Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich


Qorin  pardaning  pariyetal  varag‘i



Download 487,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana31.12.2021
Hajmi487,5 Kb.
#278508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Qorin parda boshligi, qorin parda hosilalari. Laparotomiyalar

Qorin  pardaning  pariyetal  varag‘i  qorin  devorlarini  ichki  tomondan 

o‘rab, undan yog‘ qatlami (qorin parda oldi, qorin parda osti, qorin parda usti, 

qorin parda orti) bilan ajralib turadi. 

Qorin  parda  qorinning  oldingi  devoridan  diafragmaning  pastki  qavariq 

yuzasiga  o‘tadi  va  uni  qoplaydi.  Diafragmadan  qorin  parda  jigarning  yuqori 

yuzasiga  o‘tadi  va  ikkita  boylam  hosil  qiladi:  bittasi  sagittal  tekislikda  –  lig. 



falciforme,  ikkinchisi  frontal  tekislikda  –  lig.  coronarium  hepatis.  Qorin  usti 

sohasida  jigarning  darvozasi  qismidan  kindikka  qarab  sagittal  yo‘nalishda 

jigarning  yumaloq  boylami  boradi.  Bu  boylam  bo‘ylab  uning  pastki  qismida 

bitib ketgan kindik venasi yotadi. Jigarning yuqori yuzasidan qorin parda uning 

pastki  yuzasiga  o‘tadi  va  jigar  darvozasi  yonidan  me’daning  kichik  egriligi 

tomon yo‘nalib, kichik charvini hosil qiladi. Me’daning kichik egriligida qorin 

pardaning  varaqlari  bir-biridan  uzoqlashadi:  biri  –  me’daning  orqa  devorini, 

ikkinchisi – oldingi devorini qoplaydi. Me’daning katta egriligiga yetgach qorin 

pardaning  varaqlari  yana  qo‘shiladi,  bunda  me’daning  katta  egriligi  bilan 

qo‘ndalang-chambar  ichakka  o‘tish  joyida  boylam  (lig.  gastrocolicum)  hosil 

bo‘ladi.  Uning  davomi  katta  charvini  hosil  qiladi:  u  qorin  pardaning  to‘rtta 

varag‘idan  iborat.  Ulardan  ikkitasi  lig.  gastrocolicum  ning  davomi  bo‘lib, 

chanoqqacha  tushadi,  bu  yerda  qayrilib,  yana  yuqoriga  ko‘tariladi  va 

ko‘ndalang-chambar  ichakka  yetib  boradi.  Shunday  qilib,  katta  charvida  to‘rt 

varaq hosil bo‘ladi. 

Katta  charvining  orqadagi  varaqlari  oldingi  varaqlari  bilan  birikadi.  Ular 

ko‘ndalang  chambar  ichakni  o‘rab,  uning  tutqichini  hosil  qiladi  va  oshqozon 

osti  bezi  tomon  yo‘naladi.  Bu  yerda  qorin  parda  varaqlari  yana  bo‘linadi.  Biri 

yuqoriga ko‘tariladi va charvi xaltaning orqa devorini qoplaydi. Boshqa varag‘i 

pastga  yo‘naladi  va  qorin  bo‘shlig‘i  pastki  qavatining  orqa  devorini  qoplaydi. 

Bu  yerda  qorin  parda  o‘n  ikki  barmoq  ichakning  pastki  gorizontal  qismini 

qoplaydi,  ingichka  ichak  tutqichini  hosil  qiladi,  yon  taraflarda  esa 

ko‘tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarni qoplaydi. 

O‘ng  yonbosh  chuqurchada  qorin  parda  ko‘r  ichakni,  chap  yonbosh 

chuqurchada  S-simon  ichakni  qoplaydi  va  unga  tutqich  hosil  qilib,  kichik 

chanoq  bo‘shlig‘i  tomon  yo‘naladi.  So‘ng  uning  devorlarini  qoplab,  qovuq 

hamda  to‘g‘ri  ichakning  vistseral  qoplamini,  ayollarda  esa  yana  bachadon  va 




Download 487,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish