192
11.5. Degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlarini diagnostik
ko‘rsatkichlarini aniqlash
Yaylov hududlarini 30 metrgacha aniqlikda o‘rganadigan Landsat 7
va 8 multispektral kosmik tasvirlardan foydalanish asosida amalga
oshirildi. Kosmik tasvirlarni qayta ishlash ishlari Erdas Imagine va NDVI
dasturiy mahsulotlaridan foydalanish asosida bajarildi. Birlashtirish
Global Mapper dasturiy ta’minotida amalga oshirildi.
Xaritalarni birlashtirishdan keyin, raqamli shaklga o‘tkazish amalga
oshirildi va GAT tizimida raqamli xaritalar tuzib chiqildi (rel’ef
izochiziqlarining xaritasi, nishabliklar xaritasi, o‘rganilgan xudud
rel’efining raqamli modeli, tasvirlarning 3 o‘lchamli modeli) (1-rasm), ob-
havo sharoitlari (1988-2015 yy), o‘rganilgan hudud bo‘yicha o‘simliklar
turlarining tavsiflari, Nurota dala tadqiqotlari tajriba uchastkasi,
gidrogeologik shart-sharoitlar, er yuzasi suv oqimlarining gidrografiyasi
va sifati, suv yig‘iluvchi havzalarning tuzilish xaritasi, orogidrografiya
tarmoqlari xaritasini tuzish amalga oshirildi. Dala ishlari EMZ
ma’lumotlarini o‘rganilgan yaylov hududining landshaft-geomorfologik
tavsiflarini o‘rganish, natijalarni tadbiq etish maqsadlarida amalga
oshirildi. Tuproq paydo bo‘lish sharoitlari va omillari chuqur tahlil qilindi.
11.5.1 - rasm. Radar rasmlari asosidagi rel’efning
raqamli modeli
Och tusli bo‘z tuproqlar quyidagi asosiy morfologik belgilari
mavjudligi bilan ajralib turadi: gumus qatlamining nisbatan kamligi
shuningdek, tuproq kesimining yuqori qismida kuchsiz chimlanish qayd
qilinadi; butun tuproq qatlamida karbonatlar yaxshi ifodalanganligi;
mikroagregatligi aniq rivojlanganligi bilan birgalikda, makrostruktura
193
tarkibiy elementlarining deyarli to‘liq holatda mavjud emasligi, tuproq
zichlanganligi kuzatildi.
Tuproqning
agrokimyoviy
va
fizik-kimyoviy
xossalariga
degradatsiya jarayoni salbiy ta’sir etganligi kuzitilgan-degradatsiya
jarayoni ortgani sayin tuproqlarda gumus va oziqa elementlari miqdori
kamaygan. Nisbatan qulay xossa-xususiyatlar degradatsiyaga uchramagan
va kuchsiz degradatsiyaga uchragan tuproqlarda qayd qilingan-gumus va
fosfor miqdori bo‘yicha tuproqlar «o‘rta» ta’minlangan, kaliy miqdori
bo‘yicha «kuchsiz.» ta’minlangan.
11.5.2-rasm. Nurota tumani och tusli bo‘z
tuproqlarining asosiy
unumdorlik elementlari bo‘yicha karta-sxemalar
Kuchli degradatsiyaga uchragan tuproqlar gumus miqdori bo‘yicha
«past» ta’minlangan, fosfor va kaliy bo‘yicha «juda past» ta’minlangan
(2-rasm). Tuproqlar yuqori karbonatlashgan, «kuchsiz» va «o‘rta»
sho‘rlangan, almashinuv sig‘imi yuqori emas va ishqorlarga to‘yingan,
ayrim holatlarda singdirilgan magniy miqdori yuqoriligi qayd qilinadi.
Gumus holati bo‘yicha degradatsiyaga uchramagan va kuchsiz uchragan
tuproqlar - gumat-fulvatli, kuchli degradatsiyaga uchragan tuproqlarda -
fulvatli tiplariga mansubdir.
Tuproq qoplamini o‘rganishning masofaviy uslublari tuproq
qatlamining kelib chiqishi va ikkilamchi o‘zgarishlari turli xil darajada
194
ifodalanishi, o‘z navbatida elektromagnit to‘lqinlarning turli xil spektr
zonalarini yutishi va nurlantirishiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: