Kobalt, xrom va nikel asosli qotishmalar. Ko‘p yillardan buyon
kobalt-xromnikelli qotishmalar qo‘llaniladi. Bunga ortopedik
davolashda tishlarga, tish guruhlariga, protez: yuzasi shilliq par-
dasiga tanlangan bosim tushirish imkonini beradigan konstruk-
siyalarni afzal ko‘rishga imkon berdi. Bunday murakkab konstruk-
siyalar, odatda, Byugel konstruksiyalar hisoblanadi va tish
qatorlariga hajm va chiziqli aniqligi yuksak bo‘lgan taqdirdagina
mahkamlab qo‘yilishi mumkin.
Плсатмасс турлари. Полимеризация жараёни.
Polimerlar — tabiiy materiallardan kimyoviy yo‘l bilan yoki
past molekular birikmalardan kimyoviy sintez qilib olinadigan
yuksak molekular birikmalarning katta bir guruhidir. Sanoatda
polimerlar tabiiy gaz, toshko‘mir, neft mahsulotlari, slaneslar,
torf, yog‘ochlarni qayta ishlashda olinadi. Polimerlarning xossa-
laridan biri ularning texnologik jihatdan yuksakligi, qizdirishda va
bosim ostida qoliрlanishi hisoblanadi. Shu tufayli, ularning sanoatda
qo‘llanilishi takomillashishiga va turli-tuman sanoat buyumlarini
olish usullarini osonlashtirishga, sifati oshishi va mahsulot
tannarxining pasayishiga imkon beradi.
Plastmassalar bir komponentli (pleksiglas, polistirol) va ko‘p
komponentli aralashmalar (aminoplastlar, fekoplastlar va boshq.),
sopolimer bo‘lishi mumkin. Qizdirish plastmassalar xossalariga
qanday ta’sir qilishiga ko‘ra, ularni termoplastik va termoreaktiv
turlarga ajratiladi. Тermoplastik (qaytar) polimerlar qizdirilganda
yumshaydi, sovitilganda o‘z tarkibini o‘zgartirmay qotadi.
Тermoplastik plastmassalarga polimetilmetakrilat, polistirol,
kapron, polivinilxlorid, polietilen, ftoroplast, polikarbonat va
boshqalar kiradi.
Тermoreaktiv (qaytmas) polimerlar. Kritik haroratgacha (150—
170°C) qizdirilganda, ayrim hollarda esa, qizdirilmaganda ham
ular ikkilamchi yumshoq xususiyatini yo‘qotadi, bunda ayrim
komponentlari kimyoviy o‘zgarishga uchraydi yoki yemiriladi.
Plastmassalarning bu turiga bakelit, aminoplastlar, fenoplastlar
va boshqalar kiradi.
Тermoplastik polimerlar. Polietilen va poliрropilen o‘xshash
xossalarga ega. Ular korroziyen jihatdan o‘ta barqaror, ancha
mustahkam, radioaktiv nurlanishlarga chidamli, suv singdiruv-
chanligi va gaz o‘tkazuvchanligi kam. Bu plastinalarning mustah-
kamlik xossalari qizdirilganda pasayadi. Ulardan quyish, siqish,
presslash yo‘li bilan ashyolar tayyorlanadi. Sanoatda ulardan elektr
izolatsion, suvga barqaror, kimyoviy chidamli ashyolar tayyorlash
uchun foydalaniladi. Materiallar tirik organizm uchun bezarar,
gigiyenik.
Polixlorvinil — mexanik mustahkamligi yaxshi, kimyoviy
barqaror plastmassadir. Ortopedik stomatologiyada xlorvinil va butilakrilat sopolimeri elastoplast qo‘llaniladi. Bu elastik plastik bokser shinalarini tayyorlash uchun ishlatiladi
Poliamidlar (perlon, neylon) — bu guruhga mansub plastik-
larning mustahkamligi yuqori, issiqlikka chidamli, yedirilishga
qarshiligi kuchli, ular texnologik bezarar. Ortopedik stomatologiyada olib qo‘yiladigan protez bazislarini
mustahkamlash maqsadida armaturalar yasash uchun kapron va
neylon iрlardan foydalaniladi, biroq ular keng qo‘llanilmadi
Do'stlaringiz bilan baham: |