Matrudiy kalom sohasida ixtiro etgan ta’limoti keyinchalik
“Matrudiya” nomi bilan shuxrat topgan va Mavorounnahrda keng tarqalgan,
uning asarlarida qarmotiylar, ravofiziylar, mu’taziliylar ta’limotlari rad etilgan.
2. Islom dini O’rta Osiyoga keng tarqalgandan keyin ilm fan tarraqqiyotiga ijobiy
ta’sir etgan va ko’plab jahonga mashhur aniq fanlar olimlari, tarixchilar, tilshunoslar,
adib va shoirlar yetishib chiqqani va bular jahon fani va madaniyatiga ulkan hissa
qo’shganlarini yuqorida aytib o’tdik. Markaziy Osiyolik din olimlari Islom dinini
o’rganish, Qur’on va hadislarini ta’lqin qilish va ommaga yetkazib berish sohasida
arablar qila olmagan ishlarni bajardilar va Islom olamini hayratga qoldirdilar. Bu
haqda yuqorida aytib o’tdik.
Islom dini Markaziy Osiyoga tez tarqalib, xalq hayotining hamma sohalariga
keskin ta’sir eta boshladi. Ibodat qiluvchilar soni kundan-kun ko’payishi va Islomni
o’rganish uchun qiziqish ortib bo’rishi bu yerda masjid va madrasalar qurilishini
rivojlantirib yubordi. Islom yo’lida jonbozlik qilgan va uning rivojlanishiga hissa
qo’shgan muhaddis, mufassillar va ayrim hukmron shaxslar qabriga maqbaralar
qurish avj olib ketdi. Xalq me’morlari va ustalari IX asrdan boshlab yaratgan buyuk
me’morchilik va san’at obidalari hozirgacha faqat bizni emas, balki minglab horijdan
keladigan mehmonlarni ham o’ziga jalb qilmoqda.
Markaziy Osiyoda bunyod etilgan butun arxitektura va san’at obidalari Islom
dini tufayligina bunyod etilgan, Rossiya va Yevropa mamlakatlarida esa xristianlik
dini tufayli cherkovlar vujudga kelgan.
Orta Osiyodagi Islom bilan bog’liq bo’lgan arxitektura va san’at obidalari XX
asrgacha bunyod etildi va xalq ularni imkon boricha avaylab, ilm dargohi, ziyoratgoh,
muqaddas joy deb saqlab keldi. Masjidlarga ibodat qilingan bo’lsa, madrasalarda bir
yo’la uch tildan (arabcha, forsiy va o’zbek) ta’lim olib, zamonasining ilg’or ziyolilari
bo’lib yetishdilar.
Masjid – arabcha “Sajada” egilish, itoat etish, sajda qilib yuzini yerga tegizish.
Ya’ni ibodat qilinadigan joy ma’nosini bildiradi. Mahallalardagi masjidlar shu yer
aholisi kundalik namoz o’qish uchun, jamoa masjidlari esa kundalik namoz bilan
birga juma va hayit namozlari uchun mo’ljallangan va ularga shaharni markazidan
eng yaxshi joylar ajratib berilgan. Ba’zi masjidlar qoshida boshlang’ich maktab
bo’lib, bolalar o’qitilgan. Masjidlar diniy targ’ibot vazifasini o’tagan bo’lsa ham,
ularda turli masalalar ham hal etilgan.
Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, Islom mamlakatlarida juda katta, hashamatli
masjidlar qurilgan, ular minng yillar davomida saqlanib kelmoqda: Makkadagi
Masjid ul-haram, Baytul muqaddas (Ierusalim)dagi masjid ul-aqsoq, Madinadagi
Payg’ambar masjidi eng yirik masjidlardir.
Yirik, hashamatli masjidlar Bog’dod, Damashq, istambul, Qohira, Isfahon,
Tehron, Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkent kabi shaharlarda ko’plab qurilgan.
Masjidlar yonida baland minoralar bittadan to’rttagacha qurilgan. Bular ko’proq
masjidning bezagi uchun bunyod etilgan.
59
Madrasa – “darasa” (arabcha )so’zidan olingan bo’lib, joy nomi, ya’ni dars
oladigan, o’qiladigan joy. Madrasalar musulmonlarning o’rta va oily o’quv yurti.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida hozirgi vaqtda madrasalarda davlat
muassasalari hodimlari ham tayyorlanadigan bo’ib ketdi.
Madrasalar dastlab VII-VIII asrlardan islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti
masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida paydo bo’ldi. Keyinchalik
masjidlar qoshida ilohiyot markazlari tashkil topdi, madrasa deb atala boshladi. IX-
XIII asrlarda madrasalar Islom dini tarqalgan mamalakatlarda, jumladan, Markaziy
O’siyoda paydo bo’lib, madrasa uchun maxsus binolar qurila boshladi.
Markaziy Osiyo madrasalarida arab va fors tilida yozilgan diniy kitoblar
o’rgatilgan. Dastlab fors tilida yozilgan “Avval ilm” kitobi, keyinchalik arab
grammatikasi chuqur o’rgatilagan (“Bidon”, “Kofiya” kitoblari asosida) undan keyin
“Hidoya”, “Fiqh Kaydoniy”, “Muxtasar viqoya”, “Shahri viqoya” kabi kitoblar
asosida shariat aqidalari o’qitilgan.
Madrasalar o’z davridan fan va madaniyat markazi hisoblangan. Ular diniy
ta’lim berish bilan birga, dunyoviy bilimlar berilgan asosiy o’quv yurtlari vazifasini
o’tagan.
Madrasalar musulmon olamida dininy inshootlar sifatida X-XI asrlarda paydo
bo’lgan.
Oktyabr to’ntarilishidan keyin Markaziy Osiyoda masjid, madrasa, maqbara
IX-XIX asrlarda qurilgan. Bulardan eng mashhurlari 90ga yaqin bo’lib Markaziy
Osiyoda Islom dini ma’naviy me’rosidan darak berib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |