yangi mijozlar tomonidan tovar xarid qilinishini oshirish va mavjud mijozlar iste’mol hissasini ko‘paytirish maqsadiga qaratilgan ichki faoliyat;
tovar harakatlanishidagi marketing texnologiyasi bo‘lib, bunda mijozlarga odatda qoidaga ko‘ra vaqtinchalik tartibda bir qator bevosita va bilvosita afzallik va ustunliklar havola etiladi.
bu ish tovarlar va xizmatlarni xaridorlar uchun yanada jozibali ko‘rinishda havola etish maqsadida amalga oshiriladi;
savdo joylarida amalga oshiriladigan reklama tadbirlari, maxsus rejalari odatda cheklangan vaqt doirasida mo‘ljallab ishlab chiqiladi;
tovarlar yoki xizmatlarni sotish uchun reklamadan foydalangan holda yoki foydalanmasdan ishlab chiqilgan maxsus marketing texnologiyasi.
Yuqorida keltirilgan tariflardan qaysi biri kompaniyalarning bugungi rejalariga muvofiq kelish-kelmasligidan qat’iy nazar mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha sxemalarning muayyan elementlari aynan bir narsa ekanligi ma’lum. Bu – tekin turli rangdagi ruchkalardan tortib aviachiptalargacha qimmatli sovg‘alarni tarqatish. Sovg‘aning reklama qimmatdorligi uning puldagi qiymatini, dizayn, emotsional idrok etish kabi uchala omilni bir vaqtda shakllantirishi mumkin. Bugungi kunda mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlan- tirishda qo‘llanayotgan eng ommabop texnologiyalar quyidagilardir:
– mos keluvchi qadoqlangan tovarlar;
qadoqdan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing;
sotuvni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar;
o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketuvchi yutuqlar.
Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha marketing tadbirlari yig‘indisi marketing kommunikatsiyalari majmuyi, deb ham yuritiladi. Aniq marketing kompaniyalari ehtiyojlarga muvofiq birga- likda foydalanish uchun tanlab olingan vositalar, texnologiyalar va faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kirishi mumkin, jumladan: