nofaol - oʻqituvchining avtoritar faolligiga asoslanadigan; faol - oʻqituvchi bilan oʻquvchi-talabalar hamkorligidan tashkil
topadigan; oʻquvchi-talabalarning oʻzaro va oʻqituvchi bilan hamkorligidan iborat
boʻladigan turlarga boʻlinadi.
Oʻqituvchi bilan oʻquvchilarning hamkorligi oʻqituvchining oʻquvchilarga koʻrsatadigan yordamidan boshlandi. U asta-sekin faollashib, oʻqituvchi bilan oʻquvchilarning oʻzaro hamkorlik pozitsiyasiga oʻsib oʻtadi. Ta’lim jarayonida oʻqituvchining oʻquvchilar bilan hamkorlik qilishi katta ahamiyatga ega. Oʻquvchilarning ta’limga qay darajada ixlos qoʻyishi oʻqituvchining mana shu hamkorlikni yarata bilish mahoratiga bogʻliq.
Oʻqituvchi bilan oʻquvchilarning oʻquv faoliyatidagi muhitning toʻgʻri uyushtirilishi oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi, ularni butun kuch va gʻayratini sarflashga undaydi. Ijodiy topshiriqlar hamkorlikda bajarilgandagina bilimlarni oʻzlashtirish samarali boʻladi. Oʻqituvchining oʻrganilayotgan fan boʻyicha qaysidir bir ma’lumotga aniqlik kiritish paytida oʻquvchilarga yordam soʻrayotganday murojaat qilishi hamkorlik faoliyatini yanada chuqurlashtiradi.
XX asrning 80-yillarida rivojlana boshlagan hamkorlik pedagogikasi ta’limda koʻpgina innovatsion jarayonlarni yuzaga keltirdi. Ushbu texnologiyalar negizida K.D.Ushinskiy, N.P. Pirogov, L.N. Tolstoy.
J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shashiy, V.A.Suxomlinskiy kabi taniqli pedagoglarning tajribasi yotadi. Ta’lim jarayonida oʻquvchi bilan hamkorlik munosabatini oʻrnatishda ijodkorlikning oʻrni juda muhim. Ijodkorlik va oʻzaro hamkorlik bir-biri bilan mustahkam bogʻliq. Zero, faqat ijodkorlik asnosidagina hamkorlik vujudga keladi va mana shu hamkorlikda ijodkorlik oʻz ifodasini topadi.
Pedagogik ijodkorlikni faqatgina yangilikka, tajribalar oʻtkazishga intilish deb tushunmaslik kerak3. Oʻqituvchi hamkorlik jarayonida oʻquvchilarning nutqini oʻstirish bilan birga diagnostik vazifani ham bajaradi, ya’ni oʻquvchilarning soʻz boyligi, qiziqish doirasini aniqlaydi, iqtidorini chamalaydi. Oʻquvchilarni oʻrganuvchi va tarbiyalanuvchiga aylantirish oʻqish-oʻqitish jarayonini muvaffaqiyatli olib borishning asosiy sharti boʻlibgina qolmay, balki ularni har jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashning ham muhim shartidir.
Hamkorlik metodida muloqotga kirishi qiyin boʻlgan kamgap oʻquvchilar ham suhbatda ishtirok etishlariga erishilsa, hamkorlik toʻlaqonli amalga oshadi. Hamkorlikka asoslangan ta’limda oʻquvchilar oʻzaro fikr almashadilar, muomala qilish malakalari oshadi, har bir oʻquvchi oʻzi uchun, guruhi uchun javob berishga harakat qiladi, guruh uchun mas’uliyatni his qiladi; har bir oʻquvchi rahbarlik rolini bajarishi uchun imkon beriladi hamda oʻzaro doʻstona munosabat shakllana boradi.
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiya masalalariga doir asarlarida oʻqituvchi-oʻquvchi munosabatlariga katta e’tibor qaratgan. Buyuk olim oʻqituvchini tanlash masalasiga alohida ahamiyat beradi. Ibn Sino yosh avlod va uning tarbiyachisi oʻrtasidagi munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish uchun oʻqituvchi quyidagi bir qancha talablarga rioya qilishi lozimligini koʻrsatgan edi:
bolalar bilan muomala qilishda bosiq boʻlish;
-ta’limning oʻquvchilar tomonidan qanday oʻzlashtirib olinayotganligiga alohida e’tibor berish;
ta’lim jarayonida turli metod va usullardan foydalanish;
oʻquvchining xotirasi va boshqa intellektual qobiliyatini bilish;
oʻquvchilarni turli usullar vositasida oʻqishga qiziqtirish;
bayon qilinadigan masalaning mohiyatini chuqur tushunishi, oʻz fikrlarini adabiy tilda qisqa va aniq ifodalash;
ta’lim jarayonida oʻquvchilarning yoshi va aqliy darajasiga mos soʻzlarni tanlash;
har bir soʻz harakat va mimika bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uygʻotadigan boʻlishi zarur.
Hamkorlikda ishlashda, avvalambor, ishtirokchilarning joylashuviga alohida e’tibor qaratish lozim. Ishtirokchilarga “Yuzma-yuz oʻtirish imkoni"ni berish maqsadga muvofiq. Juft boʻlib yoki guruh boʻlib ishlaganda oʻquvchilar yuzma-yuz, ya’ni bir-birlariga qarab oʻtirishlari kerak. SHu holatda oʻzaro fikrlashib, bahslashib, qarorlar qabul qilishlari osonlashadi, birbirini eshitish, tinglash malakalari shakllanadi). Psixolog olima V.Karimova ishtirokchilarda mas’uliyat hissini uygʻotish, erkin muloqot olib borish va fikrlarini erkin bayon qilishga imkon beradigan oʻquvchilarning quyidagicha joylashuvlarini tavsiya etadi4. Bu holat “Men oʻyindaman” deb nomlanadi, doira shaklidagi stol atrofida joylashgan ishtirokchilar muammo yuzasidan erkin fikr almashadilar va munozaraga kirishadilar hamda teng munosabat oʻrnatiladi. Bunday holat oʻyin tarzida amalga oshadigan munozara uchun ham juda qulay. Bunday holatda “boshlovchi” yoki oʻqituvchiga barcha oʻquvchilar bilan muloqot qilishga va barcha oʻquvchilarning faol ishtirokini ta’minlashga imkon beradi.
“Men munozaradaman” deb ataluvchi holat toʻrtburchak stol atrofida uyushtiriladi bahs munozara uchun qulay. Unda ishtirokchilar oʻz fikrini erkin atash imkoniyatiga ega. Odatda bunday bahslar sinf xonasida oʻquvchilarning bunday joylashuvi bahs-munozara oʻtkazishda, “Mehmonspiker” metodidan foydalanishda hamda “Oʻqib koʻr-chi”, “Davom ettir”, “Sirli soʻz”, “Oʻyin-topishmoq”, “Pantamimo” oʻyinlarini oʻtkazish jarayonida barcha oʻquvchilarni faol ishtirok etishga undaydi.
“Men hamkorlikdaman” deb nomlangan holat koʻp sonli guruhlarda qoʻllash uchun qulay. Munozara ishtirokchilari toʻrt-besh kishidan boʻlib, alohida stollar atrofida oʻtiradilar va har bir guruh oʻz qarorini chiqaradi. Bu holat oʻquvchilarni kichik guruhlarga ajratib, alohida topshiriq beriladigan oʻyinlar (“Soʻz oʻyini”, “Jonli hikoya”, “Krossvord”, “Rebus” yoki “Klaster”, “Sindikat”) metodlarini qoʻllash uchun qulay hisoblanadi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qoʻllanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bogʻliqdir. Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat boʻlib, ularning har biri oʻz navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga boʻlinadi. Oʻquv-bilish faoliyatining tashkil etilishi, oʻquv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, oʻzlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qoʻllanilishini ta’minlash, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga koʻra ta’lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
verbal (oʻquv axborotlarni soʻz orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari yoki ogʻzaki metodlar – hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar);
Do'stlaringiz bilan baham: |