Komil inson tarbiyasi sharq mutafakkirlari talqinida


TTA Urganch filialida “Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistonning roli” mavzusida seminar tashkil etildi



Download 1,13 Mb.
bet35/110
Sana26.08.2021
Hajmi1,13 Mb.
#155790
TuriReferat
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Bog'liq
Komil inson tarbiyasi sharq mutafakkirlari talqinida

TTA Urganch filialida “Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistonning roli” mavzusida seminar tashkil etildi


  • Print 

  • Email

Detallar

 

Yangiliklar kategoriyasi 



6105 marta ko'rildi:

2018 yilning 29 mart kuni TTA Urganch filialida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistonning roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni TTA Urganch filiali Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yaqubov olib bordi.  Tadbirga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi  o‘rinbosari Muxammadjon Quronov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri, professor Bekmurodov Mansur Bobomurodovich tashrif buyurishdi.

Tadbir o‘zaro muloqot va  savol javoblarga boy va samimiy  tarzda tashkil etildi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi  o‘rinbosari Muxammadjon Quronov tadbirda ma’ruza qilar ekan, bugungi  kunda  muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ma’naviyat va ma’rifat sohasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganligiga  keng to‘xtalib o‘tib, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlanishini yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 sonli qarori qabul qilinganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, muloqot davomida Muxammadjon Quronov yurtboshimiz tomonidan  ixcham to‘y va marosimlarni  tashkil etish bo‘yicha bildirgan takliflari borasida yoshlardan fikrlarini so‘radi. Yoshlar to‘y-ma’rakalar el-yurtimizning madaniyati, ma’naviy saviyasi darajasini belgilaydigan va o‘zida ifoda etadigan muhim omillardan biri sifatida hayotimizda alohida o‘rin tutishi, ammo so‘nggi paytlarda oilaviy tantana va marosimlarda o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, shuhratparastlikka berilish, kimo‘zarga harakat qilish kabi illatlar yuzaga chiqayotgani achinarli holat ekanligi haqida gapirishib, to‘ylar xalqimizning uzoq asrlik an’analari, urf-odat va udumlarini o‘zida mujassam etganligi bois uni ma’naviy meros sifatida qadrlashimiz, shu bois dabdabali to‘y-marosimlarga chek qo‘yish, to‘y oldi va to‘ydan keyingi turli keraksiz tadbirlarni bartaraf etish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishimiz lozimligi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Shu bilan birga, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri, professor Bekmurodov Mansur Bobomurodovich  so‘zga chiqib, o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev  tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli siyosat orqali qo‘shni davlatlar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli,  barqaror aloqalarni yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi islohotlar yurtimizda amalga oshirilayotganligiga to‘xtalib o‘tib, ushbu islohotlarni amaliy natijasi sifatida muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ilk davlat tashrifi bilan qo‘shni qardosh mamlakat Turkmaniston Respublikasiga  borganligini faxr bilan tilga oldi.   Shuningdek, u o‘z nutqida joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini o‘tkazish tashabbusining ilgari surilishi O‘zbekiston rahbariyatining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy strategiyasining ajralmas bo‘lagi hisoblanishi, ushbu konfrensiya  aynan  O‘zbekiston Respublikasi Perzidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilinganligiga alohida e’tibor qaratdi va konferensiya davomida muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlarni talabalarga o‘qib eshittirdi:

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida Afg‘onistondagi vaziyat ma’lum bir vaqt davomida xalqaro siyosat e’tiboridan chetda qoldi. Ammo buning natijasida mazkur mojaro o‘z keskinligi va jiddiyligini yo‘qotgani yo‘q.



Amudaryo biz uchun hamisha tiriklik manbai bo‘lib kelgan, ammo odamlarning erkin harakat qilishiga, savdo aloqalarini yaqindan rivojlantirishga, ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan o‘rtoqlashishga va bir-birini madaniy jihatdan boyitishga hech qachon to‘sqinlik qilmagan.

Afg‘on zaminida Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining Abu Rayhon Beruniy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi buyuk namoyandalari va boshqa ko‘plab bizning ulug‘ ajdodlarimiz yashab ijod qilganlar.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yaqin siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Afg‘onistonda millionlab o‘zbeklar yashaydi. Afg‘oniston Konstitutsiyasiga muvofiq o‘zbek tili mamlakatning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.

Barchamiz qat’iy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bo‘linmasdir va uni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ta’minlash mumkin. Biz xavf-xatarlarning ba’zi birlarini «o‘zimizniki», boshqasini esa «birovniki», deb qabul qilmasligimiz kerak, aniqroq aytganda, bunday qilishga haqqimiz yo‘q.

Afg‘oniston xavfsizligi – bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir. Xalqaro terroristik tashkilotlar Afg‘onistonni o‘zining doimiy makoniga aylantirib olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish