Bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish. Uning mazmuni va qoidalarini tushuntirishi tarbiyachidan puxta tayyorgarligini talab etadi. Ayrim o‘yinlarning mazmuni oldindan bo‘ladigan suhbatlar asosida bolalarni bilimlarini oydinlashtirish mumkin. Ularning tasavvurlari aniqlashadi, o‘yin obrazlarga nisbatan munosabat tarkib topadi, asosiy xayol o‘sadi.
O‘yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko‘ra har-xil o‘tishi mumkin, biroq bu tadbir doimo emotsional jihatdan qizig‘arli, bolalarni quvnoq o‘yin faoliyatiga tayyorlaydigan, o‘yinni tezroq boshlash istagina tug‘diradigan va o‘yin topshiriqlarini ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo‘lishi kerak.
Mazmunsiz o‘yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali ohangda bo‘lishi lozim. Tarbiyachi o‘yin harakat izchilligini tushuntiradi, bolalar va o‘yin atributlarining joylashish o‘rni (kichik va o‘rta guruhda buyumlarni mo‘ljallab, katta guruhlarda esa mo‘ljalga olmay ko‘rsatadi) fazo iborasidan foydalangan holda ko‘rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi.
O‘yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo‘lsagina o‘yin quvnoqlik va uyushqoqlik bilan bilan o‘tadi.
4.Jismoniy qobilyatni tarbiyalovchi o’yinlar.
Jismoniy qobilyat shug’ullanuvchilarning yoshiga va jinsiga bog’liq. Faol jismoniy qobilyat 10-14 yoshda, sust jismoniy qobilyat 9-10 yoshda kuzatiladi. Jismoniy qobilyat o’sishining turli bosqichlari bor.
Qizlarda 14-15 va 16-17 yoshda jismoniy qobilyat o’sishining yuqori sur`atlari belgilangan, o’g’il bolalarda esa 9-10, 13-14 va 15-16 yoshdir. 13-15 yosh turli bo’g’imlarning harakatchanligi rivojlanadigan paytdir.
Jismoniy qobilyatni rivojlantirish ustida ishlash kichik va maktab yoshidagi bolalarda kattalarga nisbatan oson kechadi. 12-20 yoshdan keyin harakat amplitudasi kamayadi va yosh o’zgargan sari tayanch-harakat apparati rivojlanishi qiyinroq bo’ladi.
Qizlarda o’g’il bolalarga nisbatan 20-30% yuqori bo’ladi. Bu farq erkaklarda va ayollarda ham kuzatiladi.
Jismoniy qobilyat organizm holatida tashqi sharoitda (ko’p vaqtda atrof-muhit harorati) etarlicha katta oraliqda tez o’zgaradi.
Jismoniy qobilyatning pasayishi ertalab uyqudan keyin kuzatiladi va u asta-sekin kuchayib, kunduzi yuqori nuqtasini egallaydi, lekin kechga borib, yana pasayadi.
Jismoniy qobilyatning eng ko’p o’sishi 12.00 -17.00 bo’lgan vaqt oralig’ida kuzatiladi. Badan qizdirish, uqalash, isituvchi muolajalar (issiq vanna, qaynoq dush) harakat amplitudasini ko’taradi. Bo’g’imlardagi harakatning pasayishi ovqat egandan keyin mushaklarning sovib qolishidan hosil bo’ladi.
Mushaklarning charchab qolish darajasi jismoniy qobilyatka har xil ta`sir qiladi: faol jismoniy qobilyat kamayadi va sust jismoniy qobilyat ko’payadi. Hayajonlanish yuqori bo’lgan paytda (musobaqa vaqtida) harakat amplitudasi o’sadi. Jismoniy qobilyat qaysidir manoda genetik omillarga ham bog’liq. Shunday odamlar borki, ularning bo’g’imlaridagi harakatchanlik tug’ma chegaralangan bo’ladi, boshqalarida esa buning yuqoriligi kuzatiladi. Bu esa jismoniy qobilyat muhim bo’lgan sport turlari uchun bolalarni tanlashga yordam beradi.
Jismoniy qobilyat bo’g’imlar harakatchanligi darajasini ko’rsatadi. Harakatchanlikning miqdoriy ifodasi – harakatlar amplitudasi. Jismoniy qobilyat uloqtirishlarda, ayrim sakrash turlarida, gimnastik hamda akrobatik mashqlarda, yangi harakat shakllarini yanada samarali egallashda shiddat natijalarining ko’tarilishiga ko’maklashadi.
Xulosa
Kichik maktab yoshida jismoniy qobilyatni shakllantirish uchun qulay sharoit mavjud. Bu, eng avvalo, tayanch-harakat apparatining morfologik xususiyatlariga bog’liq va mushaklarning yuqori cho’ziluvchanligi, umurtqa pog’onasining harakatchanligi demakdir. 7-10 yoshli bolalarda jismoniy qobilyatning rivojlanish sur`atlari tabiiy ravishda juda yuqori ekanligi kuzatiladi. 11-13 yoshli qizlarda va 13-15 yoshli o’g’il bolalarda faol jismoniy qobilyat maksimal kattaliklarga erishadi.
7 dan 10 yoshgacha bo’lgan davr harakatlar epchilligining rivojlanish sur`atlari yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Bunga MAT ning (markaziy asab tizimi) moslashuvchanligi, harakat analizatorining shiddatli takomillashuvi yordam beradi, u xususan, harakatning makoniy hamda vaqt xususiyatlarida ifodalanadi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya darsida yuzaga kelgan o’yin vaziyatiga qarab faoliyatni qo’qqisdan o’zgartirishni talab qiladigan o’yinlarni qo’llash, turli anjomlar bilan mashqlar bajarish, shuningdek, tananing alohida qismlari bilan muvofiqlashgan harakatlarni bajarish kabi murakkablashtirilgan topshiriqlar berish epchillik sifatining takomillashuviga yordam beradi
O’smirlik davrida jismoniy qobilyatni takomillashtirish uchun cho’zilishga oid maxsus mashqlar, to’la amplitudali va sherik bilan bajariladigan mashqlar ko’p qo’llaniladi. Bu yoshda ma`lum sport turiga xos jismoniy mashqlar jismoniy qobilyatni tarbiyalashning asosiy vositalari sanaladi.
Juda erta go’daklik davridanoq to’g’ri qad-qomatni tarbiyalashga katta ahamiyat berish kerak. Fiziologik jihatdan to’g’ri qomat nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish tizimlari, tayanch-harakat apparatining eng maqbul faoliyatini ta`minlaydi. To’g’ri qomat harakatlar muvofiqligini engillashtiradi. Ko’pgina sport mashqlarini (masalan, gimnastikada) noto’g’ri rivojlangan qomat bilan bajarib bo’lmaydi.
To’g’ri qomatni shakllantirish uchun uning buzilishi oldini oladigan choralarni qo’llash zarur. Bular qatoriga, eng avvalo, bir turli, uzoq muddat saqlab turiladigan vaziyatlarga barham berish, bir qo’lda yuk ko’tarmaslik, yumshoq o’rinda uxlamaslik kabilar kiradi.
Bolalarga jismoniy qobilyatni tarbiyalash uchun «Tizza оstida ro’mоlcha», «Tayoqni
davraga irg’itish», «To’siqdan sakrab o’tish», «Tоsh o’yin» kabi o’yinlar tavsiya
etiladi. Masalan, biz 11-12 yoshli o’quvchilar uchun qiziqarli va jismoniy qobilyat
sifatini samarali ravishda оshiradigan «Tоsh o’yin» o’yinini tavsiya etamiz.
28
O’yinda ishtirоk etuvchilar dоira bo’ylab turadilar. Ularning har biri, bir
o’yinchidan tashqari, qo’llariga beshtadan tоshcha ushlab оladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |