Komissiyasi rayosatining qarori ilmiy unvonlar berish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Attestatlarni rasmiylashtirish va berish



Download 206,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana31.01.2022
Hajmi206,84 Kb.
#419709
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2793-сон 03.06.2016. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

6-bob. Attestatlarni rasmiylashtirish va berish
38. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran
kuchga kiradi va bir oy muddatda attestat rasmiylashtiriladi.
39. Attestat yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, manfaatdor shaxslarning arizasiga
muvofiq, OAK tomonidan uning dublikati beriladi.
Ilmiy unvon berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgargan taqdirda, uning
talabi asosida attestat yangisiga almashtirib beriladi.
7-bob. Ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash


Oldingi
 tahrirga qarang.
40. Attestatsiya ishi ekspertizadan noxolis o‘tkazilganda shaxs OAK Rayosatining qarori
asosida ilmiy unvondan mahrum etilishi mumkin.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
41. Shaxsni ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash bo‘yicha OAKga yoki tegishli
Kengashga murojaat qilinadi. Bunda manfaatdor shaxslar tegishli dalillar (hujjatlar)ni o‘z
murojaatiga ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Bunday masala bilan OAKga murojaat qilinganida, taqdim etilgan dalillar OAKning tegishli
ekspert kengashi tomonidan muhokama qilinib, masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli Kengashga
yuboriladi.
42. Kengash tomonidan Kengash a’zolari orasidan uch kishilik tarkibda komissiya tuziladi.
Ushbu masala bir oy ichida komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va Kengashning tegishli qaror
loyihasi tayyorlanib, Kengash majlisida ko‘rib chiqiladi.
Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda
vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisi ilmiy unvondan mahrum etilayotgan shaxs ishtirokida
o‘tkaziladi. Shaxs bu haqda majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin ogohlantirilishi shart. Agar
shaxs majlisga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoki majlisga kelishdan bosh tortsa, Kengash
tomonidan uning ishtirokisiz majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur shaxs uzrli
sabablarga ko‘ra majlisga kela olmasligi haqida oldindan xabar qilganida, Kengash majlisi boshqa
kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi. Zarur hollarda, boshqa mutaxassislar Kengash majlisiga taklif
etilishi mumkin.
43. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarori yashirin
ovoz berishda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab
ovoz berilgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Kengash tomonidan Kengash qarori, Kengash majlisi bayonnomasi hamda tegishli hujjatlar
rasmiylashtirilib, 10 kun ichida OAKga yuboriladi.
44. Kengash tomonidan taqdim etilgan hujjatlar OAKning tegishli ekspert kengashida
muhokama qilinadi va tegishli tavsiya qabul qilinadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish
yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarori hamda OAKning tegishli ekspert kengashining tavsiyasi OAK
Rayosatida ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.
45. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish to‘g‘risidagi qarori o‘n yil oldin qabul qilingan bo‘lsa,
ilmiy unvondan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
46. Kengash murojaatnomasiga asosan, ilmiy unvondan mahrum etilgan shaxsning ilmiy
unvoni ushbu Kengashning murojaatnomasiga muvofiq, OAK Rayosati qarori bilan tiklanishi
mumkin.

Download 206,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish