Ochiq-ravshanlik; O‘z vaqtidalik; Mahalliy bozorni qamrab olishning yuqori darajasi; yuqori tan olinish;
ishonchning yuqori darajadaligi
Muddati uzoq emas; bosma sifati pastligi; uncha katta bo‘lmagan ikkilamchi auditoriya
Televilenie
Harakatlanuvchi tasvir va ovozning hamohangligi; bevosita tuyg‘ularga murojaat qilinishi; diqqat-e’tibor- ning yuqori darajasi; qamrab olish
darajasi yuqoriligi
Yuqori mutlaq qiymat; efirning reklama bilan to‘lib ketgani; kontaktning qisqa muddatliligi; auditoriyani tanlash darajasi
yuqori emasligi
To‘qridan to‘g‘ri pochta reklamasi
Auditoriyani tanlash imkoniyati, ochiq-ravshanlik, bir tashuvchiga
nisbatan raqobatning yo‘qligi, manzilli xarakterga egaligi
Nisbatan yuqori qiymat;
«makulatura»ga aylanish xavfi
Radio
Ommaviylik, geografik va demografik belgilari bo‘yicha tanlash darajasi yuqoriligi!
Axborotlarni faqat ovozli berilishi; televidiniyega nisbatan kam jalb etuvchanligi; standart tariflar yo‘qligi; kontaktning
qisqa muddatliligi
Jurnallar
Geografik va demografik belgilariga ko‘ra kashfiyotchilik darajasi yuqoriligi; ishonch va istiqbol; yuqori sifatli bosma nashr; uzoq muddat «yashashi»; katta
ikkilamchi auditoriya
Reklama maydonini sotib olish va reklamaning chiqishi orasidagi tanaffusning kattaligi; talabga ega bo‘lmagan tirajda yo‘qolib ketish; kafolatlangan
joylashtirishning yo‘qligi
Tashqi reklama
Ochiqlik; takroriy kontaktlarning yuqori ko‘rsatkichi; qiymati
pastligi; raqobat yuqori emasligi
Auditoriyaga nisbatn cheklangan tanlov, ijobiy cheklanganlik
Telefon ma’lumotlari
Mahalliy bozorni qamrab olishning eng yuqori darajasi; yuqori
darajadagi ishonch; past qiymat; auditoriyani keng qamrab olinishi
Yuqori raqobat reklama maydonini sotib olish va reklama
chiqishi orasidagi katta tanaffus; ijodiy cheklov
Axborot byulleteni
Auditoriyalarga nisbatan o‘ta yuqori tanlov; to‘liq nazorat; interfaol imkoniyatlar; nisbatan past
qiymat
Xarajatlar nazoratdan tashqariga chiqib ketishi (nazoratsiz qolishi) mumkin
Reklama risolalari
Ochiqlik; to‘la nazorat; reklama murojaatini kuchaytirishga qodirlik
Qayta ishlab chiqarish xarajatlar ortib ketishiga olib kelishi
mumkin
Telefon
Foydalanuvchilar ko‘pligi; individual kontakt o‘rnatish
mumkinligi
Nisbatan yuqori qiymat (agar ko‘ngillilar jalb etilmasa)
Internet
Auditoriyaga nisbatan tanlash imkoniyati yuqoriligi; interfaol
kontakt imkoniyati bor; nisbatan narxi arzon
Axborotlarning nisbatan yangi vositasi, shuning uchun ayrim
mamlakatlarda foydalanuvchilar soni kam
Noan’anaviy medianing bosh yutug‘i, ularning maqsadli auditoriya- ga o‘ta aniq chiqish imkonini berishidir, bunda vaziyatdan kelib chiqib, aloqa bo‘ladigan auditoriya «asirga olingan» bo‘lib, ushbu qamrab olish iqtisodiy nuqtayi nazardan qisman samarali bo‘ladi. Xabarlar sodda va to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Har qanday marketing strategiyasining, shu jumladan, «muqobil»ini ham baholash u marka kapitaliga bevosita yoki bilvosita qo‘yilmalar kiritishiga qarab amalga oshiriladi.
Aniq reklama tashuvchini tanlash.Tanlab olingan axborot vosita- larining har birida media rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis iqtisodiy jihatdan eng samarali reklama tashuvchilarni tanlab olishi, bunda auditoriya kattaligi va tarkibini, reklama murojaatlarini joylashtirish qiymatni tahlil qiladigan maxsus tadqiqot xizmatlari ma’lumotlariga suyanishlari kerak. Auditoriya kattaligini hisob-kitob qilish uchun auditoriya adadi (reklama tashuvchi jismoniy birliklar soni), auditoriya (reklama tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan odamlar soni, agar bosma reklama vositasida ikkilamchi o‘quvchilar bo‘lsa, auditoriya adadni ko‘paytiradi); samarali auditoriya (reklama tashuvchilar bilan aloqada bo‘luvchi va potensial xaridorlar tasniflariga ega bo‘lgan va reklama tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan odamlar soni) va haqiqiy auditoriyadan (haqiqatan ham reklamali e’lonlarni ko‘rgan potensial xaridorlar soni) foydalaniladi.
Bozorga yangi tovar chiqarishda reklama beruvchida reklamalarni uzluksiz, konsentratsiyalanuvchi, davriy va uzilib qoladigan variantlardan birini tanlash muammosi paydo bo‘ladi. Uzluksizlikka qandaydir vaqt davomida reklama murojaatini bir tekis joylashtira olish bilan erishiladi. Qoidaga ko‘ra reklama beruvchilar tez-tez sotib olinadigan tovarlar bilan bozorni kengaytirish kerak bo‘lganda va xaridorlarning aniq belgilangan toifasini jalb etish uchun uzluksiz reklamadan foydalanadilar. Konsentratsiya hamma reklama budjetidan cheklangan davr mobaynida foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday tartib realizatsiya muddati bitta mavsum yoki qandaydir sana (odatda, bayramlar) bilan cheklangan tovarlar reklamasi uchun maqbul. Davriy reklama e’lonlarini mavsumiy uzilish bo‘ladigan ayrim davr davomida joylashtirishni bildiradi, mavsum yangilangach, reklama ham yangilanadi. Bunday sxemadan cheklangan reklama budjetida, xaridning kamdan kam siklida, mavsumiy tovarlarni reklama qilishda foyda- laniladi. Uzilib turuvchi reklama – bu muomalaga past va yuqori faollikda, navbat bilan chiqadigan tovarlarni reklama qilish.
Reklama budjetini ishlab chiqish – reklama kompaniyasining maq- sadlarini, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari, raqobatchilarning reklama xarajatlari, tarmoqdagi umumiy xarajatlar va hokazolarni hisobga olishga asoslangan turli xil yondashuvlarni qo‘llash bilan amalga oshirilishi mumkin. Biroq har qanday usul axborotga, ya’ni mahsulot (uning xususiyatlari va potensial mijozlarning ehtiyojlariga mos kelishi), bozor va uning segmentlari, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishning turli usullari va imkoniyatlari bilan bog‘liq holda uning xatti-harakatlari, bozorda talabning o‘zgarish tendensiyalari haqidagi axborotlarga asoslanadi. Reklama budjetini ishlab chiqishning ko‘pgina usullaridan eng yaxshi qo‘llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: qoldiq budjet usuli, sotilishlar summasidan foizlarda hisob-kitob qilish usuli, raqobatli paritet usuli, maqsad va vaziflar asosida hisob-kitob qilish usuli va boshqalar.