Mavzu: Ko’llar gidrokimyosi, maydoni, chuqurligi
R E J A:
Ko’llarning er yuzasida tarqalishi va geografik joylanishi.
Ko’llarning turlari.
Ko’llarning morfologiyasi va morfometriyasi.
Tayanch iboralar.
Katta ko’llar, o’rtacha ko’llar, kichik ko’llar, doimiy havza, vaqtinchalik havza, tektonik havza, vulqonli havza, meteoritli havza, muz havzalar, karstli havza, issiq karstli havza,suffazion havza, eolali havza, daryolardan kelib chiqqan havza, organoid havza.
1. KO’LLARNING ER YuZASIDA TARQALIShI VA GEOGRAFIK JOYLANIShI .
Suv almashinishi sekinlik bilan boradigan tabiiy suv havzasiga ko’l deyiladi. Ko’l okean bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqaga ega emas. Ko’l hosil bo’lishi uchun 2 sharoit zarur – birinchidan, tabiiy havzasi, ya’ni er yuzasining chuqurlashgan joyi va ikkinchidan havzada ma’lum miqdorda suvning bo’lishi.
Er yuzasida ko’llarning tarqalishi turlicha. Ko’llarning miqdori ular maydonining umumiy quruqlik maydoniga munosabati bilan belgilanadi. Eng ko’p ko’llar Shimoliy Evropa, Kanada, Shimoliy Amerika, Janubi-G’arbiy Sibir, Shimoliy Qozog’istonda daryolarning quyilish joylarida joylashgan. Maydoni 100 km2 dan katta bo’lgan yirik ko’llar Afrika, Osiyo va Shimoliy Amerikada joylashgan. Er yuzining 1945 ta eng yirik ko’llarida 168 ming km3 suv yig’ilgan bo’lib, bu er yuzasidagi hamma ko’llar suvining 95 % ini tashkil qiladi. Er yuzidagi sho’r suvli ko’llardan eng kattasi Kaspiy ko’li bo’lib, uning maydoni 374000 km2, suv hajmi 78200 km3, eng chuqur joyi 1025 m. chuchuk suvli ko’llardan eng kattasi Kanada va Amerikada joylashgan Verxnee ko’li bo’lib, uning maydoni 82680 km2, suv hajmi 11600 km3 eng chuqur joyi 406 m. Eng ko’p suv Kaspiy ko’lida to’plangan, chuchuk suvli ko’llardan esa Baykal ko’lida to’plangan 23000 km3. Dunyoda eng chuqur ko’l ham Baykal hisoblanadi, chuqurligi 1741 m.
Ko’llar kattaligi, doimiylik darajasi, havzasining kelib chiqishi, suv almashish hususiyati, suv balansining tuzilishi, issiqlik rejimi, suvining minerallanishi, suv organizmlarining oziqlanish sharoiti va boshqalarga qarab bir necha turlarga bo’linadi.
KATTALIGIGA KO’RA QUYIDAGIChA BO’LINADI.
Juda katta ko’llar – 1000 km2 ortiq.
Katta ko’llar – 101 dan 1000 km2 gacha
O’rtacha ko’llar – 10 dan 100 km2 gacha
Kichik ko’llar – 10 km2 gacha.
DOIMIYLIK DARAJASIGA QARAB.
Doimiy
Vaqtinchalik – yilning namlik yuqori bo’lgan vaqtlarida suv bilan to’ldiriladi.
HAVZASINING KELIB ChIQIShIGA QARAB.
1. Tektonik havza - yirik tektonik botiqlar va tekisliklarda (Ladoga, Onega, Ilmen, Verxnee), yirik tektonik tog’ yonbag’irlarida (Vaxsh), yirik tektonik yoriqlarda (Baykal, Taganika, Nyasa) joylashgan. Er yuzidagi eng katta ko’llar ko’pchiligining suv havzasi tektonik hususiyatga ega.
2. Vulqonli havza - vulqonlar otilishi natijasida hosil bo’lgan havzalar (Italiyadagi ba’zi ko’llar, Yaponiyadagi Yava ko’li).
3. Meteriotli havza - meteoritlar tushishi natijasida hosil bo’lgan (Estoniyada Kaali ko’li).
4. Muz havzalar – muzliklardan hosil bo’lgan.
5. Karstli havzalar – oxak, dolomit va gipsning ximiyaviy yoki sizot suvlari ta’sirida erishi natijasida hosil bo’lgan. Bunday havzalar er yuzasida yoki er sotida g’or hosil qilib paydo bo’lishi mumkin. Bunday ko’llar Uralda, Kavkazda va Qrimda uchraydi.
6. Issiq karstli havzalar – bunday havzalar abadiy muzliklarning erishi natijasida hosil bo’ladi: Tundra va Taygadagi kichik ko’llar.
7. Suffozion havzalar – er osti suvlari ta’sirida mayda zarrachalar va sementlashgan moddalarning yuvilishi natijasida hosil bo’ladi.
8. Daryolardan kelib chiqqan havzalar - daryolarning qurishi, eroziyaga uchrashi natijasida ularning quyilish joylarida hosil bo’ladi.
9. Dengizlardan kelib chiqqan havzalar - dengiz suvining ko’tarilishi natijasida dengiz atrofidagi daryolar va chuqurliklarda hosil bo’ladi.
10. Eololi havzalar – qum barxanlarining orasida daryo va deltalarning suvi ko’tarilishi natijasida hosil bo’ladi (Volga, Il, Dunay daryolarining deltalarida).
11. Organoid havzalar – botqoqliklardan hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |