Пастки жағ вертикал харакати. Оғизнинг очилиши ва тушишида қатнашувчи мушаклар?
Javob: Pastki jag’ vertikal yo’nalishda harakat qilganda pastga va tepa tarafga harakatlanib,ochilib – yopiladi.Pastki jag’ning bu yo’nalishidagi harakat jag’ suyagining og’irligi hisobiga hamda pastki jag’ni pastga tushiruvchi va ko’taruvchi mushaklarning galma-gal qisqarishi hisobiga bo’ladi.
Bu harakat qo’shma hisoblanadi,chunki bo’g’im boshi bir vaqtning o’zida bo’g’im chuqurligida ham sirpanadi,ham aylanadi.Og’izni kichikroq ochganda bo’g’im boshi ko’ndalang o’q atrofida aylanadi.Agar og’iz kattaroq ochilsa,bunda bo’g’im boshi bilan bo’g’im diski sirpanadi.
Pastki jag’ni tushuruvchi mushaklar: m.geniohyoidea (engak til osti mushak),m.mylohyoidea (pastki jag’ va til orasidagi mushak),m.digastricus (ikki qorinchali mushak).
Пастки жағ саггитал характлаи. Саггитал бўғим ва кесув йўллари, шунингдек бурчаклари.
Javob: Pastki jag’ning sagittal yo’nalishdagi (oldinga) harakati tashqi qanotsimon mushaklarning birdaniga ikki tomonining qisqarishi hisobiga bo’ladi.Pastki jag’ning oldinga bo’ladigan harakatida bo’g’imda ko’proq sirpanish va qisman bo’g’im boshi ko’ndalang o’qi old aylanish harakati bo’ladi.Agar tepa old tishlar pastki old tishlarni yopib tursa (ortognatik prikus),bunda bo’g’imda bo’ladigan harakat ko’proq ko’ngalang o’q atrofida bo’ladi.
Agar to’g’ri prikus bo’lsa,bo’g’imda bo’ladigan harakat bo’g’im boshining o’z o’qi atrofida aylanishi hisobiga bo’ladi.
Pastki jag’ning oldinga bo’ladigan harakati 3 qismga bo’linadi:
1) jag’ni pastga tushirish;
2) jag’ni oldinga surish;
3) old tishlarni chetlari to bir-biriga tekkunga qadar tepaga ko’tarish.
Oldinga bo’ladigan harakat tish kesuv yuzalarini bir-biriga tegishi bilan tamom bo’ladi.Lekin yana surilganda tish qatorlarining bir-biriga tegishi yo’qoladi va chaynov harakati deb hisoblanmaydi.So’ng yana o’z joyiga qaytadi va ovqatni kesib olish vazifasini bajaradi.
Sagittal yo’nalish burchagi okklyuzion yuzaga nisbatan 20° – 40° C gacha teng bo’ladi.
Пастки жағ трансверзал харакатлари. Готик бурчак ва Беннет бурчаги.
Javob: Bunda tashqi qanotsimon mushaklar bir tomonining qisqarishi natijasida yuzaga keladigan murakkab harakat.Chunki pastki jag’ning bunday harakatida bir tomonidagi bo’g’im boshi bo’g’im chuqurchasidan chiqib,bo’g’im balandligida sirg’anadi,ikkinchi tomonidagi bo’g’im boshi bo’g’im chuqurligidan chiqmay,o’zining vertikal o’qi atrofida aylanadi.
Natijada pastki jag’ning ikki tomoni yuqori jag’ bilan ikki xil munosabatda bo’ladi.Masalan,o’ng tarafga bo’ladigan harakat quyidagicha: chap tomondagi tashqi qanotsimon mushak qisqarganda pastki jag’ o’ng tomonga harakat qiladi.Bunda chap tomondagi bo’g’im boshi bo’g’im chuqurchasidan chiqib bo’g’im balandligida sirpanib pastga,oldinga ham ich tarafga yo’naladi.O’ng tarafdagi bo’g’im boshi esa bo’g’im chuqurligidan chiqmaydi va o’z vertikal o’qi atrofida aylanadi.
Bunda jag’ bilan harakatlanuvchi o’ng tomon tishlar ishchi,chap tomondagi tishlar esa mezona deyiladi.
Ishchi tishlar o’zlarining qarshilaridagi tishlarning bir xil do’mboqlari bilan jipslashadi(ba’zida aksi ham bo’lishi mumkin),mezona tarafdagi lunj do’mboqlari qarshisidagi tanglay tarafdagi do’mboqlari bilan jipslashadi.
Natijada yuqori va pastki jag’ tishlar orasida bo’shliq paydo bo’ladi.Bu ikki tomondagi bo’shliq bir xil bo’lmaydi,sabab yon tishlarning lunj va tanglay tarafdagi do’mboqlari bir xil tekislikda yotmasligi,jag’ning 2 tomonidagi bir xil tishning lunj taraflaridan chiziq o’tkazilganda ko’ndalang qiyshiq chiziq holatida bo’lishi.
Ovqatni chaynash,maydalash asosan ishchi tish qatorlarida,ovqat bo’laklarini ezish mezona tarafda bo’ladi.
Окклюзия турлари.
Javob: Okklyuziya – yuqori va pastki jag’ tishlarining to’liq jipslashuviga aytiladi. Okklyuziya artikulyatsiyaning bir qismidir.
Okklyuziyaning turi ko’p bo’lib,biz asosan 4 ta okklyuziyani ko’rib chiqamiz:
Markaziy okklyuziya;
2,3) 2 ta yon okklyuziya;
4) Oldingi okklyuziya.
Марказий окклюзия белиглари.
Do'stlaringiz bilan baham: |