11.4.3. Cho‘llangan tuproqlarni xaritaga tushirish maqsadida NDVI
indeksini hisoblash
NDVI
(
normalized difference vegetation index
– o‘simliklarni
farqlanishining me’yoriylashtirilgan indeksi) – bu, eng mashhur indeks
bo‘lib, hisoblash uchun oddiy, vegetatsion indekslar orasida eng keng
dinamik diapazonni qamrab olishi va GAT tarkibida o‘simliklar
qoplamining o‘zgarishlariga nisbatan juda yaxshi sezgirlikka egaligi bilan
tavsiflanadi.
Jizzax cho‘li hududida vegetatsiya indeksini hisoblash uchun
formula qizil va infraqizil kanallar qiymatlari o‘rtasida farqlanishning
ushbu kanallar yig‘indi qiymatiga nisbatidan tashkil topadi. Bu qiymat
tuproq kesimi va atmosfera foni o‘zgarishlariga nisbatan o‘rtacha darajada
sezgirlikka ega hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |