150
Lekin, unga nisbatan kamyob va ishlab chiqarilish jarayoni murakkabroq bo‘lgan qalay ham
o‘tmishda negadir o‘ziga munosib qadr topmagan.
Qo‘rg‘oshinning foydali jihatlaridan biri shundaki, u atiga 328 °C dayoq eriydi.
Metallar uchun bu nihoyatda past erish harorati sanaladi. Qalay esa undan
ham past haroratda,
ya’ni, 232 °C da eriydi. Mazkur ikki metall qotishmasi esa yanada past haroratdayoq eriy
boshlaydi va shu xossasiga ko‘ra kimyo va fizika tajribaxonalarida qadrlanadi.
Texnikada oson eriydigan qotishmalarga muntazam ehtiyoj mavjud. Oson eriydigan
qotishmalar tarkibida vismut, yoki, surma mavjud bo‘ladi. Shuningdek,
aksariyat oson
eruvchan qotishma tarkibida albatta qo‘rg‘oshin va qalay ham, yoki, bir vaqtning o‘zida
ularning ikkisi ham mavjud bo‘ladi. Masalan, Vud qotishmasi 50% vismut, 25% qo‘rg‘oshin
va 12,5% qalaydan tashkil topgan bo‘ladi. Gart nomli qotishmada esa 5% surma, 3% qalay va
82% qo‘rg‘oshin bo‘ladi.
Bir paytlar qalay va qo‘rg‘oshin qotishmasidan arzon idishlar ishlab chiqarishni ham
yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Bunday idish tarkibining asosiy qismini qalay tashkil qilgan.
Lekin, bu tajriba o‘zini oqlamadi va keyinchalik o‘z-o‘zidan tinchib ketdi.
Qalay va qo‘rg‘oshinni turli proporsiyalarda aralashtirish orqali
payvandlash vositasi
tayyorlanadi. Oson eriydigan va yumshoq payvand vositasi elektronika platalaridagi
yo‘laklarda va asosan, elektronika-mikroelektronika sxemalarida payvandlash uchun
ishlatiladi. Payvandlagich (payalnik) orqali
bunday qotishmani qizdirib, keyin kerakli joyni
ulash mumkin. Payvand modda sovigach, qotadi va ulangan qismga mahkam yopishadi.
Bunday modda elektr tokini yaxshi o‘tkazgani bois, elektrotexnika va maishiy texnika ishlab
chiqaruvchilari va tuzatuvchi ustalarining ish stolidan muntazam va muqim joy olgan.
Davriy jadvalda kremniy va qalayning oralig‘ida atom raqami 32
bo‘lgan
germaniy
elementi joylashgan. Uni 1886-yilda olmon kimyogari
Klemens Aleksandr Vinkler (1838-1904) tomonidan kashf etilgan.
Vinkler o‘zi kashf etgan ushbu metallni vatani Germaniya sharafiga
shunday nomlagan.
Germaniyning kashf etilish tarixi ham qiziq. 1869-yilda rus kimyogari D.I. Mendeleyev
kimyoviy element davriy jadvalini ishlab chiqdi va undagi bitta ustunda joylashgan elementlar
o‘zaro o‘xshash kimyoviy xossalarga ega bo‘lishini fahmlab qoldi. O‘sha paytda kimyoviy
elementlarning hammasi ham kimyogarlarga ma’lum emasdi
va ularning aksariyatining
mavjudligini olimlar taxmin ham qilishmasdi. Biroq, Mendeleyev davriy jadvalida bo‘sh
kataklar bo‘lib, bu tabiatda hali kashf etilmagan elementlar mavjudligini bildirgan.
1871-yilda Mendeleyev davriy jadvaldagi bo‘sh kataklar bir kun kelib albatta to‘lishini,
ya’ni, hali olimlarga noma’lum elementlar albatta kashf etilishini ma’lum qildi. Misol sifatida
uchun uchta bo‘sh katakni ko‘rsatib, ushbu kataklarni to‘ldirishi lozim bo‘lgan elementlar
151
qanday xossalarga ega bo‘lishi haqida aniq ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirdi. U jumladan,
qalay va kremniy orasida joylashishi lozim bo‘lgan va hozircha kashf etilmagan element haqida
ham gapirib o‘tgan. Mendeleyevning o‘zi o‘sha hozircha noma’lum elementni
ekakremniy
deb
nomlagan. Eka – sanskrticha so‘z bo‘lib, 1 raqamini bildiradi. «Ekakremniy» atamasi esa,
«
kremniydan keyingi birinchi element
» degani bo‘lgan. U mazkur elementning taxminiy
xossalarini, kremniy va qalaynikidan kelib chiqib aytib bergan.
Tez orada, Mendeleyev bashorat qilgan o‘sha uchala
element haqiqatan ham kashf
etildi va ularning kimyoviy va fizik xossalari u olim bashorat qilgani bilan bir xil bo‘lib chiqdi.
O‘sha uchun element ichida eng oxirgi bo‘lib germaniy kashf qilingan va shu orqali, davriy
jadvalning to‘g‘ri ekani va Mendeleyevning haq ekani qat’iy isbotlangan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, germaniy elementi butun dunyoni o‘zgartirib
yuborgan kashfiyotlardan biri uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Germaniyga maxsus birikmalar
qo‘shilsa, u muayyan sharoitlarda elektr tokini faqat bir tarafga o‘tkazadigan bo‘lib qoladi.
Boshqacha aytganda, u
yarimo‘tkazgich
hamda,
kuchaytirgich
sifatida ishlay boshlaydi.
Bunda, germaniy zaif toklarni kuchaytirib beradi va elektronika sxemalarida muhim ahamiyat
kasb etadi. Biroq, buning uchun germaniy bo‘lagi imkon qadar sof bo‘lishi kerak va unda
ayniqsa mishyak aralashmagan bo‘lishi kerak. Milliarddan
bir qism mishyak ham
germaniyning tokni kuchaytirish va yarimo‘tkazgich xossalarini chippakka chiqaradi.
Germaniyning ushbu o‘ta muhim xossasidan elektronika va mikroelektronikadagi eng muhim
elementlardan biri bo‘lgan – tranzistorlarni tayyorlashda foydalaniladi. Tranzistorlar esa –
axborot asrini boshlab bergan va insoniyat sivilizatsiyani yangi yo‘nalishga – axborotlashtirish
erasiga burib yuborgan eng buyuk ixtirolardan biridir.