Komil inson tarbiyasi sharq mutafakkirlari talqinida


Erkin iqtisodiy zonalar mamlakat iqtisodi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi



Download 1,13 Mb.
bet33/110
Sana26.08.2021
Hajmi1,13 Mb.
#155790
TuriReferat
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Bog'liq
Komil inson tarbiyasi sharq mutafakkirlari talqinida

Erkin iqtisodiy zonalar mamlakat iqtisodi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi


 23.05.2019, 10:41

O‘tgan davrda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, shu orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Investorlar huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, umuman barcha jabhalarda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratildi.

Albatta, investitsiyalarni jalb qilishda, invstorlar uchun qulay muhit, shart–sharoit yaratishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyati muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumki, 1996 yilda “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun erkin iqtisodiy zonalarning maqomi, tashkil etish tartibi, yuridik shaxslarning huquq va manfaatlari kafolatini, ushbu zonalarda bojxona, valyuta, soliq tartibotlari va boshqa muhim qoidalarni belgilab berdi.

2008 yil 2 dekabrda Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat bilan EIZ faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona va soliq rejimlari, O‘zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo‘lish va chiqib ketishning, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyunda qabul qilingan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan EIZ ga qo‘shimcha 81.4 gektar yer maydoni qo‘shib berildi.

Yaqindagina, 2019 yil 15 mayda Prezidentimizning “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tadbirkorlik va yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish, shuningdek, Navoiy viloyati hududida mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni tashkil etishga qaratilgan katta qadam bo‘ldi.

Farmon bilan Navoiy viloyatining hududiy chegaralari ichida innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirayotgan korxonalarga, hududda mavjud bo‘lgan yoki yengil barpo etiladigan infratuzilmalarda ishlab chiqarishlarni ixcham joylashtirgan holda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi. Tabiiyki, bunday ishlab chiqaruvchilar erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi uchun belgilangan huquq va imtiyozlaridan foydalanadi.

“Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomini olgan Navoiy viloyatidagi korxonalar yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lovidan;

bo‘shab qoladigan mablag‘larni yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jihozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom ashyo va materiallar xarid qilishga maqsadli yo‘naltirgan holda o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlar, mahsulot eksport qilinganda vujudga keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);

respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida olib kiriladigan qurilish materiallari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi.



Mazkur Farmon nafaqat Navoiy viloyatida, balki umuman mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga, ishlab chiqarishni rivojlanishiga, investitsiya muhitini yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, BMTning rasmiy sayti (un.org), shuningdek, sputniknews-uz.com, rt.com, currenttime.tv va boshqa portallarda onlayn tarzda efirga uzatildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, BMTning rasmiy sayti (un.org), shuningdek, sputniknews-uz.com, rt.com, currenttime.tv va boshqa portallarda onlayn tarzda efirga uzatildi.

Davlatimiz rahbarining, ayniqsa, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslariga xorijiy internet nashrlarida alohida e’tibor qaratilgan.

BMT rasmiy saytida (un.org) yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi, terrorizm muammosiga katta e’tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi.

«Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti.

Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotganini ta’kidlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev «globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish"ni taklif etdi.

«Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir", dedi Shavkat Mirziyoyev", deb yozadi BMT sayti.

TASS axborot agentligi (tass.ru) yozishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasiga yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqish hamda ma’rifat va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolutsiyani qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari jahon jamoatchiligiga "islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini" yetkazishga chaqirdi.

«Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz", dedi O‘zbekiston rahbari hamda islom dini "ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga" da’vat etishini qayd etdi".

O‘zbekiston Prezidenti BMTga a’zo davlatlarga "BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi" bilan murojaat qildi. «Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan", deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev", deyiladi TASS xabarida.

Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ham xorij ommaviy axborot vositalarining alohida e’tiborini tortdi.

BMT rasmiy sayti (un.org) axborot berishicha, Shavkat Mirziyoyev Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi hamda xalqaro hamjamiyatni Orol dengizi butkul qurishining oldini olishga chaqirdi.

«Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda», dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi lozimligini ta’kidladi.

Prezident Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash muammolari to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, mintaqaning umumiy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalasiga to‘xtaldi: «BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq", degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q», deb yozadi un.org sayti.

O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda, deb ta’kidlaydi «Sputnik» yangiliklar agentligi (ru.sputniknews-uz.com).

«Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi. Sentabr oyining boshida O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir», dedi O‘zbekiston rahbari".

Shavkat Mirziyoyev suv resurslari bilan bog‘liq murakkab va global mavzuga to‘xtalar ekan, bu muammoga BMT shafeligida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlarini hisobga olgan va murosaga asoslangan holda yondashish lozimligini yana bir bor alohida qayd etdi.

«Rossiya 24» telekanali xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Bosh Assambleyadagi nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari sammitini o‘tkazishni taklif etdi hamda bunday tadbirlar siyosiy ishonch darajasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

«Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz", deb ta’kidladi O‘zbekiston rahbari".

Xorij ommaviy axborot vositalari Shavkat Mirziyoyevning BMT faoliyatini isloh qilishga doir tashabbuslariga e’tibor qaratdi.

Rossiya axborot agentligi (ria.ru)ning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqida Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish zarurligini ta’kidladi hamda BMTning yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi.

«Anadolu» axborot agentligi (aa.com.tr) qayd etganidek, O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston BMTning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdori ekanini ta’kidladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida BMTga a’zo davlatlarga taqdim etilgan axborot xorij ommaviy axborot vositalari diqqat markazida bo‘ldi.

tengrinews.kz axborot portali xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqini O‘zbekiston siyosati va iqtisodiyoti to‘g‘risida qisqacha sharh berishdan boshladi, oxirgi yilda mamlakatda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda global o‘zgarishlar ro‘y berganini ta’kidladi. «Biz oddiy bir xaqiqatdan kelib chiqmoqdamiz: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti". BMT bilan hamkorlik haqida so‘z yuritar ekan, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston demokratik huquq va erkinliklarni mustahkamlash sari qator muhim choralar ko‘rganini, jumladan, xorijga chiqish vizalari bekor qilinganini ta’kidladi.

TASS axborot agentligi (tass.ru) O‘zbekiston Prezidenti Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib O‘zbekiston maqsadi demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat tub islohotlar amalga oshirayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi.

«Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak», deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev. U Assambleya ishtirokchilariga mamlakatning barcha hududlarida Prezident qabulxonalari tashkil etilgani haqida xabar qildi. Ularga murojaat qilgan bir milliondan ortiq fuqarolar o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qildi".

O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha choralar ko‘rildi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining tashrifidan so‘ng inson huquqlarini mustahkamlash va himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. «Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi», deb Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi axborot agentligi.

Davlatimiz rahbarining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga oid fikrlari ham xorij media olamida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston AQSh Prezidenti Donald Trampning Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarni afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishga oid da’vatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir, deb ta’kidlaydi Rossiya axborot agentligi (ria.ru).

Prezident O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga bundan buyon ham hissa qo‘shadi, deb qayd etdi, deb yozadi Rossiya axborot agentligi (ria.ru).

Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati (bbc.com/uzbek) – "Xalqaro moliyaviy tuzilmalar va AQSh ishbilarmon doiralari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar misolida Shavkat Mirziyoyev ushbu tashrifdan O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish va iqtisodiyot sohasida ikki tomonlama shartnomalar imzolashda samarali foydalandi. Mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar va valyuta siyosatining liberallashtirilishi AQSh biznes hamjamiyatida O‘zbekistonga nisbatan qiziqish uyg‘otdi", deb ta’kidlaydi.

Xorij ommaviy axborot vositalari, shuningdek, davlat arboblari va oddiy odamlarning Prezidentimizning nutqi va tashrifiga doir munosabatini ham yoritgan.

«Amerika ovozi» radiosi “Vatandosh” jamiyati faoli N.Sodiqov bilan intervyuni e’lon qilgan. N.Sodiqov «Biz, o‘zbek diasporasi vakillari, Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifidan mamnunmiz, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bizni xursand qilmoqda. O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar Vatanimizga muhabbat, undan g‘ururlanish tuyg‘usini yanada kuchaytirmoqda», deb ta’kidladi.

«Uzmetronom» axborot portali (uzmetronom.com) yozishicha, «O‘zbekiston Prezidentining Nyu-Yorkdagi nutqi – xorijda mamlakatimiz haqida shakllangan bir xil qolipdagi tushunchalarni maksimal darajada lo‘nda va ishonarli o‘zgartirganining tasdig‘idir. Mohiyatan, bu BMT Nizomida mustahkamlangan inson huquqlari ustuvorligi, umuminsoniy qadriyatlar, xalqaro hamkorlik subyektlarining o‘zaro munosabatlariga doir tamoyillarga to‘liq va so‘zsiz sodiq bo‘lgan davlatning yangi qiyofasini namoyish etadi.

Vaqt qat’iy chegaralangan, auditoriyada shundoq ham axborot ko‘p bo‘lsa-da, nutqda fikrlarni qisqa bayon qilish usuli e’tiborni tortadi, deb yozadi axborot portali. Pragmatik siyosiy muhitda an’anaviy ravishda yaxshi qabul qilinmaydigan uzun, tarjima qilish murakkab gaplar, tarixga nazar va lirik chekinishlar yo‘qligi e’tiborga molik. Uning hamkorlarga aytadigan har bir fikri chuqur o‘ylangan. Har bir xatboshi – u fakt yoki tezis bo‘lsin, atigi bir gapdan iborat bo‘lib, tezda xotirada muhrlanishga mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev atigi bir yil ichida O‘zbekistonda aynan nimalar o‘zgargani, mamlakatni nimalar tashvishga solayotgani, mavjud global muammolar sharoitida kelajakni qanday ko‘rayotganini maksimal darajada sodda shaklda auditoriyaga yetkazishga intildi.

Fikr va bayonning tiniqligi ilgari surilgan takliflar bilan birga, Prezident sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, deyishga asos beradi. Afg‘onistondagi vaziyat haqida to‘xtalar ekan, Shavkat Mirziyoyev «Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir», dedi hamda «Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim»ligini ta’kidladi.

Xorijiy internet nashrlari davlatimiz rahbarining AQShga tashrifi doirasida boshqa mamlakatlar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarini ham yoritdi.

«24 chasa» internet gazetasi (24chasa.bg) qayd etishicha, Bolgariya va O‘zbekiston Prezidentlari Rumen Radev va Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida iqtisodiy hamkorlikni va o‘zaro investitsiyaviy sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish uchun biznes-forum tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladilar. Prezidentlar ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi o‘zaro manfaatli ekaniga e’tibor qaratdilar. Ikki mamlakatning mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalari yaqinligi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

"Gruziya Online" axborot-tahlil portali (apsny.ge) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini qabul qildi, deb xabar beradi. Uchrashuv chog‘ida tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va uning nomenklaturasini kengaytirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, savdo uylari tashkil etish va qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi hamda unda ilgari surilgan tashabbus va takliflar, tashrif doirasidagi uchrashuv va tadbirlar xorijiy ommaviy axborot vositalari va internet hamjamiyatining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Internetda joylashtirilgan ko‘p sonli fikr va munosabatlar shundan dalolat beradi. Bu jarayon davom etmoqda

Prezidentning “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi




Muhtaram Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Janobi Oliylari!

Hurmatli Federika Mogerini xonim!

Hurmatli tashqi ishlar vazirlari va delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Ushbu anjumanda ishtirok etayotganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman va mehmondo‘st o‘zbek zaminida sizlarni ko‘rib turganimdan g‘oyat xursandman.

Bugungi konferensiya O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasining birgalikdagi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. 

Mazkur anjuman xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir.
Forumda shaxsan ishtirok etayotgani uchun Prezident Ashraf G‘ani Janobi Oliylariga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. 

Shuningdek, xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha bizning tashabbusimizni avval-boshdanoq qo‘llab-quvvatlagan va barcha qatnashchilarga o‘zining tabrik xatini yo‘llagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Gutterishga samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Biz janob Antoniu Gutterishning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonlari doirasida muzokaralar o‘tkazish tarafdori ekanini, shuningdek, mintaqamizda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholaymiz. 

Shu yilning yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengashida Qozog‘iston raisligida Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tgan edi. Fursatdan foydalanib, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevga ana shu o‘ta muhim muammoni muhokama etish bo‘yicha ko‘rsatgan tashabbusi uchun samimiy tashakkur bildiraman.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan muhokamalar chog‘ida bildirgan zarur va qimmatli takliflari uchun BMT Xavfsizlik Kengashining barcha a’zolaridan minnatdorman. Bu takliflarning katta qismi ushbu konferensiyaning afg‘onistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda tayyorlangan yakuniy hujjati loyihasi – Toshkent deklaratsiyasida hisobga olindi.

Shu bilan birga, bugungi anjumanda ishtirok etayotgan:

- Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federiko Mogerini xonimni;
- Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat mahkamalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini chin qalbimdan qutlashdan g‘oyat mamnunman. 

Bugun ushbu zalda BMT Xavfsizlik Kengashining  doimiy a’zosi bo‘lgan davlatlar va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vakillari to‘planganini alohida ta’kidlamoqchiman.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Biz shu kunlarda bahor va yangilanish bayrami bo‘lgan Navro‘z ayyomini keng nishonlamoqdamiz. Azal-azaldan bu faslda urush-janjallar to‘xtatilgan, odamlar eski gina-kuduratlarni unutib, bir-birini kechirgan va hatto eng murakkab, hal etib bo‘lmaydigandek tuyulgan masalalar bo‘yicha ham kelishib, hamjihatlikka erishgan.  


Ishonchim komil, bugun biz ham davrimizning eng o‘tkir mintaqaviy va global muammolaridan biri – Afg‘onistondagi qarama-qarshilikni hal etishni amaliy ruhda muhokama qilib, birgalikda umumiy bir yechim ishlab chiqishga qodirmiz. 

Ming afsuski, jafokash Afg‘oniston zaminidagi bu to‘qnashuv qariyb 40 yildan buyon davom etmoqda.

Ma’lumki, “urush olovi” afg‘on xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu – uning tanlovi emas. 
Ana shu yillar mobaynida yuz minglab tinch aholi urush qurboniga aylandi, millionlab insonlar o‘z uylarini tashlab ketishga va boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo‘ldi.   

Bu mojaroga yangi-yangi kuchlarning jalb etilishi uning mislsiz darajada keskinlashib ketishiga olib keldi. Ushbu urush nafaqat Afg‘onistonning muammosi, balki tobora murakkablashib borayotgan xalqaro muammoga aylandi.

Afg‘onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo‘ravonlik va qon to‘kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani – bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda.

Eng yomoni, Afg‘onistondagi qurolli qarama-qarshilik va zo‘ravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andishasizlarcha ta’kidlayotganidek, “boy berilgan avlod” emas.  Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular o‘zaro nizolarga chek qo‘yib, tinch hayotga, o‘z mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi.

Men qat’iy aminman: afg‘on xalqida o‘z farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yo‘lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g‘ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli.

Bugungi anjumanimizda vakillari ishtirok etayotgan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bu jafokash mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashishda muhim rol o‘ynashga qodir va shunday bo‘lishi kerak.  

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida Afg‘onistondagi vaziyat ma’lum bir vaqt davomida xalqaro siyosat  e’tiboridan chetda qoldi. Ammo buning natijasida mazkur mojaro o‘z keskinligi va jiddiyligini yo‘qotgani yo‘q.

O‘zbekistonda xalqaro konferensiya o‘tkazish taklifi va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlasha qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bog‘liq.

Birinchidan, bizning tashabbusimiz O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasiga to‘la mos keladi. Bu konsepsiyada avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan Ikkinchidan,  O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab kelgan. 

Azal-azaldan Amudaryoning ikki tomonida o‘zaro o‘xshash tillar, umumiy muqaddas din va mushtarak ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turadigan xalqlar yashab kelmoqda.


Amudaryo biz uchun hamisha tiriklik manbai bo‘lib kelgan, ammo odamlarning erkin harakat qilishiga, savdo aloqalarini yaqindan rivojlantirishga, ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan o‘rtoqlashishga va bir-birini madaniy jihatdan boyitishga hech qachon to‘sqinlik qilmagan.

Afg‘on zaminida  Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining Abu Rayhon Beruniy, Lutfiy,  Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi buyuk namoyandalari va boshqa ko‘plab bizning ulug‘ ajdodlarimiz yashab ijod qilganlar.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida  yaqin siyosiy,  savdo-iqtisodiy  va madaniy-gumanitar aloqalar yo‘lga  qo‘yilgan. Afg‘onistonda  millionlab o‘zbeklar yashaydi. Afg‘oniston Konstitutsiyasiga  muvofiq o‘zbek tili mamlakatning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.

Uchinchidan, barchamiz qat’iy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bo‘linmasdir va uni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ta’minlash mumkin. Biz xavf-xatarlarning ba’zi birlarini “o‘zimizniki”, boshqasini esa “birovniki”, deb qabul qilmasligimiz kerak, aniqroq aytganda, bunday qilishga haqqimiz yo‘q.

Afg‘oniston xavfsizligi – bu O‘zbekiston  xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiy mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir.

Xalqaro terroristik tashkilotlar Afg‘onistonni o‘zining doimiy makoniga aylantirib olishiga yo‘l  qo‘yib bo‘lmaydi.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga  ko‘maklashish bo‘yicha tajribaga ega. 

O‘zbekistonning tashabbusi bilan 1999-yilda Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, Rossiya va AQSh tashqi siyosat  mahkamalari rahbarlari darajasida  “6+2” guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.  Bu uchrashuvda  Shimoliy Ittifoq va “Tolibon” harakati vakillari ham ishtirok etgan edi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha Afg‘onistondagi nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy prinsiplari haqidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi va u Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 54-sessiyasi  va BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjatiga aylandi.

Shu munosabat bilan biz  Afg‘oniston bilan umumiy kelajagimiz, afg‘onistonlik birodarlarimizni ham, bizni ham birdek tashvishga solayotgan masalalar haqida gapirish uchun barcha asoslarga, siyosiy va ma’naviy huquqqa egamiz.

Aynan mana shuning uchun ham O‘zbekiston butun dunyo mamlakatlarini  bizning bu ezgu ishdagi sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etadi.
Qadrli do‘stlar!

Bugungi kunda Afg‘onistondagi vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha ko‘p qirrali va murakkab masalalar mintaqa  va xalqaro  miqyosda keng muhokama  qilinmoqda.

Bu o‘rinda Afg‘onistondagi  harbiy-siyosiy  inqirozni hal etish yo‘llarini topish maqsadida tashkil etilgan Kobul jarayoni, Moskva  formati, Xalqaro muloqot guruhi,  “Osiyo yuragi” deb nomlangan Istambul jarayoni,  “ShHT-Afg‘oniston” muloqot guruhi va boshqa ko‘p tomonlama muhokama jarayonlari alohida diqqatga sazovordir.

O‘zbekiston Kobul jarayoni  doirasidagi  ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afg‘oniston hukumati bilan “Tolibon” harakatining “oldindan shart qo‘ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik” asosida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshlash haqidagi qarorini  qo‘llab-quvvatlaydi.

Ammo tinchlik sari harakatning eng asosiy sharti, bizningcha, avvalo mintaqa va global darajada kelishilgan, Afg‘oniston uchun yagona keng qamrovli tinchlik dasturini  ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir. 

Shundan kelib chiqqan holda, bizning birgalikdagi  sa’y-harakatlarimizning asosiy  maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:

birinchi – afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etishning asosiy tamoyillarini  ishlab chiqish va ular bo‘yicha keng va qat’iy xalqaro konsensus – murosaga erishish;

ikkinchi – Afg‘oniston hukumati va qurolli muxolifat o‘rtasida  muzokaralarni boshlash  mexanizmini  ishlab chiqish;

uchinchi – Afg‘onistonda milliy kelishuv jarayoniga  xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘mak berish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Va nihoyat, barcha manfaatdor tashqi kuchlarning qurolli muxolifatdan Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tirishini, qarama-qarshilik va zo‘ravonlikka  chek qo‘yishni qat’iy va bir ovozdan talab qilishi beqiyos ahamiyat kasb etadi. 

Bundan boshqa yo‘l yo‘q. Bizning fikrimizcha, bugungi uchrashuvimizning bosh g‘oyasi shundan iborat.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Afg‘onistondagi nizolar g‘oyat murakkab va qarama-qarshi xususiyatga ega ekanini,  ularga  turli kuchlar jalb etilganini e’tiborga olgan holda, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyasidan kelib chiqib, keng qamrovli  tinchlik jarayonini uchta o‘zaro bog‘liq darajada amalga oshirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Afg‘oniston mamlakati darajasida – markaziy hukumat va qurolli muxolifatning asosiy kuchlari, birinchi navbatda, “Tolibon” harakati o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni boshlashni ta’minlash zarur.

Tomonlarning bir-biriga nisbatan savollari va talabi bo‘lajak muzokaralarda muhokama qilinishi mumkin.

O‘z-o‘zidan ravshanki, Afg‘oniston ichidagi siyosiy jarayonlarni boshlashni endi orqaga surib bo‘lmaydi. Bu jarayonni cho‘zish yana ko‘plab begunoh odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keladi.

Tinchlik jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash uchun afg‘onistonliklarning o‘zlariga tashabbus ko‘rsatish, muzokaralar qanday formatda, qachon va qayerda olib borilishi bo‘yicha tanlash imkonini berish kerak. 

Bu o‘rinda gap, avvalo, qurolli muxolifat tomonidan ham,  Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari tomonidan ham jangovar harakatlar olib borishdan voz kechilishi va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga so‘zsiz rioya qilinishi haqida bormoqda.

Afg‘onistonning kelgusidagi tinch taraqqiyoti uchun umumiy mas’uliyatni his etgan hamda o‘zbek va afg‘on xalqining azaliy do‘stlik aloqalariga tayangan holda, biz O‘zbekiston hududida tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afg‘oniston va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.

Muxolifat tinch muzokaralarda ishtirok etadigan va milliy kelishuvga erishilgan taqdirda Afg‘onistonning siyosiy hayotiga muxolifatning  interatsiyalashuvi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur bo‘ladi.

Qurolli muxolifat vakillari, jumladan, toliblar ham afg‘on jamiyatining bir qismi va Afg‘oniston fuqarolari sifatida o‘z mamlakati kelajagini belgilash uchun ovoz berish huquqiga ega.

Bu borada mamlakatda parlament va prezidentlik saylovlarigacha bo‘lgan davrda afg‘onlar o‘rtasida o‘zaro muloqotni boshlash va shu tariqa jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, muxolifatdagi kuchlarga ham yangi Afg‘oniston davlatini qurishda to‘laqonli ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratish g‘oyat muhimdir.

Mintaqaviy darajada – avvalo Pokiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Markaziy Osiyo davlatlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan tomonlar o‘rtasida mustahkam kelishuvni ta’minlashga erishish zarur.

Afg‘onistonda iqtisodiy rivojlanish, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq bir qator jiddiy muammolarni hal etish ko‘p jihatdan unga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga, bizning ezgu xohish-irodamiz, qat’iy qarorimiz va bu mamlakatda milliy yarashuvni ta’minlash, zo‘ravonlikka barham berishda faol ishtirok etishga qanchalik tayyor ekanimizga bog‘liqligini, o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz.

Barcha qo‘shni va hamkor mamlakatlarning sa’y-harakatlari bir-birini takrorlamasligi, balki to‘ldirishi kerak. Biz bu muammoni hal etish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlar, yondashuv va mexanizmlarni ishlab chiqishimiz zarur.

Shu yilning yanvar oyida BMTning Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish janoblari ta’kidlaganidek, mintaqaviy hamkorlikning yangi jadal sur’atlari “umumiy, allaqachon pishib yetilgan va dolzarb vazifalarni hal etish bo‘yicha barchamizning oldimizda katta imkoniyatlar ochadi”.

Biz endi Afg‘onistonga uning hududidan tinchlik va barqarorlikka tahdid solmaydigan davlat sifatida qaray boshlashimiz kerak. Afg‘oniston – bizning do‘stona hamkorimiz va qo‘shnimizdir.

Ishonamanki, Afg‘onistonni qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalar tizimiga jalb etish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarimiz bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni tinch hayotga qaytarish jarayoniga sezilarli hissa qo‘shadi.

Hech shubhasiz, oxir-oqibatda afg‘on zaminida tinchlik o‘rnatilishi bepoyon Yevroosiyo qit’asidagi barcha davlatlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va real naf keltiradi. Bu umumiy xavfsizlik va barqarorlikni mutahakamlash, avtomobil va temir yo‘llari qurish, tabiiy resurslarni tashiydigan quvurlar o‘tkazish, mintaqaviy va transmintaqaviy savdo-sotiqning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Imkoniyatdan foydalanib, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi uchun O‘zbekiston imkon darajasida  hissa qo‘shayotganini qayd etmoqchiman.

Biz 2002 yildan buyon Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib bermoqdamiz. Surxon-Puli-Xumri yangi elektr tarmog‘ining ishga tushirilishi bilan O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin ortadi.

Biz birgalikda yana bir strategik loyihani amalga oshirish taklifini ilgari surmoqdamiz. Bu o‘zbek mutaxassislari tomonidan qurilgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lini Hirotgacha davom ettirish loyihasidir.

Bu loyiha Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash uchun aniq va amaliy hissa bo‘lib qo‘shiladi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va mamlakatning tranzit salohiyatini oshiradi.

Transafg‘on transprot-kommunikatsiya loyihalari bo‘yicha ishlarning shu kabi katta ahamiyatga ega bo‘lgan “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon” va “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” kabi boshqa mintaqaviy loyihalar bilan uzviy bog‘liq holda boshlangani Shimoldan Janubgacha hamda Sharqdan G‘arbgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda qit’alararo transport koridorlarini eng qisqa yo‘llar bilan rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi.

Gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda. Shu yilning yanvar oyidan boshlab Afg‘onistonga chegaradosh Termiz shahrida maxsus tashkil etilgan Afg‘on fuqarolariga ta’lim berish markazi ish boshladi. Hozirgi kunda bu maskanda 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik yigit-qizlar ta’lim olmoqda.

Biz mazkur markazda afg‘on mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik va yo‘nalishlar sonini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.

Global darajada – dunyoning yetakchi, buyuk davlatlari va donor tashkilotlar tomonidan Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlari prinsipial jihatdan siyosiy qo‘llab-quvvatlanishi va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi uchun moliyaviy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash zarur. Ularning yordami tufayli mamlakat tinch rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bugungi Afg‘oniston – bundan atigi yigirma yil oldingi mamlakat emas. 

Ochiq demokratik saylovlar o‘tkazilgan paytdan boshlab bu yurtda davlat qurilishining yangi davri boshlandi, oddiy afg‘on fuqarolari hayotida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Mamlakat hukumati aholini ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmati bilan keng qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi. Bularning barchasi afg‘on xalqining tinch-osoyishta hayot va taraqqiyot sari intilayotganidan dalolat beradi.

Yaqin ikki yil ichida Afg‘onistonda muhim siyosiy voqealar – parlament va prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu voqealar mamlakat barqaror demokratik taraqqiyot yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganining tasdig‘i bo‘lishi lozim.

Hurmatli do‘stlar!

Barchamiz bir haqiqatni anglab olishimiz zarur: biz bugun faqatgina Afg‘onistonning kelajagi uchun emas, balki umumiy xavfsizligimiz, terrorizm, fanatizm va zo‘rovonlikdan xoli dunyo uchun kurashmoqdamiz.

Biz o‘tmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Umumiy mas’uliyatimizni doimo yodda tutishimiz lozim.

Afg‘onistonda tinchlikka erishish vazifasi bugungi kunda global xavfsizlik va taraqqiyot uchun tom ma’noda misli ko‘rilmagan xatarga aylangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga qaratilgan sa’y-harakatlar bilan uzviy bog‘liqdir. 

Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, barcha tashqi kuchlar afg‘on hukumatining Afg‘onistonda xorijiy terroristik tashkilotlarning bazalarini yo‘q qilish borasidagi sa’y-harakatlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi, hech qanday farqlarga qaramasdan, terrorizmni moliyaviy va moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashning oldini olishi o‘ta muhim ahamiyatga egadir.  

O‘zbekiston terrorizm, ekstremizm va radikalizm mafkurasiga qarshi kurash borasida hamisha prinsipial pozitsiyaga ega bo‘lib kelgan.

Bunday xavf-xatarlarga qarshi faqat kuch ishlatish usullari bilan emas, balki birinchi navbatda, ayniqsa yoshlar o‘rtasida, zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish lozim. 

O‘tgan yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish taklifini ilgari surgan edi. 

Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.

Biz barcha xorijlik hamkorlarimizga islom dinining insonparvarlik mohiyatini aholi va ayniqsa, yoshlarga tushuntirish yo‘lida yaqin hamkorlikda ish olib borishni taklif etamiz. 

O‘ylaymanki, bu borada O‘zbekistonda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston Islom akademiyasining imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Shuningdek, biz tashabbus tariqasida Afg‘onistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus xalqaro fond tashkil etishni taklif qilamiz.

Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – mamlakatda talab katta bo‘lgan sohalar bo‘yicha milliy kadrlar tayyorlash, iste’dodli talabalar va yosh olimlar uchun stipendiya va grantlar ajratish borasida afg‘on tomoniga ko‘maklashishdan iborat. 

Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jamiyatda ta’limning nufuzini oshirish va yoshlarning kamolotga intilishini rag‘batlantirish – bu barqaror va izchil taraqqiyotga erishish kafolatidir. Bularning barchasi, hech shubhasiz, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni zo‘rovonlik va radikalizm mafkurasidan himoya qilishda yordam beradi.

Hurmatli forum qatnashchilari!

Ishonchim komil, ushbu konferensiyaning o‘tkazilishi, amaliy ruhdagi muloqot va munozaralar, shuningdek, yakuniy Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha amaliy jihatdan ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi va tinchlik jarayonining o‘ziga xos “yo‘l xaritasi”ga aylanadi. 

Mohiyat e’tiboriga ko‘ra sizlarning yordamingiz bilan afg‘on muammosining eng muhim jihatlari bo‘yicha barcha manfaatdor tomonlarning siyosiy irodasi va o‘zaro anglashuvini o‘zida aks ettiradigan hujjat qabul qilinadi.  

Afg‘onistonning kelajagi xalqaro hamjamiyatning barchamiz uchun umumiy bo‘lgan tahdid va xatarlarga qarshi kurashishga ojiz ekanini ko‘rsatadigan misolga aylanib qolmasligi lozim.

Bugun barchamiz birlashib, jafokash Afg‘oniston xalqiga tinchlik va taraqqiyot yo‘lida yordam qo‘lini cho‘zishimiz, uni qo‘llab-quvvatlashimiz har qachongidan ham muhimdir. 


Barcha konferensiya ishtirokchilariga chin qalbimdan  samarali ish olib borishlarini tilayman!

E’tiboringiz uchun rahmat.




Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish