Pedagogikaning ilmiy taqdqiqiot metodi
Pedagogika o 'z tadqiqot ob'yektiga va tadqiqot m etodlariga ega. Ilmiy tadqiqot metodi pedagogika fanini takom illashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to 'g 'ri hal etish yo'llarini aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan bog'liq holda o'rganiladi. Miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishiga o'tish daqiqalarida kuzatiladi.
Adabiyotlar bilan ishlash metodi
Pedagogik m uam molarni tadqiq etish adabiyotlarni o'rganishdan boshlanadi. O‘rganiladigan hujjatlar va m anbalarga xalq m aoriilga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika faniga oid bo'lgan tarixiypedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o ’quv metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o'rganish metodi muammolarning qavsi jihatlari yaxshi yoritilganligini va qaysi masalalar hal etilmagani bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiva, konspektlashtirish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi usullardan biri tanlab olinadi.
Bibliografiya-bu hal etilishi lozim bo'lgan muam moni tadqiq etish jarayonida zarur bo'lgan adabiyotlar ro’yxati. Adabiy manbalar bilan ishlash aniq ma’lum otlarni bibliografiyada tuzish yo'li bilan rasmiylashtirishni talab etadi. Bunda ma’lum otlar muallifning ismsharifi, asarning nomi, nashriyoi nomi (maqolalar uchun jurnal va gazetalarning nomi). manzili va nashr etilgan yili ko'rsatiladi.
Ilg‘or tajribalarni o'rganish metodi
Pedagogikaning ta ’lim tarbiya sohasida orttirilgan ko'pgina muammolarini hal etishda ilg 'or tajribalarni o'rganish muhim ahamiyatga ega. Ilg'or o'qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o'qituvchilarning faoliyatlari ham o'rganib boriladi. Chunki tajribalarni o'rganish jarayonida muammo, yutuq va kam chiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o'rganishda kuzatish. intervyu olish, anketalar joriy etiladi, tarqatish, o'quvchilarning yozm a va ijodiy ishlari, pedagogik hujjatiarni o'rganish metodlaridan foydalaniladi.
Kuzatish-o‘rganish lozim bo'lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish ob'yektiga oid bo'lgan aniq material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.
Suhbat -ma'lum otlar to'plash yoki kuzatish davomida to'plangan materiallarga
aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo'llaniladi.
Anketalar tarqatish. Bu ommaviy ravishda material to'plash maqsadida anketalar tarqatish yo'li bilan amalga oshiriladi. Tadqiqot uchun muhim bo'lmagan materiallar o'quvchilarning yozma va bir qancha fanlar bo'yicha berilgan mustaqil ishlarni bajarganligini tekshirish va o'rganib chiqish orqali am alga oshirish mumkin.
M aktab hujjatlarini о`rganish-o'quvchilarning kasbiy varaqalari, metodistning to'plagan ma’lumotlari, sinf jurnallari, kundaliklar, yig'ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta’lim tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida ob'yektiv axborot manbayi hisoblanadi.
Pedagogik hodisalarni tadqiq qilish jarayonida eksperiment (sinov) muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus tashkil etilgan eksperiment qo'llanilayotgan yoki qo'llanishi mumkin bo'lgan u yoki bu metod va usullar sam aradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Matematik metod. Bu metod ommaviy materiallarni taxlil qilishda (masalan, anketalar tarqatish yo'li bilan to'plangan materiallarni yoki ma’lumotlarni umumlashtirish uchun) qo'llaniladi. U eksperiment natijalarining aniq baholanishini, xulosalarning ishonchli bo'lishini ta'minlaydi.
Tadqiqot natijalari va ularni am alda tatbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo’llar bilan am alga oshirilishi m um kin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo'yicha ma'ruzalar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o'qituvchiga mo'ljallangan metodik tavsiyalar bo'lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo'li bilan hal etiladi.
Xulosa
Ushbu Mustaqil ishni bajarish mobaynida ko`plab bilimlarni egalladim. Har bir inson jamiyatning bir bo`g`ini ekanligini yana bir bor anglab yettim. Shunday ekan nega biz har kimga uning qobilyatidan kelib chiqib e`tibir bermasligimiz, mehr bermasligimiz va ta`lim bermasligimiz kerak. Hammaning ham qabul qilish qobiliyai bir xil emaski, ommaga gapirsak hamma tushunib ketsa. Shunday insonlar borki , Alloh tomonidan nuqsonli qilingan. Bunday insonlarni normal insonlar bilan birlashtirib ta`limberish no`to`gri ishdir. Ular uchun alohida o`quv dasturi ishlab chiqilishi, bog`chalar , maktablar, va Universitetlar ochilishi kerak. Agarda biz jamiyatning har bir bo`g`inin mustahkam qilsak, jamiyat mustahkam bo`ladi.Shundagini har xil g`oyaviy hurujlardan, himoyalanishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari
Pedagogika. O‘. M. A sqarova, M. Xayitboyev, M. S. Nishonov
X. Ibragimov, SH. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). Т., «Fan va texnologiya»
https://jspi.uz/
https://arm.tdpushf.uz/
https://n.ziyouz.com/
Do'stlaringiz bilan baham: |