Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

NDVI = (NIR–Red) / (NIR+Red) 
Bu  erda
 
NIR,  Red
  –  spektrning  mos  ravishda,  yaqin  infraqizil  va 
qizil zonalarini ifodalaydi. 
NDVI  o‘simliklar  qoplamining  holatini  baholash  uchun  a’lo 
darajadagi  ko‘rsatkich  hisoblanadi  va  o‘simliklar  qoplamini  miqdoriy 
jihatdan  baholash  bo‘yicha  masalalarni  hal  qilish  uchun  foydalaniluvchi 
eng keng tarqalgan ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.  
NDVI  qiymatini  hisoblash  naychali  o‘simliklarning  aks  etishi 
bo‘yicha  nisbatan  barqaror  holatdagi  (turli  xil  omillarga  bog‘liq 
bo‘lmagan)  uchastkalardagi  spektr  egri  chiziqlariga  asoslanadi.  Qizil 
spektr  sohasi  (0,6–0,7  mkm)  quyosh  nurlanishining  naychali  yuksak 
o‘simliklarda  xlorofill  tomonidan  yutilishi  maksimumi  qiymatida 
joylashadi,  infraqizil  soha  (0,7–1,0  mkm)  esa,  bargning  hujayra 
tuzilmalarini  maksimal  aks  ettiruvchi  sohada  joylashadi.  Ya’ni,  yuqori 
darajadagi  fotosintez  faolligi  (o‘z  navbatida,  o‘simliklar  qoplamining 


 
185 
qalinligi)  qizil  spektr  sohasida  kam  darajada  ifodalanishi  va  infraqizil 
sohasi  ko‘proq  darajada  ifodalanishi  qayd  qilinadi.  Bunda  shunchaki 
oddiy  nisbatlardan  foydalanish  emas,  balki  aks  etish  minimum  va 
maksimum  qiymatlari  o‘rtasidagi  me’yoriylashtirilgan  farqlanish 
qiymatidan  foydalanilganda  o‘lchash  aniqlik  darajasi  ortadi,  tasvirning 
yoritilishi  farqi,  bulut,  tutunlar,  atmosferadagi  radiatsiya  va  boshqa  shu 
kabi hodisalarning ta’siri kamaytirilishi imkoni tug‘iladi.  
Tasvirda  nisbatan  to‘q  tusli  uchastkalar  tuproqning  namlik 
koeffitsenti  qiymati  katta  bo‘lishi  sharoitida  o‘simliklar  qoplami 
mavjudligini  tavsiflaydi.  NDVI  qiymati  qanchalik  katta  bo‘lsa,  tasvir 
ob’ektlarining  «
yashillik
»  darajasi  shunchalik  yuqori  bo‘lishini  e’tiborga 
olinadi, 
shuningdek 
navbatdagi  bosqichlarda  su’niy  o‘lchamsiz 
ko‘rsatkich hisobga olinadi (11.4.3.1–rasm).  
NDVI  hudud  o‘simliklarining  ekologik–iqlimga  oid  tavsiflarini 
o‘lchash  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib, biroq  shu  bilan  bir vaqtda  mutlaqo 
boshqa sohaga tegishli bo‘lgan ayrim parametrlar, jumladan tuproqlarning 
namlik  darajasi  va  mineral  (organik)  tarkibining  to‘yinganlik  darajasi, 
bug‘lanish  (evapotranspiratsiya),  yog‘uvchi  yog‘inlarnng  hajmi,  qor 
qoplamining  qalinligi  va  tavsiflari  bilan  ham  sezilarli  darajada 
korrelyasiyalanishi  qayd  qilinadi,  bu  holatlar  cho‘llanish  jarayonlariga 
tashxis qo‘yishda asosiy omillar hisoblanadi.  
Cho‘llangan  tuproqlar  maydonlarini  xaritaga  tushirish  maqsadida 
NDVI  indeksini  aks  ettirish  uchun,  %  hisobida  ifodalanuvchi,  –1...1 
diapazondagi qiymatlarni ko‘rsatuvchi standartlashtirilgan uzluksizlikdagi 
gradient tavsifiga ega bo‘lgan yoki diskret shkaladan foydalaniladi yoki 0 
dan  255  gacha  diapazondagi  (ayrim  paketlarda  kulrang  gradatsiya 
qiymatiga  mos  keluvchi  masofadan  turib  zondlash  ma’lumotlarini  qayta 
ishlashda  foydalaniladi) 
masshtablashtirilgan  shkala
  deb  nomlanuvchi 
qiymatdan  yoki  har  bir  birlik  ko‘rsatkich  qiymatining  1%  o‘zgarishiga 
mos 
keluvchi, 
0..200 
(–100..100) 
diapazondagi 
qiymatlardan  
foydalaniladi.  
O‘simliklar  qoplami  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  tabiiy  ob’ektlar 
spektrlari  sohalarida  NIR–RED  qiymatlarini  aks  ettirish  orqali  NDVI 
qiymatlarini  qayd  qilish  amalga  oshiriladi  (bu  holat  ushbu  parametrdan 
identifikatsiyalash uchun foydalanish imkonini beradi): 
 


 
186 
 
 
11.4.3.1–rasm. Tadqiqot olib borilgan hududda 1980–yil, 1989–yil, 
2000–yil va 2009–yillarda LANDSAT su’niy yo‘ldoshi yordamida 
olingan tasvir (V.X.Sherimbetov materiallari asosida). 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish