11.Tilda “Men”-subyektning namoyon bo’lishida kognitiv o’ziga xoslik va uning aks etishi.
12.Konsept tushunchasi.Tushuncha va bilim.Bilim ssenariysi.
Konsept –to’g’ridan-to’g’ri ong bilan mos bo’lgan til belgisiga aloqador bo’lgan moddiy yoki ideal obyektning hayoliy obrazidir.
Konsept tafakkur birligi va uning asosida tushuncha,obraz va lisoniy ma’no umumlashmasi yotadi.Konseptning shakllanishi individual obraz tug’ilishidan boshlanib,lisoniy birlikning paydo bo’lishi bilan tugaydi. Konsept-mental tuzilma bo’lib,u turli tarkibdagi va ko’rinishdagi bilimlar kvanti va umumlashmasidir.Konseptlar inson ongida shakllanadigan turli kategoriyalarning asosini tashkil qiladi,ular uchun tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi.
Tushuncha-narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari,aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli.Tushuncha bilish mahsulidir,bu bilish oddiydan murakkabga ko’tarila borib,eski tushunchalarni mukammallashtiradi,aniqlashtiradi va yangilarini shakllantiradi.Tushnchaning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani bosha narsadan fikran ajratishdan iborat.
Bilim-kishilarning tabiat,jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik ma’lumotlari va uning inson tafakkurida aks etishidir.Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi.
13.Kognitiv tadqiq terminologiyasi haqida.Kognitiv tadqiq metodologiyasi.
Kognitologiya-bilish nazriyasining asosi,insonning bilish faoliyati haqidagi fan hisobanadi.Shunday ekan kognitiv tilshunoslikning asosiy maqsadi ham til tizimining bilish jarayonidagi ishtiroki va ulushini aniqlashdir.Til birliklarining egallanayotgan bilimning lisoniy voqelanishidagi ishtiroi hamda lisoniy faoliyatning axborotni shakllantirish va qayta ishlashdagi rolini aniqlash kognitiv tadqiqning ko’rinishlaridan biridir.
14.Kognitiv bilim tilda olamni idrok etishning asosiy turi sifatida.
Insonlarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik ma’lumotlar va uning inson ongida aks etishi bilim hisoblanadi.Voqelik haqidagi bilgan ma’lumotlarimiz bilim darajasiga ko’tarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim.birinchidan,bu ma’lumotlarning voqelikka mutanosibligi;ikkinchidan,yetarli darajada ishonarli bo’lishi;uchinchidan,bu ma’lumotlar dalillar bilan asoslangan bo’lishi lozim.Uchchala shart birgalikda mavjud ma’lumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi.Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga,mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi.Kishining moddiy dunyo to’g’risidagi bilimlari nisbiydir,u doim rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |