Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlar asosida endi siz bilasizki,
GAT tarkibida ma’lumotlar - rastr yoki vektor tavsifda ifodalanishi
mumkin, bunda vektor tavsifda ifodalash tarkibida topologik tavsiflar
mavjud bo‘lishi yoki mavjud bo‘lmasligi ham mumkin. Bu barcha
modellar o‘zaro aloqadorlikda qayta o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, qayd
qilish kerakki, ya’ni grafik maydonlar va uch o‘lchamli ob’ektlarni aks
ettirish uchun, GRID va TIN-modellardan foydalaniladi. Vektor va rastr
tasvirlar o‘rtasida aynan, GAT uchun xos bo‘lgan sezilarli darajada
farqlanishlar mavjud hisoblanadi. Jumladan, rastr modellarda ma’lumotlar
maydoni aks ettiriladi, ya’ni maydonga oid tavsifga (uzluksizlik) ega
hisoblanadi. GAT tarkibida vektor modellar o‘z navbatida, ob’ektlarni
94
ifodalab beradi, ya’ni ob’ektlarga oid (joylashgan) tavsifga ega
ma’lumotlardan tuzib chiqiladi.