Monitoring uslublari
– er maydonlarining monitoringi tizimli
tavsifda aero– va kosmofotogeodezik, kartografik va tuproqshunoslikka
oid uslublar yordamida amalga oshirilgan.
Erda amalga oshiriluvchi monitoring
– dala ishlari (tuproq
kesimlari, yarim kesimlar, qazishlar) va laboratoriya ishlari davomida
tuproqlarni tahlil qilish, jumladan genetik kenja guruhlarga (tuproq tiplari,
kenja tiplari) ajratish, sho‘rlanish darajasi va shamol ta’siriga uchrash
darajasi, namlik darajasi, tuproq tarkibidagi ozuqa elementlarining
miqdori kabilarni qayd qilish uchun kartografik materiallarni tuzib chiqish
asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |