Kompetensiyaviy yondashuv. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar Reja: Kirish Asosiy qism



Download 426,89 Kb.
bet8/11
Sana18.01.2023
Hajmi426,89 Kb.
#900264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompetensiyaviy yondashuv. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar

1.2 LINGVISTIK KOMPETENSIYa
Grafika va orfografiya:

  • Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosining barcha harflari, tovush va harflar mutanosibligi; harflarni oʻqish va yozishning asosiy qoidalarini; bosh va kichik harflarni husnixat me’yorida yozishni; boʻgʻinlarga boʻlish, boʻgʻinlab oʻqish, boʻgʻin koʻchirish qoidalarini bilish va amalda qoʻllash.

Fonetika:

  • tovushlarni farqlay olish va toʻgʻri talaffuz qilish; soʻzlarning urgʻularini toʻgʻri qoʻyish, qisqa “i” tovushining qisqa aytilish oʻrinlarini oʻzlashtirish; spetsifik nutq tovushlarini toʻgʻri talaffuz qilish qoidalarini bilish; kommunikativ gap turlari (darak, soʻroq, buyruq gaplar)ga mos ohangdan toʻgʻri foydalana olish va amalda qoʻllash.

Leksika:

  • mavzuga oid faol soʻzlar: narsa-buyum otlari, rang bildiruvchi sifatlar, sanoq sonlar, kishilik, koʻrsatish va soʻroq olmoshlarini oʻzlashtirish va amalda qoʻllash.

Grammatika:

  • atoqli va turdosh otlar; kishilik, koʻrsatish, soʻroq olmoshlari; rang, shakl va sanoqni bildiruvchi soʻzlar, hajm, payt ma’nosini bildiruvchi soʻzlar; ot kesimli sodda gaplar, inkor, tasdiq va buyruqni ifodalovchi vositalar haqida dastlabki amaliy tushunchaga ega boʻlish, ularni ogʻzaki va yozma nutqda qoʻllash.

Til ta’limi tamoyillari va oʻzbek tilini oʻqitishda kompetensiyaviy yondashuv
Til nafaqat insonni, balki kishilik jamiyatini ham barpo etgan, uning taraqqiyotiga sabab boʻlgan va hozirgi kunda ham turli mamlakatlarni birbiriga bogʻlab turgan buyuk ne’mat, qudratli kuchdir. Shuning uchun tillarni oʻrganish, til ta’limining eng samarali intensiv metodlarini ishlab chiqish masalalariga hamisha katta e’tibor qaratib kelingan, til oʻqitish metodlari muntazam takomillashtirib borilgan.
Yondashuv, printsip, metod tushunchalari amaliyotda koʻpincha metod va usullar tushunchalari bilan almashtirib qoʻllanadi, ya’ni oʻqitishning printsipial yoʻnalishini belgilash uchun ham, dars berish metodi ma’nosida ham ishlatiladi. Til ta’limida oʻqitishning printsipial yoʻnalishi tamoyil yoki yondashuv, metod esa usul, uslub tarzida talqin qilinadi. Metodist-olim R.Yoʻldoshev fikricha, metod ta’lim maqsadiga eng qisqa yoʻl va qisqa vaqt ichida erishtiradigan usul yoki usullar majmuasidan iborat boʻlib, bir usuldan tashkil topganida ular tenglashadi, biroq metod usuldan keng tushunchaligicha qolaveradi. Yondashuv metodlar tizimi bilan ish koʻradi, demak, metod yondashuvdan kichik tushuncha sanaladi. Ushbu tushunchalarni farqlashda I.L.Bim tomonidan berilgan ta’rifni ma’qullaydi: “Metod – til oʻqitishning muayyan tarixiy davrda ta’lim maqsadi va ijtimoiy shartsharoitlariga muvofiqlashgan biror ustuvor gʻoya asosida birlashgan holda shu gʻoyani roʻyobga chiqarish uchun qaysi yoʻnalishdan va qaysi usullar bilan borish kerakligini koʻrsatuvchi printsiplarni joriy etishning umumlashgan modelidir”. 2 Bu oʻrinda, bizningcha, metod va metodika terminlarining aralashtirib yuborilgan. “Oʻzbek tilining izohli lugʻatida” ushbu tushunchalar quyidagicha izohlanadi:
“Metod (yunoncha methodis – tadqiqot usuli, yoʻli)

  1. Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli.

  2. Usul, uslub sifatida;

“Metodika (yunoncha methodika) - biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yigʻindisi, oʻqitish usullari haqidagi ta’limot” Metodik soʻzi esa metod va metodikaga xos, usuliy ma’nolarini bildiradi.
Metodologiya esa tadqiqot manbaini qanday tushunish, uni oʻrganishga qanday yondashish, qaysi usullarni qoʻllash, tadqiqot ob’ekti yuzasidan umumiy nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish haqidagi ta’limotdir.
Ta’lim metodi yoki usuli oʻqituvchi va oʻquvchilarning ta’lim jarayonidagi aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari boʻlib, u oʻquv materialini nazariy va amaliy jihatdan oʻzlashtirish yoʻllarini anglatadi. Oʻqitish metodlari ta’lim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatining qanday kechishi, oʻqitish jarayonini qanday tashkil etish, qay tarzda olib borish kerakligini belgilab beradi. Bugungi kun oʻqituvchisi har bir mashgʻulotga kirar ekan, har doim uning oldida darsni qanday tashkil etish kerak, qaysi didaktik materialdan qay tarzda foydalanish kerak, ushbu mavzuni oʻtishdan qaysi metodlardan foydalanish samarali boʻladi degan savol turadi. Darsda koʻzda tutilgan ta’limiytarbiyaviy maqsadlarga erishishda oʻqituvchining oʻz mutaxassisligi doirasidagi chuqur bilimi, intellektual salohiyatining oʻzi yetarli emas. Oʻqituvchi, shuningdek, oʻz tajribasi, oʻzgalar tajribasiga suyangan holda dars oʻtish metodlari ustida ham jiddiy bosh qotirishi kerak.
Demak, oʻquv faoliyati mazmunining toʻlaqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarining ahamiyati katta. Ular oʻquvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim va koʻnikma va malakalarini koʻrsatib berish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi. Oʻz navbatida oʻquvchilarning yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, dunyoqarashining koʻlami hamda ularning faolligi samarali, ilgʻor, noan’anaviy ta’lim shakli, metodi va vositalarini tanlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish uchun turtki boʻladi. Bunda, albatta, oʻqituvchining oʻrni nihoyatda katta, chunki, u DTS, oʻquv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qoʻllanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fanning oʻziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, oʻquvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishdan kelib chiqib, ta’lim metodlari va dars shakllarini oʻzi tanlaydi. Bunda oʻqituvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi, vaziyatni baholay olishi hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati muhim oʻrin tutadi.
Demak, metodlar oʻzining ob’ektiv va sub’ektiv jihatlariga boʻlib, uning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyil va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, oʻquv faoliyatining shakllariga xos boʻlgan umumiy jihatlar aks etsa, sub’ektiv jihatlariga pedagog shaxsi va ta’lim oluvchilarning oʻziga xos xususiyatlari konkret shart-sharoitlarga bogʻliq boʻladi.
Aytilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim metodi – oʻquv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yoʻnaltirilgan oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli boʻlsa, ta’lim metodikasi esa muayyan oʻquv predmetini oʻqitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini tavsiflaydi.
Soʻnggi oʻn yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “oʻqitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qoʻllanmoqda. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha boʻlib, u ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmunini anglatadi. Bunda ta’lim jarayoni avvaldan loyihalashtirilgan yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, aniq maqsadga erishish yoʻlida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish ifodalanadi.
“Texnologiya” yunoncha soʻz boʻlib, “techne” - mahorat, san’at hamda “logos” – tushuncha, ta’limot soʻzlarining birikmasidan hosil boʻlgan. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi esa lugʻaviy jihatdan (inglizcha “anedusational technologiya”) ta’lim (oʻqitish) jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya nazariyasi oʻtgan asrning ikkinchi yarimdan boshlab asoslanib kelinayotgan boʻlsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud:
“Pedagogik texnologiya” - bu “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedogogik tizim loyihasi”( V.P.Bespalko) 1
“topshiriqli yondashuv” (T.N.Ballo)
“bosqichli oʻqitish” (V. Zankov, T.Ya.Galperin, V.I.Davidov)
“mazmunli umumlashma” (G.K.Selevko)
“fan va amaliyot oraligʻida muayyan tamoyillarni olgʻa suruvchi metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qoʻllash kabi masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan mustaqil fan” (N.F. Talыzina)2.
“pedagogik texnologiya ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotining muayyan tarmogʻidir” (P.Mitchel)
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar majmuaviy uzviy bogʻliqlikdagi tizim boʻlib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan koʻnikma va malakalar oʻquvchilar tomonidan nazariy bilimlarni oʻzlashtirishga, ularda muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma’lum tartibga solingan toʻplami sifatida aks etadi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi oʻquvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Bunda ta’lim maqsadlarining belgilanishi, ya’ni ta’lim kimga va nima maqsadda berilishi, mazmunni tanlash va ishlab chiqish, ya’ni nimani berish, ta’lim jarayonlarini qay tarzda tashkil qilish, ta’lim metodi va vositalarini aniq belgilab olish, ya’ni qanday vositalar yordamida ta’lim berish, shuningdek, oʻqituvchilar malakasi darajasi, ya’ni kim ta’lim berishi, erishilgan natijalarni qanday yoʻl bilan baholash metodlari markaziy oʻrinni egallaydi.
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, koʻnikma va malakalar, tashkil etilayotgan darslarning shakli, qoʻllanilayotgan metodlar va metodik usullarning xususiyatiga bogʻliq.
Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega boʻlib, oʻqituvchi va oʻquvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi oʻqituvchi ta’lim jarayonining toʻgʻri tashkil etilishi, ta’lim maqsadlarining toʻgʻri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta’lim jarayoni oʻqituvchining toʻliq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan notoʻgʻri fikrning tugʻilishiga asos boʻla olmaydi. Ta’lim jarayoni oʻquvchilarning fan asoslarini oʻzlashtirishlariga oid mexanizmgina boʻlib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim. Hozirgi davr talabi oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Hamkorlik xarakteriga koʻra metodlar:

Download 426,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish