- 1. Ko`makchilar haqida ma’lumot.
- 2. Asl ko’makchilar tavsifi.
- 3. Ko`makchilarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi.
- Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so`zga bog`lash uchun hizmat qiluvchi so`zlar ko`makchi sanaladi.
Ko`makchilarning grammatik xususiyatlari. - Ko`makchilar xuddi kelishiklar kabi tobe so`zni hokim so`zga bog`lashga xizmat qiladi, o`zidan oldingi so`z bilan bitta so`roqqa javob bo`ladi: siz bilan xamsuhbat bo`lmasdan avval boshqacha xayolda edim.
- Ko`makchilar o`zgarmaydi, turlanmaydi yoki yasalmaydi, ma’noli qismlarga ajralmaydi, vosita sabab, maqsad, yo`nalish, qiyos kabi ma’nolarni hosil qiladi.
Ko`makchilar qaysi turkumdan o`sib chiqishiga ko`ra: - Ko`makchilar qaysi turkumdan o`sib chiqishiga ko`ra:
- 1. sof ko`makchi
- 2. vazifadosh ko`makchilarga ajraladi.
- __Atash ma’nosini tamoman yo`qotib faqat o`zi birikkan so`zni boshqa so`zga tobelantirib bog`lash uchun hizmat qiladigan ko`makchilar sof ko`makchilar deyiladi: Temur tig`i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Qishloq uzra qorong`ilik cho`kkan.
- __Sof ko`makchilarga uchun, kabi, sarin, sayin, qadar, uzra, singari, tufayli, haqida kabi ko`makchilar kiradi.
Vazifadosh ko`makchilar - Vazifadosh ko`makchilar ot, ravish yoki fe’ldan o`sib chiqqan so`zlardir. Ularga ost, yon, ust, old, orqa, ro`para, oldin, avval, keyin, so`zng tomosh, qosh, bo`ylab, qaraganda, yarasha, ko`ra, deya, deb, atab, tortib kabi so`zlar kiradi.
- Bunday so`zlar ko`makchi vazifasida kelganda atash ma’nosini yo`qotadi ma’lum so`roqqa javob bo`lmaydi.
O`zi qo`shilgan so`z bilan birgalikda bir so`roqqa javob bo`ladi va bitta gap bo`lagi vazifasida keladi: Go`ro`g`lining G`irko`k degan oti bor. Bir haftadan keyin ishga tushib ketdi. Dehqonlar to`dasi qishloqqa qarab yugurdi. Anvarotin yostiq ostiga qo`l yugurtirdi. - O`zi qo`shilgan so`z bilan birgalikda bir so`roqqa javob bo`ladi va bitta gap bo`lagi vazifasida keladi: Go`ro`g`lining G`irko`k degan oti bor. Bir haftadan keyin ishga tushib ketdi. Dehqonlar to`dasi qishloqqa qarab yugurdi. Anvarotin yostiq ostiga qo`l yugurtirdi.
Ko`makchilar yetakchi so`zga bog`lanib unga turli qo`shimcha ma’nolar yuklaydi - Ko`makchilar yetakchi so`zga bog`lanib unga turli qo`shimcha ma’nolar yuklaydi
Ko`makchilarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi - Bosh va qaratqich kelishigidan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, yanglig`, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog`li, osha, bo`ylab, bo`yicha, uzra, ichra, degan, bo`yi, chamasi, haqida, to`g`risida, holda ko`makchilari kiradi
Jo`nalish kelishigidagi so`zlardan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar: tomon, qadar, ko`ra, qarab, qaraganda, qaramay, qaramasdan, yarasha,doir, binoan, muvofiq, qarata - Jo`nalish kelishigidagi so`zlardan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar: tomon, qadar, ko`ra, qarab, qaraganda, qaramay, qaramasdan, yarasha,doir, binoan, muvofiq, qarata
Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llagiladigan ko`makchilar: so`ng, keyin, boshqa, tashqari, bo`lak, o`zga, beri, buyon, burun, ilgari, boshlab, tortib - Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llagiladigan ko`makchilar: so`ng, keyin, boshqa, tashqari, bo`lak, o`zga, beri, buyon, burun, ilgari, boshlab, tortib
Do'stlaringiz bilan baham: |