Nazorat savollari: 1. Ma'lumotlar bazalarini yaratish uchun zarur bo'lgan tuproq tasnifining
asosiy elementi nima?
2. Tuproqning elementar areali (TEA) holatini aks ettirish nimani
anglatadi?
3. Nima uchun tuproq profillari ma'lumotlar bazasiga kerak?
4.8. Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish - bu ma’lumotlar
bazasining sxemasini tuzib chiqish va bir butunlik bo‘yicha zaruriy talab
qilingan cheklanishlarni aniqlashdan tashkil topadi.
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishning asosiy vazifalari
quyidagilardan tashkil topadi:
Ma’lumotlar bazasi tarkibida barcha zaruriy axborotlarning
saqlanishini ta’minlash;
Barcha zaruriy so‘rovlar bo‘yicha ma’lumotlarning olinishi
imkoniyatlarini ta’minlash;
Ortiqcha ma’lumotlarni va bir-birini takrorlovchi ma’lumotlarni
qisqartirish;
Ma’lumotlar bazasining bir butunligini ta’minlash.