter «kompetensiya injeniringgi» deb nomlangan nazariyani ishlab chiqdi va sistemalashtirdi. Leboterga muvofiq, kompetensiya bilimlarning yig’indisi, ko‘nikma, qobiliyat, oldingi va yangi tajribalarning biron bir faoliyatda qo’llanilishida kuzatiladi.
Yevropa ta’lim fondining glossariysida bu terminga umumiy mazmun berilgan:
Prime glossariysi xam shunga o’xshash tushuntirish berib o’tadi:
Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ma’lum bir kasbda qo’lllaniladigan standartlar bo’yicha bajara olish qobiliyati.
«Yevropadagi o’rta ta’lim» proyekti doirasida tuzilgan mundarijasida ko’rsatilgan kalit kompetensiyalarini ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |