Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muso al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Download 351,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana11.12.2022
Hajmi351,21 Kb.
#883418
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mustaqil ish Elektr kattaliklar.



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 
VAZIRLIGI MUSO AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI URGANCH FILIALI 963/21-guruh 
 
 
Elektronika va sxemalar 1 kafedrasi 
Elektronika va sxemalar 1 fanidan 
 
 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu: Elektr kattaliklar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: Asanov. A 
Tekshirdi: Nurullaev. E 
 
 
 
 
Urganch - 2022 


Reja: 
I.
 
Kirish 
II.
 
Asosiy qism 
1.
 
Asosiy elektr kattaliklar: tok kuchi, kuchlanish, quvvat 
2.
 
Elektr toki
3.
 
Kuchlanish 
III.Yakuniy qism 
1.
 
Xulosa 
2.
 
Foydalangan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish. 
Elektr
(lotincha: 
electricus
) — elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri 
bilan bogʻliq hodisalar majmui. Miloddan avvalgi 8-asrda yunon faylasufi F. Miletskiy jun 
matoga ishqalangan ebonit parchasi momiq va boshqalar yengil buyumlarni oʻziga tortish 
xususiyatiga ega boʻlib qolishini taʼkidlagan. Oradan ancha vaqt oʻtgach, 1600-yilda ingliz 
vrachi U. Gilbert ipakka ishqalangan shisha va bir qator boshqa moddalar ham shunday 
xossaga ega boʻlishini aniqlagan va "E". terminini qoʻllagan. Ishqalanish natijasida yengil 
jismlarni oʻziga tortadigan jismlarni elektrlangan yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan 
jismlar deb yuritildi. Faqat 18-asrga kelib E. hodisalari tez surʼatlar bilan oʻrganildi. E. 
haqidagi taʼlimot taraqqiyotini 3 bosqichga ajratish mumkin: 1) tajriba dalillarining 
toʻplanishi va asosiy tushunchalar, qonunlarni aniqlash davri (miloddan avvalgi 8-asr, 19-
asr oʻrtalari); 2) elektromagnit maydon haqidagi taʼlimotning shakllanish davri (19-asr 
ikkinchi yarmi); 3) E. atomistik nazariyasining shakllanish davri (19-asr oxiri 20-asr 
boshlari). 
Taʼlimotning birinchi davridagi E. hodisalarining asosiylari quyidagilar. Ingliz fizigi 
S. Grey ayrim jismlarning E. oʻtkazuvchanlik xususiyatlarini ochib, tabiatdagi barcha 
jismlarning oʻtkazgichlar va izolyatorlarta boʻlinishini aniqladi (1727). Fransuz fizigi Sh. 
Dyufe va amerikalik olim B. Franklin E. zaryadlarning 2 turi mavjudligini aniqlashdi. 
Zaryadlarning ebonitda hosil boʻlgani manfiy, shishada hosil boʻlgani musbat ishorali deb 
olingan. Olimlar bu zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishini (bir xil ishorali zaryadlarning bir-
biridan itarilishini, har xil ishorali zaryadlar oʻzaro tortishishini) aniqlashgan (1747—53). 
Ingliz fizigi va kimyogari G. Kavendish (1773) hamda fransuz fizigi Sh. Kulon (1785) 
zaryadlarning oʻzaro taʼsir qonunini kashf etishdi. 
18-asr oʻrtalarida atmosferadagi E.ni, E. uchquni, E. razryadning biologik va 
fiziologik taʼsirini oʻrganish rivojlandi. Nemis olimi E.G.Kleyst va golland fizigi P. Mushen 
Bruk tomonidan leyden bankasining kashf etilishi (1745—46) E. hodisalarini va uning 
fiziologik taʼsirini oʻrganishga keng yoʻl ochib berdi. B. Franklin, rus olimlari M. 
Lomonosov va G. Rixmanlar tomonidan chaqmoqning elektr tabiati isbotlandi, uning E. 
nazariyasi yaratildi (1750—53). Akad. F. U. Epinus elektrostatik induksiya va zaryadlarning 
oʻtkazgich sirtida bir tekis taqsimlanmasligi hodisalari bilan shugʻullanib (1750), E. 
zaryadning saqlanish qonuni haqidagi oʻz fikrlarini aytdi. Italyan fiziklari L. Galʼvani 
(1786) va A. Volʼta (1792) tomonidan tajribalar asosida kontakt E. hodisalari oʻrganilib 
E.ning kimyoviy va kontakt manbalari kashf qilinganidan soʻng oʻzgarmas tok hosil boʻlishi 
namoyish qilindi, oʻzgarmas tokning taʼsirini jadal oʻrganish boshlandi va E.ni amaliy 
qoʻllashga birinchi urinishlar boʻldi. Rus fizigi V.V. Petrov elektr yoyni kashf etdi (1802), 
E.dan yoritish va metallarni pechlarda eritishda foydalanish mumkinligini koʻrsatdi. A. 
Volta kontakt potensiallar ayirmasi qonunini ochdi (1795). Nemis fizigi G. Om tok kuchi 
oʻtkazgichning uzunligiga, koʻndalang kesimiga va galvanik elementlar soniga bogʻliq 
ekanligini tajribada aniqladi (1820).


Ingliz fizigi J. Joul (1841) va rus fizigi E. X. Lens (1842) birbiridan bexabar tok 
oʻtganda oʻtkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini aniqlaydigan qonunni 
(qarang Joul — Lens konuni) kashf etdilar. Daniyalik fizik X. Ersted elektr tokining magnit 
miliga taʼsir koʻrsatishini kashf qilish bilan (1820) E. nazariyasida yangi bosqich — tokning 
magnit xossalari haqidagi taʼlimotni boshlab berdi. Fransuz fizigi, matematigi va kimyogari 
A. Amper oʻzgarmas toklarning oʻzaro taʼsirini oʻrganib, ikki elementar tokning oʻzaro 
taʼsir kuchlari toklar koʻpaytmasiga toʻgʻri mutanosib (proporsional)ligini aniqladi (1820) 
(qarang Amper konuni). Fransuz fiziklari J. Bio, F. Savar va P. Laplas tok hosil qilgan 
magnit maydon kuchlanganligini aniqlaydigan qonunni kashf etdilar (1820). Shunday qilib, 
ham doimiy magnit, ham elektr toki magnit maydoni manbai boʻlishi mumkinligi isbotlandi. 
Doimiy magnit maydoni tokli solenoidning magnit maydoniga oʻxshashligidan, Amper 
doimiy magnitlarning xossalariga, umuman jismlarning magnitlanib qolishiga ularda 
mavjud boʻlgan elementlar aylanma toklar — molekulyar toklar sabab boʻladi, degan 
gipotezani ilgari surdi.
20-asr boshida atom tuzilishiga oid kashfiyotlar natijasida atomlardagi 
elektronlarning yadro atrofidagi aylanma haraKatlari tufayli molekulyar toklar hosil boʻlishi 
aniqlandi. X. Ersted va A. Amperning katta mehnatlaridan soʻng magnetizm E. haqidagi 
taʼlimotning tarkibiy qismi boʻlib qoldi. Shu davrga kelib, ingliz fizigi M. Faradeyning ilmiy 
faoliyati boshlandi. Ayniqsa, uning 2 kashfiyoti: elektromagnit induksiya hodisasi (1831) 
va elektroliz qonunlari (1834) fizika tarixida muhim ahamiyatga ega. Faradey bu 
kashfiyotlari bilan E.ning koʻp texnik qoʻllanishiga nazariy asos yaratdi. E. X. Lens 
induksiyalangan elektr tokining yoʻnalishini aniqlashning umumiy qoidasini aniqladi (1833) 
(qarang Lens qoidasi). M. Faradey oʻz ishlarida elektr va magnit maydonlari tushunchalarini 
kiritdi, maydonning oʻzgarishi va atrof muhitga tarqalishida shu moddiy muhitning 
xususiyatlari asosiy ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. M. Faradeyning elektroliz 
qonunlari elektrokimyoning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshdi va E. zaryadlarining diskret 
ekanligi toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soldi. 



Download 351,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish