Kompetensiyalar



Download 1,72 Mb.
bet154/177
Sana01.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#624814
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2)

III.Yangi mavzu bayoni:
Davlatning hududi kengayib borgani sayin shaharlar ham ko‘paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. Shaharlarda ko‘plab chiroyli jamoat va turar joy binolari, ibodatxonalar, hammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo‘lgan. Ko‘pchilik odamlar 2–3 qavatli binolarda istiqomat qilgan. Badavlat odamlar esa o‘zlariga koshona qurib olar edilar. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo‘lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar – shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. Shohona bo‘lgan uy-joylar – villalar devorlarini freskalar – xom suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turgan. Har bir shahar markazidagi Forumda bozor maydoni, xalq yig‘ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo‘lgan. Suv shaharga bir necha qavatli ko‘prikka o‘xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelgan. Rim bozorlarida katta tovar bo‘lmish qullarga talab ko‘p edi. Har bir shaharning qullar sotiladigan bozorlari bo‘lgan. Odamlar kiyib yuradigan liboslari ularning jamiyatdagi mavqeini bildirgan. Masalan, o‘g‘il bolalar 14 yoshga to‘lgunga qadar pushti yo‘llik toga kiyishgan. 14 yoshga kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va oppoq toga kiya boshlar edilar. Xuddi shunday harir togani senatorlar ham kiyishgan. Rimlik ayollar turli rangdagi ko‘ylaklar kiyib, bosh va yelkalariga ro‘mol tashlab yurganlar.
Kundalik hayotda rimliklar o‘z xudolariga madad va homiylik istab murojaat etishardi. Xudolar uchun ulug‘vor ibodatxonalar barpo etilgan. Rimliklar xudolarining ko‘pchiligi yunonlar xudolarini esga soladi.
Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar xudolarga qurbonliklar bag‘ishlar edilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Masalan, jangda mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jahlini chiqardik, degan xayolga borishgan. Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter Rim davla tining homiysi bo‘lgan. Rimda xudo larga sig‘inish keng tarqalgan. Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Morfey, ov xudosi Diana, olov va temirchilik xudosi Vulqon, bahor va sevgi xudosi Venera, may xudosi Baxus, sudlov ilohasi ustitsiya, taqdir ilohasi esa Fortuna hisoblangan. Ibodatxonada Rimning bosh xudosi Yupiterning ulkan haykali o‘rnatilgan. Ibodatxona yonida altar – qurbonlik baxshida etiladigan ko‘tarma joy bo‘lgan. Odatda ho‘kizlar, qo‘ylar, cho‘chqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan.
Diniy marosimlar qat’iy belgilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan. Marosimlar o‘tkazilishi ustidan kohinlar – pontifi klar – Rim ruhoniylari nazorat qilishgan. Ular bayramlar taqvimi, marosimlar antanalari tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylardan jamlangan pontifi klar hay’atiga
Buyuk pontifi k rahbarlik qilgan. Buyuk pontifik xudolar bilan maslahatlashib, xulosa beradi, deb hisob lashgan. Rimliklar barcha muhim ishlarni fol ochishdan boshlashgan. Fol ochish kohinlar – avgurlar
yordamida amalga oshirilgan. Avgurlar qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, akssadoga va hokazolarga qarab fol ochar, alomatlar ko‘ngildagidek bo‘lmasa, ishlar ma’lum muddatga kechiktirilar edi. Xonadon o‘chog‘i ilohasi Vesta ibodatxonasida muqaddas olov saqlangan. Muqaddas olovni saqlash ayol kohinalar vestalkalar majburiyatlari sirasiga kirardi. Olov yonib turar ekan, hayot mavjuddir, deya hisoblashgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish