Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/177
Sana18.07.2021
Hajmi4,48 Mb.
#122828
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177
Bog'liq
internet tarmoqlari maruza matni

Nazorat savollari 
1.  Internet Explorerning oynasi. 
2.  Brouzerlar nima? 
3.  Internetda ma‟lumotlarni qidirish qanday amalga oshiriladi? 
4.  Elektron pochtaning imkoniyatlari qanday?. 
 
 


 
183 
 
20-ma‟ruza: 
World Wide Web(WWW) servisi – yagona axborot muhitida tarmoq 
resurslarining gipermatnli tizimi integratsiyasi 
 
Reja: 
1.  WWW xizmati 
2.  Telekonferensiya xizmati 
3.  “Butunjahon O‟rgimchak to‟ri” ning ishlashi haqida. 
Tayanch so‟zlar: internet xizmatlari, gipermatnli hujjat, uzoqdan bog‘lanish, 
butunjahon o‘rgimchak to‘ri, katalog. 
 
Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular 
quyidagilardan iborat: 
WWW — grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli 
hujjatlarni ko'rish va topish; 
telnet — kompyuterga uzoqdan bog'lanish; 
ftp — fayllarni uzatish; 
e-mail — xabarlarni uzatish; 
usenet — elektron e‘lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; 
gopher — matnli hujjatlarni ko'rish va topish. 
WWW — Intemetning eng ommabop xizmat turi. Unga ulanish uchun kompyuter 
bilan modem yetarlidir. Shu tufayli butun dunyo tarmog'i butun olam axborotlar 
ombori — kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWW da 
ma‘lumotlar sahifalarda joylanadi. 


 
184 
 
WWW sahifalari soni so'nggi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar 
egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va 
maktablar, tashkilotlar, jurnal va ro‗znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu 
sahifalarda turli tuman ma‘lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot 
olishning va tarqatishning eng qulay usulidir. 
World Wide Web xizmati(WWW). Bu xizmatni, odatda, Internet bilan 
tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati — bu Intemetning ko‗p tarmoqli 
xizmatlaridan biridir. 
World Wide Web — Web serverlarda saqlanayotgan va o‗zaro bog‗langan 
millionlab elektron hujjatlarning yagona ma‘lumotlar fazosi. 
Web fazolar(пространство Web)ning alohida olingan hujjatlari Web sahifalar 
(Web страницы) deb yuritiladi. Web sahifalarning ma‘lum mavzuga 
birlashtirilgan guruhlarini Web tugunlar(Web узел) yoki Web sayt yohud oddiy 
sayt deb yuritiladi. Bitta Web server yetarli darajada ko'p saytlarni o‗zida 
mujassamlashtirishi mumkin. Ularning har biriga, odatda, serverning qattiq diskida 
alohida katalog ajratiladi. 
Terminalli rejim. Tarixan kompyuterni masofadan turib boshqarish xizmati 
Telnet bilan bog'liq. Masofadagi kompyuter ishini kerakli protokol xizmati orqali 
boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb yuritiladi. Internetda 
Telnetdan texnik obyektlarni, masalan, «teleskop», «videokamera», sanoatdagi 
robotlarni masofadan turib boshqarishda foydalaniladi. 
Elektron pochta(E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan 
hisoblanadi. Internetda uni ta‘minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi. 
Shu narsaga e‘tiborni qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan 
kompyuter tushunilmaydi. Bu yerda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy 
ta‘minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, 
Internetda bitta kompyuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini 
bajarishi mumkin. Pochtali serverlar mijozlardan ma‘lumotlar oladi va ularni 


 
185 
 
adresli serverlarga zanjir bo'ylab uzatadi. Ular adresli serverlar bilan aloqa 
bog'laganda avtomatik ravishda ma‘lumotlar adresli kompyuterga uzatiladi. 
Pochta xizmati SMTP va POP3 ko'rinishidagi ikkita amaliy protokolga 
asoslangan. Birinchi protokol yordamida axborot kompyuterdan serverga uzatiladi, 
ikkinchisi orqali qabul qilinadi. Kliyentning har xil ko'rinishdagi elektron pochtali 
dasturlari mavjud. Masalan, Windows98 operatsion tizimida ishlaydigan Microsoft 
Outlook Express va bundan kuchliroq bo'lgan Microsoft Outlook2000 elektron 
pochta xizmati hamda boshqa ish yuritish vositalariga ega bo'lgan dasturlar ham 
mavjud. 
Tarqatish ro‗yxatlari(Spiski rassilki) (Mail List). Odatda, elektron pochta 
ikkita hamkorning o'zaro aloqasini ta‘minlovchi vosita sifatida qo'llaniladi. Agar 
xabar uzatilayotgan hamkor bo'lmasa, u holda ma‘lumotlar oqimining adresi 
tarqatish ro'yxatiga kiritiladi. Bu maxsus mavzuli serverlar bo'lib, ular aniq bir 
mavzu bo'yicha ma‘lumotlarni yig'adi va obunachilarga ushbu ma‘lumotlarni 
elektron aloqa xizmatining xabari tariqasida jo'natadi. Tarqatish ro'yxatining 
mavzusi ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Masalan, chet tilini o'rganish, ilmiy texnik 
sharh, hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari haqidagi ma‘lumotlar. 

Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish