Alloh taolo shariatning ezgu buyruqlarida adolatga rioya qilish hamda har bir
Adolat nomi bilan payg’ambarlar yuborilgan, Alloh kitoblari nozil bo’lgan,
haqini berish, har bir insonni o’z maqomiga qo’yish uning insoniy haq huquqlarini
ado etish demakdir. Bu haq – huquqlar Islom ulamolari tarifi bo’yicha o’nta bo’lib,
73
7. Hokimiyat va
raiytning haq-huquqlari;
8. Qo’shnilarning haq-huquqlari;
9. musulmonlarning haq-huquqlari;
10. G’ayridin xalqlarning haq-huquqlari.
1.
Har bir kishi ota-onasining farzandlaridagi haqini inkor etolmaydi. Ota-ona
bolaning vujudga kelishi sababchisi bo’lgani uchun ham ularning farzandlik haqlari
bor. Ota-ona bolani yoshlikdan ardoqlab avaylab o’stiradi, uning rohati uchun
qayg’uradi.
Qur’oni Karimda: “Insonga ota-onaning xizmatini ado etishni buyurdik, onasi
uni kundan kun og’irlashib borayotganida mashaqqat bilan o’z qornida ko’targan, sut
emizish davri esa ikki yil, menga va ota-onaga shukur qil va mening huzurimga
qaytarsan” deyiladi. Alloh Taolo Qur’oni Karimda ota-onani hurmat qilish va ularni
qadriga yetishni,buyuradi. Farzandga odob axloq o’rgatish, uni kasb-hunarli qilib
tarbiyalash, balog’atga yetsa, qiz bo’lsa kuyovga uzatish, o’g’il bo’lsa o’ylantirish
kabi sermashaqqat vazifalarni bajaradi.
Quroni Karimda: “Parvardigoring hukm chiqaradiki, faqat unga ibodat
qilgaysan va ota-onaga yaxshilik qilgaysan, agar ulardan biri yoki ikkovi sening
huzuringda keksayib kuch quvvatdan ketsa, ularni jerkima va ularni malol olma,
ularga muloyim va yumshoq so’z ayt, rahmdillik yuzasidan ular oldida kamtarinlik
qil va “kichikligimdan meni tarbiya qilganlari parvardigor ularni o’z rahmatingga ol,
deb duo qil”
Ota-onaning haqlarini bajo keltirish esa, ularga xoh so’z bilan, xoh fe’l bilan
yaxshilik qilishdir, xoh ashyo, xoh gap bilan ularning dillarini shod qilish.
Agar sen o’z ota-onangga xizmat qilgan bo’lsang, sen ham qariganingda
bolalaring xizmatini ko’rarsan.
Agar kimki o’z ota-onasiga oq (gunohkor) bo’lgan bo’lsa uning bolalari ham
unga oq bo’ladilar. Chunki hadisi sharifda aytilganki, kimki birovga zulm qilgan
bo’lsa o’zi ham bir kun shu zulmga uchraydi.
Ota-onaga yaxshilik qilishni va ularning xizmatlarini ado etishni Rasululloh
sallollohu alayhi va sallam Alloh yo’lida qilinadigan g’azot (jihod) bilan
tenglashtirilgan.
Har bir farzand keksayib qolgan onasi yoki otasining xizmatini bajo keltirsa,
Alloh yo’lida islom uchun xizmat qilayotgan fozillar bilan barobar ajr va savobga
ega bo’lar ekan. Sahih al-Buxoriyda Abdulloh ibn Ma’sud raziyallohu rivoyat
qildilar: “Hazrat Rasulullohdan so’radim: “Allohga qaysi amal ma’qulroqdir?”
Rasululloh: “Ota-onaga yaxshilik qilish”, dedilar. Men: “Yana qaysi amal?” deb
so’radim. Rasululloh: “Alloh yo’liga g’azot qilish”, dedilar. Shu asnoda bir kishi
kelib, g’azotga chiqishga Rasulullohdan ruxsat so’radi. Rasululloh: “Ular xizmatini
qilsang g’azot qilgan bo’lasan”, dedilar”
“Sunnai Abu Dovud”da quyidagi hadisi sharif keltirilgan Ansoriylardan yana
bir kishi kelib: “Yo rasululloh! Ota-onam o’kib ketgandan keyin ham ularga
yaxshilik
qilishim kerakmi?” – dedi. Rasulolloh: “Oriyja 4 narsa bilan xizmat qilishing
kerak.” Biri ularning haqiga duo qilish, istig’for aytish, ularni ahd va va’dalarini
bajarish, ularni do’stlarini hurmat qilish va qarindoshlar oralarini yaxshilash. Mana
shular ota-onangning o’lganlaridan keyin senga qolgan haqlaridir”, dedilar. Shariatda
74
ota-onani hurmat qilish g’oyasi ktng targ’ib qilinishining hikmati shuki, ota-onaga
farzabdbibg itoat qilishi natijasida farzand odobli va intizomli bo’lib o’sadi. Intizom
esa kishining butun umri bo’yi kerak bo’ladigan yaxshi xislatidur. Bolaning ota-
onaga itoat qilishi lozimligi har bir ota-onaning o’ziga ham qo’shimcha vazifalarni
yuklaydi. Ota-onaning oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytiradi va bola oldida
o’zlarini ma’lum yuqorilikda tutishga majbur qiladi va bolasidan ko’ra bilimdonroq
va kasb-hunarda yuqoriroq bo’lishga da’vat etadi.
Hozirgi zamonimizda nisbatan tezlik bilan taraqqiyot cho’qqilariga chiqib
borayotgan Janubiy-sarqiy Osiyo mamlakatlarining tajribasida shuni ko’ramizki, u
yerdagi xalqlar qadimdan o’z ajododlari va ota-onalarini hurmat qilish odatiga
o’rganganlar, bu ularning intizomli bo’lib tarbiya olishiga imkon yaratgan. Shuning
uchun jahon olimlari bu haqiqatga o’z diqqatlarini qaratib kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: