Odam gavdasining asosiy antropometrik nuqtalarini aniqlash
.
Ko’plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni konstruksiyalash va asosiy bazalarni
ishlab chiqish uchun maishiy xizmat sistemasidagi konstruktorga standart jussalar,
ya’ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar razmeri o’lchamining mukammal
harakteristikasi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarning antropometrik tekshirish, ya’ni
kishining gavdasining va uning qismlarini o’lchash yo’li bilan hosil qilish mumkin.
Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning
muayyan nuqtalari antropometrik nuqtalar oralig’i yoki yumshoq gazlamada aniq
bilinib ko’rinib to’radigan chegaralar, teridagi o’ziga xos nuqtalar bo’yicha
o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |