Kolrij tushi



Download 20,2 Kb.
Sana14.09.2021
Hajmi20,2 Kb.
#174130
Bog'liq
Borxes. Nurboyeva


Aksariyat kitobxonlar faraziga ko`ra hikoya janri saviyasi tavsiyabop va mutolaasi maqtangulik janr emas. Ammo hajman siqiq sharoitda o`zining badiiy ko`lamini kuchli namoyon qila olgan shunday hikoyalar borki, ular mavqe jihati bilan romanlarni dog`da qoldiradi. Kamsuqum janrda o`zini kashf qila olish esa kam sonli qalamkashlarga nasib etadigan inoyat. Mana, nima uchun uzun umrimizdagi faoliyatdan ko`ra chog`roqqina shaxmat taxtasidagi qoyilmaqom yurishlar tahsinga sazovorroq..

Argentinalik adib Xorxe Luis Borxes ham butun ijodi bilan shu janrning o`zgacha bir mayog`ini bunyod etdi. Asarlaridagi zalvorli, shu bilan birga, chuchuk til; ramz-u timsollarning badastir uyg`unligi o`quvchi tafakkurini qayroqtosh kabi sayqallaydi.. Mutolaadan anglaganlarimiz, idrokimiz mahv eta olganlari ulkan bir nahrning qatrasiday bo`lsa ham, qodir bo`lganimizcha, muallifning bir necha hikoyasini tahlil qilishga jur’at etdik..



Kolrij tushi – insonlarning ixtiyori va boshqaruvidan omonda bo`lgan ajib sinoat – tushlar tilsimidan so`z ochadi. Hech birimiz tush ko`rish qobiliyatidan benasib emasmiz. Ammo tushlarning aksariyati o`ta jo`n, mantiqsiz, ahamiyatsizdek go`yo.. Nihoyatda oz qismi o`z yelkasida Tangrining bemisl tuhfasini ortmoqlagan bo`ladi va u milliardlab kishilarning barmoqlarga jo bo`ladigan hissasigagina nasib etadi. Qalloblar lotereyasidagi yutuqdan-da tanqis, ammo g`oyat saodatli in’om bo`lgan bunday tushlar sohibini mangulik sathiga qadab qo`yadi. Inchunin, mo`jizalarning ulug`ligi mohiyatida emas, kamyobligida.. adashdik.., g`ayrioddiyligida.. zotan, Yer mehvari uzra mo`jizalar adadsiz sochilgan, ammo tobora formallashib borayotgan to`da tafakkuri inson ishtirokisiz yuzaga keladigan bunday g`aroyibotni qandaydir oddiy mexanizm mahsuli, deb hisoblaydi, xolos..

Hikoyada Xubilay xonning tarhi tushida ayon bo`lgan saroyni bunyod etishi va shu xon hayoti sharhlangan asarni o`qib, saroy madh etilgan o`z dostonini tushi vositasida bitgan shoir haqida so`z boradi. Kolrij voqeasi yana bir ruhoniy baxshining tushi bilan noteng muqoyasa qilinadiki, asli savodsiz cho`pon tomonidan g`ayrishuuriy yaratilgan ilohiy dostonning tushda ko’rilganidan o`zga fazilati yo`q; Kolrij tushi esa vaqt va hududning ulkan farqi ostidagi tarix sahifasiga vobasta, deya izohlanadi. Maqsur fikrimizcha esa inson aralashuvisiz, intellekt-u irodasidan tashqarida yaralgan har qanday hodisot o`zicha buyukdir..

Hikoya asr chig`irig`idan omon o`tayotgan ko`rinmas ip – Xubilay sinoati istiqbolning qaysidir qatida bu tilsimdan mutlaqo bexabar bo`lgan inson tushida yanada ravshan namoyon bo`lishi bashorati bilan yakunlanadi. Shu onda hikoya mutolaasidan bir qadar nadomat his qilish mumkin: modomiki, biz o`zaro ayniy ikki tushdan voqif bo`lib qolgan ekanmiz, bu davomiy tilsimning keyingi qismi musharrafi biz emasmiz…

Tushlar talqinida davom etamiz:



Ragnoryok. Insoniyatga hayot va xayol, bedorlik va tush o`rtasidagi farqni ajratib yashash uchun in’om etilgan aql-idrok ba’zan ongosti to`lqinlariga chekinish qiladi. Tush vositasida ko`pirgan tasavvurimiz ongimiz chegaralaridan oshib o`ta boshlaydi… Mazkur hikoyada barcha dinlararo sayyor nihoya – ro`zi mahsharning Skandinav afsonalaridagi alomat talqini asosida ifoda topgan tush, shuningdek, milodning avvalida butun zamin uzra tantana qilgan Olimp naslining shum qismati bayon etiladi.

Inson mavjudotlar ichida eng g`aroyibi.. O`zi inkishof etib, tabarruk qilib topingan hadsiz yaratiqlarini vaqtlar o`tgach, tafakkuriy evrilishlar ostida qatlga hukm qiladi. Bu bilan qalbidagi e’tiqod yo`qolmasdan(ayonki, inson qalbi hamisha e’tiqodga tobe/muhtoj), iymon obyektini yangilaydi, xolos.

Nachora, odamzod har vaqt o’zicha haq..

Yaratuvchi – avvalgi eraning sanoqsiz ilohlari, alp-bahodirlari, murosasiz janglari haqida qizg`in qiluvchi muhtasham asar “Iliada” va “ Odisseya”ning ijodkori Gomer hayotiga bag`ishlanadi. O`jar, qasoskor bolalik, otashin yigitlikning suronli kechuvida toblangan qahramonimiz o`tmishning poyonsiz sahrosida tobora uvalanib ketayotgan asotirlarni birma-bir sidirib, mingyilliklar qa’ridan dadil sado berib turgan yuqoridagi ikki shonli “obida”ni barpo etdi. Sonsiz yillar g`ubori qarog`lari uzra ojizlik pardasini tortgan bo`lsa-da, u insho etgan muazzam asarlar tamaddunning adoqsiz egatlaridan salomat o`tib, bugun bilan yuzlashib turibdi..

Muallifning har bir hikoyasi bo`yicha soatlab tafakkur ummoniga sho`ng`ish, shuurimiz va nutqimizning so`nggi quvvatiga qadar so`zlash mumkin; har bir asar butun bir tarix- adabiyotni o’zida qamragan xrestomatiya kabidir.. Go`yoki muallifning tafakkur dengizida o`tmish davrning bor bo`yi jilva qiladi-yu, har bir o`quvchi bu bahrdan o`z idrok irmoqlariga sig`ganicha suv ichadi va, o`ylaymizki, bu yutumlar har bir mutolaago`y ongida yangi to`lqinlar, po`rtanalar hosil qilishga asos bo`ladi…



Nurboyeva Maftuna Tel: +998914474038
Download 20,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish