Bolalar kiyimlarining sinflanishi
K/k
Guruh
Bolaning yoshi
Buyum razmeri
1.
2.
3.
4.
5.
Yasli yoshidagilar
Bog’cha yoshidagilar
Kichik maktab yoshidagidagilar
Katta maktab yoshidagilar
O’smirlar
0.5-2.5
2.5-5.5
5.5-11.5
11.5-14
14-17.5
22
24
26
28-30
32-36
38-42
44-46
O’spirinlar kiyimi kompozitsiyasi va uslubi jihatidan katta yoshdagi kishilar
pal’tosiga o’xshaydi. To’g’ri bichimli pal’to bilan bir qatorda beli qisman yopishib
turadigan bichimli pal’tolar ham uchraydi.
Formalar ikki guruxda: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha bo’lgan
bolalar guruxlari. 12 yoshgacha bo’lgan davr modaga beparvo qaraladigan davr
hisoblanadi. Bu guruhga mansub bolalarning kiyimlari qulay, mahsadga loyiq qilib
tikilishi bilan birga, badiiy bezatiladi. 12 yoshdan katta bolalarning kiyimlari katta
yoshdagi kishilarning kiyimlariga oz-ozdan o’hshatila boriladi.
Bolalar ich kiyimi engil, qulay, havoni yaxshi o’tkazadigan, issiq tutadigan,
gigroskopik bo’lishi lozim. Ich-kiyim bolaning erkin nafas olishiga, badanda
qonning harakatlanishiga xalahit bermaydigan bo’lishi kerak. Bolalar kiyimi
kunduzi yoki kechasi kiyilishiga, mavsumga hamda bolaning yoshiga qarab, turli
gazlamalardan tikiladi. Bolalar kiyimiga ishlatiladigan gazlama miqdori kiyimning
kengligi va uzunligiga qarab belgilanadi, bunda gazlamani ikki buklangan holda
bichilishi va chok haqi tashlab ketish zarurligini hisobga olish kerak, bolalarni
chiroyli kiyina bilishga, kiyimni avaylab kiyish va uni toza tutishga yoshligidan
qrgatish zarur. Agar kiyimning biror choki so’kilgan bo’lsa, o’z chok yo’lidan
mashina chokida yoki qo’l chokida kiyimga mos rangli ip bilan tikiladi va
dazmollanadi. Kiyimning yirtilgan, teshilgan, kuygan, sitilgan joylari bo’lsa,
yamoq solinadi. Yamoq solish kiyimning turiga qarab, oddiy yamoq solish,
kiyimning ustidan yoki tagidan yamoq qo’yib bajariladi. Yirtilgan joyni mo’ljallab,
rangini moslab yamoq qirqib olinadi, hammasini yaxshilab, tekis qilib
dazmollanadi. Yamoqni kiyimdagi yirtiq joyning tagiga qilib ko’klab tikiladi.
Yirtiqning atrofini qaychi bilan to’g’rilab qirqib chihiladi va ichiga qayirib
chetidan tikiladi, so’ngra dazmollanadi. Bolalar kiyimlarini ko’pincha yirtilgan
joylarini applikatsiya usulida ham berkitiladi, bu kiyimda bezak sifatida qoladi.
masalan, shimning tizzasi yirtilgan bo’lsa, ko’ylak engining tirsagi yirtilgan bo’lsa,
mana shu joylarga turli geometrik shakllar, barglar qirqib olinib, petlya chok
yordamida yirtilgan joyning ustiga tikib chihiladi. Bu o’z navbatida kiyimning
yirtilgan joyini berkitish bilan birga kiyimda bezak vazifasini ham bajaradi.
Maktabgacha yoshdagi qizchalar ko’ylagini asosiy andoza chizmasidan
foydalanib, turli fasondagi ko’ylaklar bichish va tikish mumkin. Bunda
materiallarni ikki buklangan holda olinadi va uning ustiga tejamkorlik bilan
ko’ylak andoza joylashtiriladi, so’ngra kiyim detallari qirqib olinadi. Kiyim tikish
jarayonida materiallarning turiga va xossasiga e’tibor bergan xolda 0,5 dan 1 sm
gacha chok hahi qo’yib tikiladi.
Ko’ylakning tikish ketma-ketligi. Birinchi ko’ylakning yoqa o’mizi va old
qismlariga ishlov beriladi, so’ngra elka choklari bilan orqa yoki o’mizi biriktiriladi.
Yon choklar tikiladi, eng o’rnatiladi. Ko’ylakning etak va eng uchlariga ishlov
beriladi. Ko’ylakni modasiga ko’ra turli turlar, bezaklar va cho’ntaklar bo’lsa,
bularni chiroyli o’rnatishga oham o’z navbatida e’tibor beriladi. Ko’ylakni tikib
tayyor bo’lgandan so’ng uni pardozlab, dazmollab qo’yiladi. Bolalar kiyimlari
yoqali, yoqasiz bo’ladi.
Kiyimlarni kiydirilgan vahtida nuhsonlar topilib qoladi. Bunday nuhsonlar
kiyimning turli qismlarini bir-biriga noto’g’ri ulash, kiyimni noto’g’ri olingan
noaniq o’lchovlariga asoslanib, tayyorlangan andoza bo’yicha bichish hamda
gavda tuzilishining xususiyatlarini e’tiborsiz qoldirish natijasida kelib chihishi
mumkin. Bunday nuhsonlar kiyimning orqaga ketib qolishi, kiyimning ko’krak
aylanasi keng yoki tor bo’lishi, elka past bo’lganda eng o’mizida qiya burmalar
hosil bo’lishi kabi nuqsonlar kuzatiladi. Qalinligi ortiqcha bo’lgan gazlamadan
tikilgan kiyimlarda vitachkalar yoqa o’mizi tomon yotqizib dazmollanadi. Yupqa
gazlamadan tikilgan kiyimda vitachkalar ikki tomonga ochib dazmollanadi.
Konstruktiv nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari.
Tayyor kiyim gavdada yaxshi o’tirishi va kishiga yarashib turishi lozim.
Kiyimning bichig’i gavdaning xususiyatlariga mos kelgan taqdirdagina u gavdaga
yaxshi o’tiradi. Kiyimning shu talablarga mosligidan dalolat beruvchi asosiy
ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat: asosiy detallarning o’zaro uyg’unligi,
burmalar hosil bo’lmasligi, qulayligi va gavda harakatiga halakit burmasligi.
Kiyim yaxshi tikilgan bo’lsa, uning o’lchamlari va bichimi gavdaning tayanch
yuzalariga (yelkalarning va ko’krakning balandligiga, belga, xullas qomatga) mos
keladi; kiyimda burushiklar bo’lmaydi, uning to’g’ri qismlari tayanch yuzadan
pastga bemalol solinib tushib turadi. Detallarda bo’ylamasiga yo’nalgan pardoz
chiziqlar (baxyalar, soqlar va hakozo) aniq vertikal chiziq bo’yicha ko’ndalang
yo’nalganlari esa gorizontal chiziq bo’yicha joylashadi. Kiyimning oldidagi,
orqasidagi va boshqa detallardagi chiziqlar vertikal chiziqdan chetga og’ishmaydi
yoki vertikaldan atigi ± 1-1,5
0
chetga chiqqan bo’ladi. Bu esa ko’zga ham
chilinmaydi. Etak, bel va son chiziqlari aniq gorizontal yo’nalishda joylashadi yoki
tayyor kiyimda gorizontal chiziqda ko’pi bilan ± 1-1,5
0
chetga chiqqan bo’lishi
mumkin.
Tayyor kiyimga baxo berishda e’tiborga olinadigan nuqsonlar olti guruhga
bo’linadi.
1.
Ko’ndalang burmalar-detalning uzunligi (vertikal yo’nalishda) keragidan
ziyod bo’lishi yoki detalning kengligi (gorizontal yo’nalishda) kaymayib ketishi
natijasida vujudga keladi.
Kiyimning orqasida yoqa tagidagi ko’ndalang burma. Burmani yo’qotish joyi
belgilab qo’yiladi; orqadagi yoqa o’mizining cheti va yelkasi zixi shu burma
chuqurligiga pasaytiriladi. Hosil bo’lgan nuqtalar belgi nuqtaga tutashtiriladi.
Keyin oldindagi va orqadagi yelka zixlarini yuqoriroq ko’tarish yoki orqadagi o’rta
chokni so’kib, shu yerdagi chok haqi hisobiga kiyim orqasini kengaytirish kerak.
Yoqa tagidagi ko’ndalang burma katta bo’lmasa uni quyidagicha yo’qotsa ham
bo’ladi: yoki stoykasi qaytadan dazmollanib, otlyoti bo’yicha chiziladi.
Orqada yeng o’mizi yonidagi ko’ndalang burmalar orqadagi o’rta chokni
so’kib, orqani kengaytirish kerak. Bu holda kiyim orqasining bel va son chiziqlari
kengligi keragidan oshib ketadigan bo’lsa, orqani yon chiziq bo’yicha qayta bichib,
uning pastki qismidagi normal kengligini saklab kolishga to’g’ri keladi. Zarur
bo’lganida orqadagi yoqa o’mizining kengligi ham aniqlanadi, aks holda yoqaning
orqa qismi bo’yinga yopishib turmaydi.
Shimlarning bantidagi ko’ndalang burmalar nuqsonni bartaraf kishi uchun
bantni qisqartirish kerak. Bant ancha qisqarganida og’ chizig’i ham shunga yarasha
qisqaradi va yon chiziqning egrilik darajasi o’zgardi. Shim old yarm iyon
chizig’ining egrilik darajasi o’zgarsa, shim tanaga ko’proq yopishib turadi, shunda
mazkur nuqson uncha bilinmaydi.
Shimning banti tagidagi ko’ndalang burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun
shimning orqa yarmini og’ chizig’i bo’yicha kengaytirish kerak; uning ustki zixini
qaytadan bichib, yon chiziqning egrilik darajasini oshirish lozim, shunday qilganda
shim songa yopishibroq turadi.
Shim og’ chizig’ining yuqorigi qismidagi ko’ndalang burmalar. Shimning yon
chizig’i qo’shib beriladigan chok haqi kamaytirilib, og’ chizig’iga qo’shiladigan
chok haqi ko’paytiriladi. Shu yerdagi chok sal-pal tortilib tursa, unda bu nuqsonni
yo’qotish uchun og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqini oshirish kerak.
Shimning yon choklardagi ko’ndalang burmalar. Shimning har ikkala
yarmining yuqorigi chetlari shu burmalar kengligigacha qisqartriladi.
2.
Buylama (vertikal) burmalar. Detalning (gorizontal yo’nalishda) ortiqcha
kengligidan yoki detallarning (vertikal yo’nalishda) ortikcha uzunligidan kelib
chiqadi.
Orqaning yuqorigi tomonidagi bo’ylama burmalar. Kiyimning orqasidagi
ortiqcha gazlama umumiy chokka qo’shib tikiladi. Old yeng o’mizidagi burmalar
bu nuqson yelka zixini va o’miz chizig’ini tortib chuzish yo’li bilan yo’qotiladi.
Mazkur burma yeng o’mizining ostigacha yetib turgan bo’lsa, u holda kiyimning
old qismi bel va son chiziqlarigacha kengaytiriladi. Shimning old choki yaqindagi
bo’ylama burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning old zixiga qo’shib
beriladigan haqni kamaytirib yon zixlar haqini oshirish kerak. Shimning orqa
yarmida og’ chizig’ining do’ngligi kamaytiriladi. O’rta detal chok ham shunga
yarasha siljitiladi. Shimning orqa yarmida tekislik uchun qo’shib beriladigan chok
haqi qayta taksimlanadi. Detalning butun eniga tarqalgan qiya burmalar detalning
qisqaritirilishi, uzaytirilishi yoki toraytirilishi natijasida kelib chiqadi. Yelkasi
yostiqchali kiyimning yon choklaridagi qiya burmalar. Bu nuqson quyidagi cha
yo’qotiladi: qiya burmalar kiyimning oldi va orqasidagi yeng o’mizi tubida yon
choklarda o’tkaziladi. Lozim topilganda detallar bichimi aniqlanadi va andozalarga
tuzatish kiritiladi. Old yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar. Yeng o’mizi tubidagi
burmalar yon choklarga o’tkazilib tekislab yuboriladi. Detallarning bichimi
aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Orqaning yeng o’mizi yaqinidagi qiya
burmalar agar bu nuqsonlar yelka balandligini har xilligidan yoki yelkalarning
pastligidan kelib chiqsa u holda yelkani yostiqchali qilish yoxud mavjud
yostiqchaning qalinligini oshirish kerak. Mazkur nuqson detallar muvozanati
buzilganligi oqibati bo’lsa bursa burmalar kengligi yon choklarga taksimlanadi.
Andaza aniqlanadi, bichimi o’zgartiriladi. Agar orqadagi yelka kamari toraytirilgan
bo’lsa uni yeng o’miziga hamda yelka chiziqlariga qo’shib berilgan chok haqi
hisobiga kengaytirish kerak. Yeng boshidagi qiya burmalar bu nuqsonning kelib
chiqishiga yeng o’mizining yopiq holdagi chuqurligi yeng boshi balandligiga
to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi. Nuqsonni yo’qotish uchun yeng boshining
balandligi (koldirilgan zapas haq yetarli bo’lsa) oshirish kerak. (1-variant) yeng
boshining yon tomonlari pasaytirilganda ham qiya burmalar yo’qotiladi. (2-variant)
so’ngra yengning oldiga va tirsak zixlari uzunligi aniqlanadi.
Yengning tirsak perikati yaqinidagi qiya burmalar. Yeng boshining ostki cheti
aniq chizilmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Uni yo’qotish uchun
yengning ostki yarimi yeng o’mizining ostki chizig’i ustiga qo’yiladi, o’miz
chetining ortiqchasi kesib tashlanadi, old zix qisqartiriladi.
Shimning og’ chokidagi qiya burmalar. Nuqsonni yo’qotish uchun avval og’
chizig’ining yuqorisida gorizontal burma hosil qilinib, to’g’nog’ichlar bilan qadab
qo’yiladi. So’ngra shimning old va orqa yarmidagi qiya burmalar to’g’nog’ichlar
bilan qadalib, yon chiziqlarning yuqorigi qismida yo’qotiladi. Shundan keyin
andoza aniqlanadi va detallar bichimiga o’zgartirishlar kiritiladi.
Burchak burmalari. Vitachkalarning ochilish oralig’i yetarlicha bo’lmagan
yoki burchak puxta dazmollab tekislanmagan, yoxud detalga botiq shakl beradigan
vitachkaning ochilish oralig’i kichik bo’lgan hollarda shunday nuqson vujudga
keladi.
Kiyim orqasining yeng o’mizidagi burchak burmalar. Ortiqcha gazlamadan
skladka (burma) yetishmayotgan (ochik holdagi) kengligini yoki dazmollab
tekislash uchun beriladigan haqni aniqlaydi. Orqa yeng o’mizining yuqorigi
qismida qoldirilgan zapasni oshirgan holda yelka chokini qo’shimcha ravishda
dazmollab tekislash yaxshi natija beradi.
Shim orqa yarmining tax chizig’idagi burchak burmalar. Bu holda shimni
namlab dazmollashga to’g’ri keladi. Dazmol shim orqa yarmining zixi bo’ylab
gazlamaning tanda ipiga nisbatan burchak hosil qilib yurgizilishi kerak. Shimning
orqa yarmi kesik, vitachkali, koketkali bo’lgan holllarda mazkur nuqsonni
yo’qotish bir muncha qiyin.
Shimning yon tomonidagi burcha burmalar. Vitachkalar hosil qilib, shimning
yon tomoni dumpayibroq turadigan qilinsa, nuqson bilinmay qoladi.
Muvozanat (uyg’unlik) buzilish tikilgan detallarning qiyshayib, spiralsimon
buralib turishiga sabab bo’ladi.
Kiyimning barlari ochilib turadi, ko’krak chizig’idan patroqda burchak
burmalar hosil bo’ladi. Kiyimning old tomonini bort chizig’i bo’ylab o’zgartirish
kerak.
Kiyimning etagida barlar bir-biri ustiga chiqib ketadi. Nuqsonni yo’qotish
uchun old yoqa o’mizining yuqorigi uchini yanada yuqoriroq ko’tarish yoki old
yelka chizig’ini yoqa o’mizi tomon surish, yo bo’lmasa kiyim oldining yon chokini
bir oz yuqoriga ko’tarish kerak. Shu o’zgartirishlar kiritilgandan keyin yangidan
belgilab qo’yib chiqiladi va yeng o’mizi chizig’i bilan etak chizig’i aniqlanadi.
Kiyimning orqasi kalta. Bu nuqsonni ikki xil yo’l bilan yo’qotish mumkin.
Agar kiyimni tikkanda orqasida zapas koldirilgan bo’lsa u holda orqa uzaytiriladi
va orqaning yelka qismida ko’raklar to’g’risiga o’zgartirish kiritiladi. Kiyimning
orqasi chokli yoki koketkali bo’lsa, mazkur nuqson osonlikcha yo’qotiladi.
Kiyimning orqasida zapasi bo’lmasa, kiyimning oldini keragicha qisqartirishga
to’g’ri keladi. Kiyimning orqasini maxsus yostikchasi bo’lgan presslarda koliplash
ham yaxshi natija beradi.
Kiyimning orqasi uzun. Bu nuqsoni yo’qotishning turli variantlari mavjud:
Kiyim orqasini qisqartirish va toraytirish, kiyimning oldini uzaytirish va
kengaytirish, har ikki detallni bir yo’la to’g’rilash. Bu variantlarning hammasida
yon choklari va yeng o’mizlari va yoqa o’mizlari chiziqlarining uzunligi o’zgardi
albatta; Anna shu o’zgarish evaziga tutash detallarni tegishlicha to’g’rilash kerak
bo’ladi.
Yenginng oldinga yoki orqa tomonga ogib turishi. Kertiklar o’rni noto’g’ri
belgilangan yoki kiyimning bichimi (asosi) kishining bo’yi-bastiga to’g’ri
kelmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni yo’qotish uchun
yengni so’qish va yeng oldinga ogib turgan takdirda – yeng o’mizidagi kertiklar
o’rnini soat stirelkasiga karshi siljitish, yeng ogib turganida esa kertiklarni soat
stirelkasi yo’nalishida surish kerak. Yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini o’zgartirish
o’rniga yeng boshidagi kertiklarni shu tariqa sursa ham bo’ladi.
Shimning orqa yarmidagi vertikal burmalar. Bu nuqson shimning old-orqa
balansi buzilganligidan darak beradi. Nuqsonni yo’qotish uchun o’rta chokning
yuqorigi uchini bir oz uzaytirish va orqa vitachkani kengaytirish yukki dumbaning
eng baland joylarini qo’shimcha vitachkalar qilish kerak. Bundan tashqari, shim
o’rta chokining to’g’ri toritib cho’zilganligini tekshirish kerak.
Shimning old yarmi uzun. Bant sohasida gorizantal burmalar hosil bo’lishi
ana shunday nuqson borligidan dalolat beradi. Bu nuqsonni yo’qotish uchun
primerka vaqtida shimning ortiqcha uzunligini gorizantal skladkaga yetish kerak.
Bu skladkaning kengligi shimning old yarmini qanchalik qisqartirish yoki orqa
yarmini qanchalik uzaytirish kerakligini ko’rsatadi.
Shimning orqa yarmini uzun. Bu nuqson ham xuddi yuqoridagiga o’xshaydi.
Uni bartaraf etish uchun shimning orqa yarmini qisqartirish yoki old yarmini
uzaytirish kerak.
Shimning yon choklari orqaga buralib ketadi. Shim old yarmining og’ choki
keragidan uzun bo’lganda shunday nuqson bo’ladi. Muvozanatni tiklash uchun
kertiklarni pastga surish bilan shim old yarmining yuqorigi nuqtalarini yanada
yuqoriroq ko’tarish kerak.
Shimning yon choklari oldinga buralib ketadi. Shim old yarmining yon choki
uzayishi natijasida shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni bartaraf etish uchun
shim oldining yon zixlaridagi kertiklarini pastga siljitish kerak.
Yurganda, harakatlanganda seziladigan va ko’zatiladigan boshqa nuqsonlar.
Yeng qo’lni ko’tarishga halakit beradiyu bu nuqsonni yo’qotish uchun yeng
o’mizining chuqurligini kamaytirish kerak, shunga yarasha yeng boshining
balandligi ham albatta kamaytiriladi. Kiyimning dastlabki uzunligi o’zgarmasligi
uchun etakni qayirib bo’qish maqsadida tashlab ketilgan chok haqidan
foydalaniladi.
Shim tizzani bukib o’tirishga va oyoqni ko’tarishga halakit beradi. Shimning
o’rta choki yetarlicha uzun bo’lmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Bu
nuqsonni bartaraf etish uchun o’rta chokni uzaytirish, old zixni qisqartirish va
kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq ravishda shimning yuqorigi qismini qayta
bichish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |