Kiyinish madaniyati



Download 4,43 Mb.
bet4/5
Sana10.06.2022
Hajmi4,43 Mb.
#651716
1   2   3   4   5
Bog'liq
kiyinish dilobar opa

AKS EʼTIROF
Z ukko oʻquvchi xorij seriallariyu aktyorlarini tanqid qilishdan avval, oʻzimizning shou-biznes olami vakillariga ham bir nazar tashlang deyayotgan boʻlsa, ajab emas. Darvoqe, bu masalada baʼzi yulduzlarimiz alohida “eʼtirof”ga sazovor. Negaki, kliplarda suratga tushayotgan ayrim sanʼatimiz vakillari (sanʼatkor soʻzining yuki ogʻir) ochiq-sochiq, kalta-kulta kiyinishda boshqalarga yaxshigina oʻrnak boʻlayotganini ham yashirishga hojat yoʻq. Soʻzimiz quruq boʻlmasligi uchun bir-ikkita misol keltira qolaylik. Shu kunlarda kanallarimizda qayta-qayta namoyish etilayotgan Rayhon Gʻaniyevaning “Hamma jam”, Nilufar Usmonovaning “Kel ikkimiz” qoʻshiqlariga olingan kliplarda kiyib tushgan liboslarini koʻrgandirsiz. Minglab-millionlab tomoshabin qarshisida paydo boʻladigan yulduzlarimiz, avvalo, oʻzlarini, soʻng boshqalarni hurmat qilishi lozim emasmi?! Ular bunday “madaniyat” ortidagi tahdidni tushunishmasmikin? Nazarimizda, ular yo millat oldidagi oʻz masʼuliyatini bilmaydi yoki bu millatdan oʻzini ayri holda koʻradi.

Oʻz bozorimizni qachon oʻzimiz egallaymiz?
K iyinish madaniyati haqida soʻz ochar ekanmiz, hali bu borada qilinajak ishlar koʻpligiga amin boʻlamiz. Xoʻsh, koʻpgina yoshlarning diqqatini, aqlini oʻgʻirlagan ajnabiy kiyimlardan voz kecha olamizmi? Afsuski, ushbu kiyimlarni yoʻq ham, inkor ham qila olmaymiz. Ammo bugungi oʻzbek milliy modasini targʻib qilishimiz mumkin. Aslida, dunyoning yetakchi dizaynerlari oʻzbeklarning atlasidan qoʻshib-chatib, oʻz nomi bilan liboslar taqdim etayotganini, bizning oddiy eski kovushlarimizga sal oʻzgartirish kiritib, moda olamining eng yuqori choʻqqisini zabt etayotganini hamma ham bilmasa kerak. Eng sifatli ipak tolalari, paxta tolasi oʻzimizda yetishtirilsa-da, haliyam sifatli kiyim mahsulotlarini boshqa davlatlardan olib kelyapmiz. Uzoqqa bormaylik, ayni paytda birgina Qirgʻizistonda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar dizayni va sifati bilan eʼtiborimizni tortmoqda. Hozirgi kunda Turkiya va Bishkek yengil sanoat mahsulotlari oʻzbek bozorlarida yetakchi oʻrinni egallab kelayotganini ham hammamiz koʻrib turibmiz. Nahotki, oʻzbek mutaxassislari hech boʻlmasa oʻzimizning bozorlarni ham zabt eta olmasa?!
Oʻzbek dizaynerlari sifatli va bejirim kiyimlarni taklif etmas ekan, farzandlarimiz “yirtiq” kiyimlarga oshno boʻlib qolaveradi. Yoshlar ongli ravishda buni oʻzlari inkor etmas ekan, barcha saʼy-harakatlarimiz besamar boʻlib qolishi hech gap emas. Kiyinish madaniyatini yoʻlga qoʻyish va samaraga erishish uchun esa, birinchi navbatda, oʻzbek modasi rivojlanishi va taraqqiy etishi kerak. Toʻgʻri, jahon podiumlarida oʻz dizaynerlik ishini namoyon etib kelayotgan mutaxassislarimiz bor va bundan mamnunmiz. Ammo bu hali bozorni egallash va oʻzbek isteʼmolchisining talabini qondirish darajasida emas. Shunday boʻlishi kerakki, odamlarimiz Turkiya mahsulotiga qiziqish bildirgani kabi oʻzimizning dizaynerlar ishiga ham ehtiyoj sezishsin. Oʻzbek modasi ilgarilab borsagina, boshqa mamlakatlar oʻz “gʻayrioddiy” urfi bilan bizni ishgʻol etolmaydi. Sohaning eng yaxshi mutaxassislari oʻz ishlari bilan tez-tez koʻrinib tursalar, maqsadga muvofiq boʻlardi. Bu masalada yuqorida taʼkidlaganimizdek, telekanallarimizning xizmati katta boʻlishi lozim (ayni paytda “Mening yurtim” telekanali orqali dizayner Shahzoda Muhammedova maxsus koʻrsatuv olib borayotganini ham qayd etish zarur. Ammo koʻrsatuvning nomidan boshlab, maxsus mehmon uchun tikiladigan kiyimlarning milliylikka aloqasi yoʻq). Bundan tashqari, oʻzbek modasi kunlari muntazam tashkil qilinib, televideniye orqali namoyish etilib borishi, reklama va boshqa dasturlarda liboslarga alohida eʼtibor berilishi ham yoshlarimizni oz boʻlsa-da, madaniyatsizlikdan asrab qoladi, deb oʻylaymiz.







XULOSA
Zamonaviylik avvalo insonning ichki va tashqi dunyosini zamonga uyg‘unlashtirish demakdir. Shu ma’noda har bir kostyum, libosning o‘z mazmuni bor. Uning to‘g‘ri tanlanishi, atrofdagilar tomonidan iliq qabul qilinishi ham urfni belgilaydi. Shu bilan birga kishining kayfiyati, qanday ish bilan shug‘ullanishida ham kostyum kiyishning o‘rni bor. Shu o‘rinda milliy me’yor masalasiga to‘xtalmoq joiz, deb o‘ylaymiz. Barcha rivojlangan davlatlarda oiladan tashqari maktabda, o‘quv yurtlarida insonning turli davralarda o‘zini tutishi, muo­malasi, buyumlarning ishlatilishi, o‘zi uchun munosib ki­yimni tanlash borasida maxsus bilimlar beriladi. Bizda bunday bilimlar maktablarda «Odobnoma», «Oila psixologiyasi», oliy o‘quv yurtlarida «Etika», «Estetika» singari fanlarda umumiy o‘rgatiladi. Vaholanki, bu fanlarni har birining o‘z vazifasi bor. Aytmoqchi bo‘lganimiz, yoshlarning modaga ruju qo‘yishi, ochiq-sochiq kiyinishini faqat tanqid qilish, yomonlash bilan cheklanib qolmay, uning oldini olish choralarini, yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘llarini izlash lozim.
Har kimning kelbatiga yarasha didi, fahm-farosati ham bor. Eng zaruri, ana shu didni, fahm-farosatni to‘g‘ri tarbiyalay bilish kishini bezaydi, yanada xushsurat qilib ko‘rsatadi. Tarbiyalaydigan esa, jamoatchilik, ya’ni sizu biz — barchamiz.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish