саволлар
2. Direktorlar kengashi samarali ishlashiga sharoit yaratish uchun direktorlar
qo‘mitasi shakllandi, unda direktor kengashida ko‘riladigan masalalarning yechimi
bo‘yicha tavsiya va takliflar beriladi (masalan korporatsiya Korporativ boshqaruv
kodeksi, yillik biznes reja bo‘yicha).
Kompaniyaning korporativ xulq atvorni baholash natijasida “PWC”
reyting
agentligi xulosada «AAABBBCCC» AJ ning ushbu holatini quyidagicha baholadi:
«Direktorlar kengashi qo‘mitasining mavjud emasligi, ayniqsa, audit qo‘mitasini
tashkil etilmaganligi, moliyaviy hisobotni yuritish korrupsiyani oldini olish bo‘yicha
shaffoflikni ta’minlovchi SAP tizimi orqali yuritilmayotganligini salbiy holat deb
baholadi.
Ushbu xulosadan kelib chiqqan holda kompaniyada
direktorlar kengashi
tomonidan direktorlar qo‘mitasi tashkil etishga qaror qilindi.
“Auditorlik qo‘mitasini shakllantirish haqidagi” yo‘riqnomani ishlab chiqish
vazifasini taftish komissiyasiga topshirildi.
Jamiyat ustavida ham, “Direktorlar
kengashi haqida”gi yo‘riqnomada ham direktorlar qo‘mitasini shakllantirish
masalasi ko‘rsatib o‘tilmagan. “AAABBBCCC”
aksiyadorlik jamiyatining
direktorlar kengashi a’zolari soni 11 tani tashkil etadi. Bunda aksiyadorlar ichida 1
aksiyador “oltin aksiya” ga ega.
a) Aksiyadorlik jamiyati direktorlar kengashi direktorlar qo‘mitasini
shakllantirish uchun qanday harakat qilishi kerak?
b) Direktorlar kengashining direktorlar qo‘mitasini shakllantirish bo‘yicha
qabul qilgan qarori to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini muhokama qiling.
c) “Oltin aksiya” egasi AJning sohadagi boshqa yirik kompaniyani sotib
olishini(qo‘shib olishi) talab qilmoqda. Huquqiy baho bering.
d) Agar kompaniya uchun qo‘shimcha aksiyalarni
emissiya qilish zarurati
tug’ilsa, bu qay tartibda va qaysi korporativ boshqaruv organi tomonidan amalga
oshiriladi? Javobingizni batafsil izohlang.
Жавоб:
Бугунги кунга келиб дунё миқёсида кенг қўлланиладиган тушунчалардан
бири шубҳасиз корпоратив бошқарув тушунчасидир.
Бунга корпоратив
бошқарув органлари томонидан фаолияти самарали ташкил этилиб
келинаётган йирик акциядорлик компаниялари, трансмиллий корпорациялар
ва ҳокозоларнинг миллий ва жаҳон иқтисодиётидаги ўрни сабаб бўлмоқда.
Дунёнинг
деярли барча мамлакатларида, хусусан мамлакатимизда ҳам
корпоратив бошқарув тизимини самарали ташкил этиш масаласига жиддий
эътибор қаратилиб келинмоқда. Корпоратив бошқарувнинг иқтисодий
моҳияти узоқ йиллардан буён ўрганиб келинмоқда ва
бу борада
тадқиқотчиларнинг фикрлари хилма-хиллигига гувоҳ бўлиш мумкин.