G’azzoliyning “ Kimyoi saodat “ asarida yozilishicha, Inson farishta va hayvon orasidagi mavjudot. Hayvon rivojlanmaydi chunki unda kamolot quvvati yo’q , farishta esa shundoq ham ilohiy nurdan yaralgan. Faqat insondagina rivojlanish va kamolot quvvati bor. Demak , insonni tarbiyalash, moddiy- hayvoniy xirslarini barham toptirish mumkun, yoyinki tasavvuf ta’limotiga asosan inson ruhi Mutlaq ruhning bir qismi bo’lganligi bois , inson moddiy tubanlikni tark etib, iloh sari parvoz qilishi kerak. Buning uchun U o’z Insonligini idrok qilishi , ma’naviyatga talpinmog’I zarur. - G’azzoliyning “ Kimyoi saodat “ asarida yozilishicha, Inson farishta va hayvon orasidagi mavjudot. Hayvon rivojlanmaydi chunki unda kamolot quvvati yo’q , farishta esa shundoq ham ilohiy nurdan yaralgan. Faqat insondagina rivojlanish va kamolot quvvati bor. Demak , insonni tarbiyalash, moddiy- hayvoniy xirslarini barham toptirish mumkun, yoyinki tasavvuf ta’limotiga asosan inson ruhi Mutlaq ruhning bir qismi bo’lganligi bois , inson moddiy tubanlikni tark etib, iloh sari parvoz qilishi kerak. Buning uchun U o’z Insonligini idrok qilishi , ma’naviyatga talpinmog’I zarur.
- Bundan yana bir xulosa kelib chiqadiki, inson ikki olamning sarvari ,sharafli maxluqi ekan, bu uning rahmoniy jihatiga qarab berilgan ta’rifdir. Bunda komillikka ishora mavjud. Komil inson-jamiki insonlarning haqiqati odamiylar odamiysidur. Tasavvufda komil inson tarbiyasi bosh mavzu bo’lib kelgan.Shu asosda komil inson ahloqi konsepsiyasini ishlab chiqqanlar. Shariat ahkomiga qurilgan tariqat rasm- rusumlari, tavba- tazarru, zikru samo – hamma hammasidan maqsad insonni tarbiyalash edi. Uni yuksaltirish va salbiy hislatlar sababchisi bo’lgan nafsdan forig’ qilish edi..
Tasavvufning bosh g’oyasi komil inson tarbiyasi bo’lar ekan tariqatlarda bu turli shakllarda namoyon bo’ladi. Jumladan Mavlaviya tariqatini olaylik. Mavlaviya tariqatida insonnni o’zini o’zi anglay olishi butun olamni bilishning zaruriy shartlaridan deya qaraladi.Bu tariqatda har bir shaxs o’zini anglashi va boshqara olishi lozim. Bu bizning yuqorida aytgan komil inson- Insonligini anglay olgan insondir degan fikrimizning ilmiy asosi hisoblanadi. Ma’lumki tasavvufda yuksak fikrli kishilarni oriy, sufiy, valiy deb atashgan. Bularni bir- birodan farqi ichki, botiniy imkoniyatlarida anglashilgan.Komillik haqida so’z yuritilganda uni payg’ambarlik ifatlaridan deb tushunsak arziydi. Ya’ni komillik konsepsiyasi ham insonning eng toza va sodda sifatlaridan tashkil topgan.
Mavlaviya -mutlaq haqiqatga olib borishni ko’zda tutgan , diniy falsafiy harakterdagi ta’limot bo’lib, insonning ma’naviy kamolotiga , komil inson bo’lishiga oid falsafiy qarashlarni o’z ichiga oladi. Insonni o’zini anglash orqali eng oliy hadgacha barkamol etadi. Nafsdan kechmoqlikni insonning komillikka eltuvchi yo’li deya tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |