8-mavzu: Hadisshunoslik
Reja
1. Hadislarning yaratilishi va hadis ilmi.
2. O’rta Osiyo hadisshunoslik maktabi.
Hadis arabcha – “xabar”, “yangilik”, hodisalar ma’nolarini anglatadi.
Payg’ambar Muhammad (s.a.v) aytgan so’zlari, qilgan ishlari ko’rsatmalari
to’g’risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo’ladi: Matn va Isnod.
Hadis ikki turga bo’linadi:
1 - Hadisi qudsiy
2 - Hadisi naboyi.
Hadislar e’tiborga olinishi jihatdan yana 3 qismga bo’linadi:
1 – Sahih
2 – Hasan
3 – Zaif.
Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon
etilgan, ularga aniqlik kiritish va izohlab uqtirish uchun payg’ambar Muhammad
(s.a.v) o’z hadislarini aytgan.
60
Bu hadislarni payg’ambarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilgan.
Muhammad (s.a.v) hayotlik chog’larida sahobalarining Qur’oni karimga hadislarni
almashtirib yuborishlarida qo’rqib hadislarni yozishdan qaytargan. Muhammad
(s.a.v) vafotlaridan keyin hadislarni naql qilish odat tusiga kirgan. Shu munosabat
bilan bir guruh musulmonlar payg’ambarimiz (s.a.v) hadislariga begona so’z
aralashib qolishidan hadislarni naql qiluvchi sahobalar vafot etishlari bilan hadislar
yo’qolib ketishidan qo’rqib, uni yozma shaklda to’play boshladilar. Bu odamlar turli
yurtlarga tarqalib ketganlar. VII asr o’rtalaridan boshlab ularni topib, hadislarni
og’izlaridan yozib olishga harakat qilganlar.
Keyinchalik “Hadis” Qur’oni karimdan keyin turuvchi muqaddas manbaga,
shariat ahkomlarining asosiga aylangan.
Qur’oni karim qanchalik mukammal muqaddas kitob bo’lmasin, u baribir
musulmonlar hayotining barcha huquqiy va axloqiy masalalariga davr nuqtai
nazaridan to’la javob bera olmagan. Arab xalifaligi kengayib bogan sari bu hol
yanada yaqqol sezila boshlagan.
Urug’ qabilachilik sharoitlarida vujudga kelgan Qur’oni karim ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy va madaniy hayoti ancha murakkab bo’lgan yangi musulmon
dunyosidagi mavjud jamiyatning ko’pgina hodisalariga javob bera olmasligi tabiiy
hol edi.
Shunday qilib, hayot, yangi vaziyat kun tartibiga o’zgaruvchan, davrga
moslashuvchan lekin qonunlashtirilmagan yangi manbaga ehtiyojni vujudga keltirdi.
Natijada sahobalar tomonidan yod olingan payg’ambar Muhammad
Rasulollohning so’zlari, amallari, qilgan ishlari, ko’rsatmalari qog’ozga tushirila
boshlandi. Shu tariqa hadisshunoslik ilmi vujudga kelib, hadislarni jamlash, ularni
tasniflash mustaqil fanga aylandi. Bu ish bilan shug’illangan ilohiyot olimlari
muhaddislar deb atalgan.
VII-VIII asrlardan boshlab hadislarni jamlab, yozma to’plamlar tuzish jatayoni
boshlandi. Hadislarning aksariyati huquqiy me’yorlarni, ilm olishga da’vatlarini,
marosimlar va urf-odatlarga oid ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Shuning bilan bir
qatorda Muhammad Rasulolloh tarjimai holi, xalifalar, sahobalar faoliyati bayoniga
bag’ishlangan hadislar ham mavjud.
Dastlabki hadis to’plamlari ishonarli bo’lgan. Biroq vaqtlar o’tishi bilan milliy,
siyosiy ixtiloflar, o’z maqsadlari yo’lida dindan foydalanishga urinuvchilarning
Muhammad payg’ambar nomlaridan yolg’on hadislar to’qishlari, shariat qoidalarini
qo’llashda kelib chiqadigan ziddiyatlar, hukmdorlarga hushomadgo’yliklar oqibatida
ko’plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga keldi. O’zlarining butun bilim va hayotlarini
to’g’ri ishonchli hadislarni aniqlash, ularni ajratib olib, alohida to’plashdek muborak
ishga bahshida etishga bel bog’lagan mo’tabar zotlar paydo bo’ldi. Natijada Islomda
“Sahiyh”, ya’ni “ishonarli”, “g’ayrisahiyh”, ya’ni “ishonchsiz” hadis to’plamlari
vujudga keldi.
Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar toimonidan yetkazilgan hadislar
“ishonarli” deb e’tirof etilgan. Agar hadislarni yetqazganlar orasida hurmat va
ishonchga loyiq bo’lmagan odamlar kirib qolgan bo’lsa bunday hadislar “ishonchsiz”
deb hisoblanadi.Shuning uchun ham har bir hadis ikki qismdan iborat bo’lgan. Uning
birinchi qismida Muhammad Payg’ambarning hikmatli so’zlarini shaxsan eshitgan
61
roviy, ya’ni ushbu hadisni yetkazgan kishilarni nomlari sanab ko’rsatilgan. Ikkinchi
qismida esa hadisning mazmuni keltirilgan.
Suniylikdan farqli ravishda shialikda hadis to’plamlari “Axbor”(xabarlar) deb
ataladi. Hadis to’plashning ulardagi o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’zlarining
imomlarinigina va avval boshidan Xalifa Alini hamda uning avlodlarini qo’llab
quvvatlagan arboblar hadislarni nufuzli deb hisoblaydilar. Xalifa Ali va uning
avlodlariga qarshi kurashgan shaxslarning hadislarni inkor etadilar.
Muhammad al-Qumiy va Muhammad al- Qulayniy tomonidan (X asr) tuzilgan
hadislar to’plami shialik ta’limotiga e’tiqod qiluvchilar uchun eng obro’li
to’plamlaridir.
Hadislarning shariat uchun (musulmon qonunlari majmuasi)Qur’oni Karimdan
keyingi ikkinchi manba hisoblanishining o’ziyoq uning musulmonlar hayotida
nechog’lik ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.
Ma’lumki, shariat – Islom dini huquqi, ya’ni barcha musulmonlar uchun
bajarilishi majburiy bo’lgan qonunlar, huquqiy – axloqiy ko’rsatmalar majmuasi.
Shariat ham dunyoviy, ham diniy talablarni o’z ichiga oladi.
Uning ko’rsatmalari huquqiy, axloqiy va diniy marosimchilik munosabatlariga
birday taaluqlidir. To’g’ri, dunyoviy davlatlarda shariat qo’llanilmaydi. Biroq uning
asoslaridan birini tashkil etuvchi hadisning axloqiy ko’rsatmalari dinga
munosabatidan qat’iy nazar barcha musulmon fuqarolari uchun beqiyos ahamiyatga
ega. Chunki Islom axloqiga oid hadislar umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarilgan
axloqiy me’yorlardir. Ularda Vatanparvarlik, odamiylik, xushxulqlik, ota-ona va
qarindosh urug’larni e’zozlash, inson shani, qadr-qimmatini oyoq–osti qilmaslik,
insonlarning bir-biriga o’zaro hamdard bo’lishi, zaiflarni himoya qilishi, xotin-
qizlarni hurmatlash, oilani muqaddas saqlamoqlik, halollik, poklik, do’stlik,sadoqat,
ibo, xayo, ilm olish g’oyalari da’vat va targ’ib etiladi.
2.
Hadislar asosan Muhammad payg’ambar
vafot etganlaridan keyin yozila
boshlangan. Hadislarni saqlab kelajakka yetkazish bilan birinchi navbatda sahobalar
shug’ullanganlar.
Sahobalar Muhammad rasulullohni ko’rgan ko’rgan, u bilan suhbatda bo’lgan har bir
musulmondir. Manbalarda aytilishicha hadislarni dastlab qog’ozga tushurgan
sahobalar orasida:
Abu Hurayra ( 5374hadisni rivoyat qilgan);
xalifa umarning o’g’li Abdulloh (2630 ta hadisni rivoyat qilgan);
Abdulloh ibn Abbos (1660 ta hadis rivoyat qilgan);
Jodir ibn Abdulloh (1540 ta yadis rivoyat qilgan);
Abu Said al Xudriy (1170 ta hadis rivoyat qilgan) alohida o’rin tutadilar.
Xalifalar Umar va Ali ham hadis rivoyat qilganlar. Muhammad rasulullohning
xotinlari hazrati Oisha ham hadis rivoyat etuvchilar orasida e’tibor qozonganlar.
Qur’onni o’rganish tafsir ilmini vujudga keltirgan bo’lsa, hadislarni to’plash va
ularni o’rganish rivoyat ilmini vujudga keltirgan. Keyinchalik bu ikki muqaddas
manba asosida ilohiyot va musulmon diniy qonuni – shariat vujudga kelgan.
VIII asr boshlarida hadis ilmida 3 ta maktab – Madina, Iroq, Damashq
maktablari shakllangan.
Demak yuqorida ta’kidlanganidek hadislar ikki qismdan iborat bo’ladi;
62
1 – Isnod (tayanch), ya’ni u yoki bu hadisni yetkazgan kishilarning ro’yxati;
2 – matn, yani yetkazilgan hadisning teksti.
Barcha hadislarni ishonchli, haqiqatan Muhammad rasulullohga tegishligiga
hech qanday shubha yo’q deb qaralmagan. Chunki hadislar ichida amalda
payg’ambarimiz tomonidan aytilmaganlari ham bo’lgan. Shuning ucun ular dastlab
aytkanimizdek uch guruhga ajratilgan:
a)
Saxiyh (to’la ishonchli) so’zlari to’g’ri so’z, ishonchli, adolatli, obro’ – e’tibor
qozongan shaxslar to’plagan hadislar;
b)
Hasan (go’zal, ishonchli, yaxshi ) hadislar, biror bir hadisni naql qilgan,
to’plagan shaxslarning ayrim nuqsonlari bolsa (masalan u kam ta’minlangan bo’lsa)
yoki hamma hadisshunoslar uni benuqson deb topmagan bo’sa, bunday hadislar
“Hasan” deyilgan. Ular to’la qimmatga ega deb tan olinmasa, lekin u butunlay inkor
etilmagan, binobarin amalda bunday hadisdan foydalanilgan.
s)
Zaif (ishonchsiz) hadislar. Hatti – harakati, taqvodorligi, xulq – atvori shubhali
kishilar tomonidan to’plangan hadislar.
Tarixchilar IX asrni hadis ilmining “oltin asri” deb ataydilar. Aytish
mumkinki, bu “Oltin asr”ga hadis ilmining O’rta Osiyo maktabi asos slogan. Bu
maktabning rahnomosi Imom al-Buxoriy edi.
Imom al-Buxoriy 810 – yil 20 – iyulda Buxoro shahrida tug’ilgan. 20 dan oshiq
asar qoldirgan, jami 6000 hadis to’plagan. “Al – Jome’ as - Sahiyh” to’rt jilddan
iborat hadislar to’plami kitobiga 7275 ta eng “Sahiyh” (ishonarli) hadislar kiritilgan.
Hadis ilmi O’rta Osiyo maktabining boshqa yirik vakillari Abu Dovud
Sulaymon, Muslim an-Nishopuriy, Abu iso – at – Termiziy, Imom Nasoiy hamda
Imom ibni Mojalardir. Bu ulug’ allomalar hadislarning 6 ta to’plamini yaratganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |