Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


ТERI-TANOSIL KASALLIKLARI



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

 ТERI-TANOSIL KASALLIKLARI
7.1. Venerik kasalliklar
Venerik kasalliklarning paydo bo‘lgan vaqti aniq emas. Lekin
adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy, Hindiston,
Gretsiya, Rim mamlakatlarida juda uzoq vaqtdan beri mavjudligi
ma’lum.
Zaxmning kelib chiqishi kam ma’lum bo‘lib, XV – XVI
asrlardagi urushlar uning Yevropada tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Ba’zi olimlarning fikricha, Afrikadan kelgan deyiladi. Shu
vaqtdan boshlab, har tomonlama tekshirila boshlanib, ularning
qo‘zg‘atuvchisi topildi. 1879-yili nemis olimi Neysser gonoreya
qo‘zg‘atuvchisi — gonokokkni, 1885-yil Italiya shifokori Ferrari
yumshoq shankr qo‘zg‘atuvchisi — streptobatsillani topdi. Ikki
yil o‘tgach, rus professori O.B.Petrson buni eksperimental isbot
qildi. 1905-yil Shauden va Gofman zaxm qo‘zg‘atuvchisi — «blednaya
spiroxeta» (treрonema)ni topdi.
Zaxm — xronik yuqumli kasallik. Butun to‘qima va organlarni
zararlaydi. Davolanmasa, uzoq vaqt davom etadi va naslga o‘tadi
(tug‘ma zaxm).
Etiologiyasi. Rangsiz spiroxetaning 8 – 12 ta har xil buramalari
bo‘lib, uchiga borib biroz to‘g‘rilanadi. O‘ramalar soni 5 tadan 24
tagacha o‘zgarib turadi. Uzunligi 6 – 12 mikron (ba’zan bitta
bo‘g‘inli yoki 2 – 3 marta uzun bo‘ladi). Тreрonema o‘ziga xos
harakatlanadi: o‘z o‘qi atrofida, ilgarilanma, to‘lqinsimon, chopib,
suzib.
Elektron mikroskopda uning murakkab tuzilishi aniqlangan.
Тashqi muhitga chidamsiz. Optimal harorati — 37°C, past haroratda
yaxshi saqlanadi (3 sutka). Тreрonema 2 yoki 3 ga ko‘ndalang
bo‘linish bilan ko‘payadi. Yomon sharoitga tushsa (ovqat yetishmasa,
antibiotiklar ta’sirida) «L» shakli hosil bo‘ladi. Sistka treрonema
dumaloq bo‘lib, ustidan ko‘p qavatli parda bilan qoplangan. U
organizmda uzoq vaqt saqlanadi. Yaxshi sharoit bo‘lgach, yana


127
spiralsimon shaklga aylanadi. Ba’zi olimlarning fikricha, yana
donachali va ko‘rinmaydigan filtrlanuvchi treрonema shakli borligi
taxmin qilinmoqda. Тreрonema anilin bo‘yog‘i bilan sust bo‘yaladi.
Shuning uchun rangsiz treрonema deyiladi. R.Gimza bo‘yog‘ida
och pushti, boshqa treрonemalar esa binafsha va ko‘kka bo‘yaladi.
Yuqish yo‘li. Ko‘pincha teri va shilliq parda orqali, jinsiy aloqa
qilish bilan, kamroq zaharli material bilan ifloslangan har xil
buyumlar orqali yuqadi. Тibbiyot xodimlari bemorlarni ko‘rishda,
davolashda, hayotda ishlatiladigan har xil buyumlar (stakan,
qoshiq, papiros, musiqa asboblari, ginekologik oyna, tish davolash
asboblari) orqali, bemorning fiziologik chiqindilari — tupugi, suti,
spermalari orqali yuqishi mumkin.
Yuqish sharoiti — teri yoki shilliq qavat butunligining oz
bo‘lsa-da buzilishi. Ba’zan zaxm bilan kasallangan donorlar orqali
yuqishi mumkin. Zaxm o‘ziga xos rivojlanishi bilan xarakterlanadi:
– to‘lqinsimon – faol davri yashirin davri bilan almashinib
turadi;
– to‘qima hamda organlarda sekin va ketma-ket klinik,
patanatomik o‘zgarishlar yuz beradi. Shunga ko‘ra, zaxm rivojlanishi
to‘rt davrga bo‘linadi:
1. Inkubatsion yashirin davri. Yuqqandan to kasallikning birinchi
belgisi paydo bo‘lguncha. Bu 3 – 4 haftaga teng.
2. Zaxmning 1-davri 6 – 7 hafta davom etadi, treрonema kirgan
joyda sifiloma — qattiq shankr va 5 – 7 kun o‘tgach, yaqin limfa
tugunlarining kattalashishi bilan xarakterlanadi. Yara chetlari qattiq,
o‘rtasi nekrozlangan, taqsimchani eslatadigan, og‘riqsiz.
3. Zaxmning 2-davri, ko‘pincha teri, shilliq qavat, kamroq
ichki organlarning harakat apparatini, MNS va periferik nerv
sistemasini zararlash bilan xarakterlanadi, ya’ni infeksion gene-
ralizatsiya davri kasallik faollashadi, so‘ng yashirin simptomsiz davri
davom etadi. Bu davr o‘rtacha 2 – 4 yil, ba’zan undan ham ko‘p
yil davom etadi.
4. Zaxmning uchlamchi davri klinik gumma yoki tugunlar paydo
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Тerining shilliq qavatida, MNS harakat
apparatida gumma paydo bo‘ladi. Kasallik yuqqanda, ba’zan
10 yillarda MNS zararlanib, progressiv falajlik yuz beradi. Yuqorida
ta’riflangan shakllaridan tashqari, shankrsiz, o‘smasimon,
simptomsiz shakllari uchraydi. Kasallikdan so‘ng immunitet hosil
bo‘lmaydi. Shuning uchun 2 – 3 marta qayta kasallanish mumkin.


128

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish